Fe’lning kelasi zamon shakli



Yüklə 1,25 Mb.
tarix14.03.2022
ölçüsü1,25 Mb.
#53743
Fe’lning kelasi zamon shakli

Berdaq nomidagi QDU o’zbek filologiyasi fakulteti 3-b guruh talabasi Sharifova Zilolaning O’zbek tili tarixi fanidan taqdimot ishi

Fe’lning kelasi zamon shakli

Reja:

  • Eski o’zbek tilida kelasi zamon fe’li
  • Kelasi zamon fe’lining qo’llanishi

Eski o’zbek tilida kelasi zamon fe’lini, asosan, -g’u/-gü va -g’ay/-gäy affiksli shakllar tashkil etgan. Shu bilan birga eski o’zbek tilida kelasi zamon ma’nosini ifodalash uchun –r affiksli hozirgi-kelasi zamon fe’li, ba’zan esa äla tarzidagi hozirgi zamon shakllari qo’llangan. Masalan: älur-men, äla turur men, äladur-men va h.k

    • Bu shakl XIII-XIV asrlarga oid ayrim manbalarda qo’llangan: bu shaharg’a bir payg’ambar hijrat qiläsi turur, ya’ni keläsi turur.

-äsi/-asi
    • Bu shakl ham XIII-XIV asrlarga oid ayrim manbalarda qo’llangan: kotürüb tirilgän er xär olisär.

-isar/-isär
    • Bu shakl XIX asrga oid ayrim Xorazm shoirlarining asarlarida uchraydi: Gulshani bazmim arä zulfi samäna keläjäk.

-ajaq/-ajäk

Ma’lumki,kelasi zamon fe’lining -ajaq/-ajäk shakli 1929-yildagi Til-imlo konferensiyasida o’zbek adabiy tili me’yori sifatida qabul qilingan,1930-yillar davomida badiiy adabiyotning barcha janrlarida keng qo’llangan.Hozir esa ayrim asarlardagina uchraydi. Kelasi zamon fe’lining -äsi/-asi, -isar/-isär, -ajaq/-ajäk affiksli shakllari tarixan o’g’uz guruhidagi turkiy tillar uchun xos bo’lib,bu tillarga oid yozma manbalarda faol iste’molda bo’lgan.Hozir -ajaq/-ajäk affiksli shakl o’g’uz va qipchoq guruhidagi turkiy tillarda keng qo’llanadi, -äsi/-asi shaklining qo’llanishi o’g’uz guruhidagi turkiy tillarda ancha chegaralangan, -isar/-isär affiksli shakl esa iste’moldan chiqqan.

-g’u/-gü affiksli kelasi zamon fe’li Bu shakl qadimgi turkiy til yodgorliklarida va XI-XII asrlarga oid manbalarda ham ancha keng qo’llangan.Mazkur affiks –qu/kü shakllarda ham qo’llangan,ya’ni unli yoki jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga -g’u/-gü,jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga -qu/-kü shakllari qo’shilgan. Masalan: bäshla-g’u,äl-g’u,qorq-qu, yet-kü.

-g’u/-gü affiksli kelasi zamon fe’li ish-harakatning nutq paytidan keyin bajarilishi aniq va qat’iy ekanligini ko’rsatadi.Shuning uchun bu shaklni aniq kelasi zamon fe’li yoki qat’iy kelasi zamon fe’li deb atash mumkin. Masalan: Omar bildi kim,Rasulg’a barib,andin shikayat qilg’usi turur; Bu kitabni o’qug’uvchi va tinglag’uvchi, albatta turk bo’lg’usi turur. Hozirgi o’zbek tilida g’u/-gu affiksli kelasi zamon fe’lining qo’llanilishi ancha chegaralangan.

-g’ay/-gäy affiksli kelasi zamon fe’li

Bu shakl ham eski o’zbek tilida faol iste’molda bo’lgan,qadimgi turkiy til yodgorliklari va XI-XII asrlarga oid yozma manbalarda ham ancha keng qo’llangan.Uning –qay/-kay shakllari ham qo’llangan.Unli va jarangli undosh bilan tugagan fe’llarga –g’ay/-gäy shakllari, jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga esa –qay/kay shakllari qo’shilgan.Masalan:

Bashla-g’ay, al-g’ay, yet-kay va hokazo.

I va II shaxslarda g’ay/-gäy affiksi ba’zan –y undoshisiz -g’a, -gä, -qa, -kä tarzida qo’llanadi. Masalan: Bolg’a-siz ulug’ urushda mansur, Nafsi ammarani aylab maqhur. Istaban tangridin sozumga kushad, Dastan tarxin etgä-men bunyad.

-g’ay/-gäy affiksli shaklning eski o’zbek tilida qo’llanilishi:

  • Muqarrar boldi kim,tāŋlasi bolg’an nokär-u sardär, māl-u jihati bilan chiqib, qorg’anni täpshurg’ay.
  • Ul vaqtda mog’ullar xahladilar kim, Jayhunni bäg’lag’aylar,tä Urganchga suv bärmag’ay.
  • Dostlar,koŋlümdäkin qabrim täshig’a yäzg’aysiz.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov,Q.Mahmudov. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi. (T.2008) 2. A.Muxtorov, U.Sanaqulov. O’zbek tili tarixi (T.1995)


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin