Darsning bosqichlari:
Dars bosqichlari
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Daqiqa
|
1 – bosqich.
Tashkiliy qism
|
O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash .
|
Og`zaki muloqot
|
3 daqiqa
|
2 – bosqich.
O`tilgan mavzuni takrorlash, xulosalash va yangi mavzu bilan bog`lash
|
Otilgan mavzuni “Aqliy hujum” metodi va “Murodli manzil” o’yini orqali so’rash.
|
“Aqliy hujum”
asosida
|
4
daqiqa
|
3 – bosqich.
Yangi mavzu ustida ishlash
|
O`qituvchi yangi mavzuni AKT vositalari, plakat va bukletlar yordamida yoritish.
|
Og`zaki bayon, tushuntirish, ko`rgazmali
|
15 daqiqa
|
4 – bosqich.
Mustahkamlash
|
Mavzu bo`yicha o`quvchilarni bilimlari, tushunchalarini guruhda va yakka tartibdagi faoliyatlari orqali aniqlash.
|
“ Tarqatma savollar, “Eyler-Veyn”,
metodlari orqali
|
20 daqiqa
|
5 – bosqich.
Dars yakuni
|
Darsni xulosalash va yakunlash, rag’batlantirish, uyga topshiriq berish
|
Fikrini erkin bayon etish
|
3
daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism :
a) salomlashish ; b) davomatni aniqlash; c) o`quvchilarni darsga tayyorlash; d) o`quvchilarni guruhlarga bo`lish.
O’quvchilar 3 (uch) guruhga bo’lib olinadi.
1.Abu Nasr Forobiy 2.Abu Rayhon Beruniy 3. Amir Temur.
Guruhlar guruh nomini nega bu nom bilan ataganligi, ushbu allomalarning fanga oid xizmatlari haqida ma’lumot berishadi.
Siyosiy daqiqa: 2019-yilning nomlanishi, jamiyat va davlat boshqaruvida sodir bo’layotgan yangiliklar haqida sunbatlashish.
O`quvchilarga “Darsning oltin qoidalasi” tanishtiriladi.
1. Tartib - intizom;
2.Adolat – ahillik;
3. Raqobat - rostg`oylik;
4.O`ng qo`l qoidasi;
5.Bir – birirni eshitish;
6.Vaqtdan unumli foydalanish.
Darsning shiori : To’rt unsur - har bir insonning bezagi: odillik va halollik, sabr –toqat va bosiqlik , sharm va hayo , oqillik va aqllilik.
Abdulloh Ansoriy.
II.O`tilgan mavzuni so`rash.
1
-shart. Uyga vazifa “Aqliy hujum” usulida so’raladi. Doskaga bulut va quyosh maketi qo’yilib, to’g’ri javobga quyoshga nur chiqaruvchi stiker yopishtiriladi, noto’g’ri javobga bulutdan yomg’ir yog’diriladi.
1. Oliy Majlis qanday hokimiyatni amalga oshiradi?
2. Oliy Majlis necha palatali va ular qanday nomlanadi?
3. Senatning nechta a’zosi bor va ular qanday saylanadi?
4. Qonunchilik palatasining nechta a’zosi bor va ular qanday saylanadi?
5. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolati nechta?
6. Senatning mutlaq vakolati nechta?
7. Qonunchilik tashabbusi nima?
8.Qonunchilik tashabbusi huquqiga kimlar ega?
9.Qoidaga ko’ra qonun loyihasi necha o’qilishda ko’rib chiqiladi?
10. Qonunlarni qo’llashning asosiy sharti nima?
11. Qonunlar va Oliy Majlis qarorlari qancha vaqtda e’lon qilinishi kerak?
12.Qonun Senat tomonidan rad etilsa yoki Prezident tomonidan qaytarilsa , qancha vaqtda qaytadan ko’rib chiqilishi mumkin?
13.Oliy Majlis palatalarining vakolatlaridan uchtasini ayting?
14. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlaridan uchta ayting?
15. Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlaridan uchta ayting?
“ Murodli manzil” o’yini o’tkaziladi.
Har bir guruh a’zosi navbati bilan Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlaridan bittadan sanab o’tadi. To’g’ri javob bersa , uydan maktabga bekatlar osha manzilga yetib boradi. Noto’g’ri javob bersa, bekat osha olmaydi. Qaysi guruh manzilga birinchi yetib borsa, o’sha guruhga uch ball beriladi.Ikkinchi yetib kelgan guruhga ikki ball, keyingi guruhga bir ball beriladi.
Dostları ilə paylaş: |