Fayllar bilan ishlash. Binar fayllar



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə1/11
tarix03.10.2023
ölçüsü26,8 Kb.
#151677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Fayllar bilan ishlash. Binar fayllar-www.hozir.org


Fayllar bilan ishlash. Binar fayllar

Fayllar bilan ishlash.

Binar fayllar

Mantiqiy fayllar.

Fizik fayllar bilan ishlash uchun, programmalashtirish tillarida maxsus strukturalashgan, toifalangan fayllar kiritilgan. Bunday fayllar mantiqiy (logicheskiy) fayllar deyiladi.



Mantiqiy fayllar, hech qanday fizik xotirani band qilmasdan ma'lumotlarning mantiqiy modelini o'zida saqlaydi.

Fizik va mantiqiy fayllar bir - biri bilan fopen funksiyasi orqali bog'lanadi.
Fayl bir nechta elementdan tashkil topgan bo'lganligi uchun, faqat fayl ko'rsatkichi ко'rsatayotgan elementga murojaat qilish mumkin.
Fayldan o'qish yoki yozish mumkin bo'lgan o'rinni ko'rsatuvhi elementga fayl ko'rsatkichi deyiladi.
Fayldan ma'lumot o'qiganda yoki yozganda fayl ko'rsatkichi avtomat ravishda o'qilgan yoki yozilgan bayt miqdoricha siljiydi. Fayl ko'rsatkichini magnitafon galovkasiga o'xshatish mumkin.
Binar fayl - har xil ob'ektlarni ifodalovchi baytlar ketma - ketligidir. Ob'ektlar faylda qanday ketma - ketlikda joylashganini dasturning o'zi aniqlashi lozim.

Fayllar bilan ishlovchi funksiyalardan foydalanish uchun sarlavha faylini programmaga qo'shish kerak bo'ladi.


Fayldan ma'lumotlarni o'qish yoki yozish uchun ochish fopen funksiyasi orqali amalga oshiriladi.


FILE * fopen ( const char * filename, const char * mode );

filename - o'zgaruvchisi char toifasidagi satr bo'lib, faylning to'liq nomini ko'rsatishi lozim

mode - o'zgaruvchisi ham char toifasidagi satr bo'lib, faylni qaysi xolatda ochish lozimligini bildiradi.

Faylni ochishda xatolik sodir bo'lsa, fopen funksiyasi NULL qiymat qaytaradi.


Ochilgan faylni yopish uchun fclose funksiyasi ishlatiladi.


int fclose ( FILE * stream );
Faylni yopishda xato sodir bo'lmasa, fclose funksiyasi 0 qiymat qaytaradi. Xato sodir bo'lsa, EOF - fayl oxiri qaytariladi.
Faylga ma'lumot yozish va o'qish

Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin