MAVZU: MAGNIT-REZONANS TOMOGRAFIYANING FIZIK ASOSLARI FILIALI DAVOLASH ISHI-1 FAKULTETI 1-BOSQICH 111-B GURUH TALABASI NURALIYEVA SITORANING BIOFIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
FILIALI DAVOLASH ISHI-1 FAKULTETI 1-BOSQICH 111-B GURUH TALABASI NURALIYEVA SITORANING BIOFIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Magnit-rezonansli tomografiya 1973-yil kashf etilgan deb hisoblanadi. O’sha vaqtda kimyo professori «Nature» jurnalida «Induktsiyalangan mahalliy o’zaro ta’sir yordamida tasvir yaratish; magnit rezonans asosidagi namunalar» deb nomlangan maqola chop etdi. Keyinchalik, Piter Mansfield tasvir olish uchun matematik algoritmlarni takomillashtirdi. MRT usulini ixtiro qilganlik uchun har ikkala tadqiqotchi 2003-yilda tibbiyot bo’yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
Tomografiya bosh miya, orqa miya va boshqa ichki organlarning yuqori sifatli tasvirini beradi. Zamonaviy MRT texnologiyalar organlar faoliyatini tadqiq qilishni noinvaziv (jarrohlik aralashuvisiz) o’rganishga imkon yaratadi, xususan:
Turli a’zolar faoliyati davomida miya po’stlog’ining faolligini kuzatish (funktsional MRT yoxud fMRT) .
MRT skanerlash davomiyligi odatda 20-30 daqiqa davom etadi, ammo ba’zi hollarda uzoqroq davom etishi ham mumkin. Masalan, qorin bo’shlig’ini skanerlash miyani skanerlashdan ko’ra ko’proq vaqt talab etadi.
MR tomograflari juda baland shovqinga sabab bo’lganligi sababli, quloqni himoya qilish moslamalari qo’llaniladi (quloq yopgich yoki minigarnituralar). Ba’zi tadqiqotlar uchun intravenoz (vena ichiga) kontrast modda yuborish talab etiladi.
Funktsional MRT (fMRT) — har bir kishi uchun individual hisoblangan bemorning harakati, nutq, ko’rish, xotira va boshqa vazifalar uchun mas’ul bo’lgan miya qismlarini aniqlash imkonini beradigan bosh miya po’stlog’ini xaritalash usuli.
Usulning mohiyati miyaning ma’lum qismlari faollashganda ularga qon kelishi kuchayadi. fMRT jarayonida bemorga muayyan vazifalarni bajarish taklif etiladi, miya faolligi ortib boradi va buning tasviri odatdagi miya MRTsiga tushadi.
Zamonaviy texnologiya va kompyuter texnologiyalarini joriy etish orqali MRT va KT orqali olingan tasvirlar asosida tuzilmalarning uch o’lchamli modelini olish imkoni paydo bo’ldi, bu virtual endoskopiya deb nom olgan. Bu, masalan, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining og’ir kasalliklari kabi endoskopiya amalga oshirishning iloji bo’lmagan holatlarda ma’lumot olish uchun qo’llaniladi. Virtual endoskopiya usuli angiologiya, onkologiya, urologiya va boshqa tibbiyot sohalarida qo’llaniladi.
MR spektroskopiya turlari: Ichki organlarning MR-spektroskopiyasi
Biologik suyuqliklarning MR-spektroskopiyasi
Magnit-rezonans spektroskopiya (MRS) — ma’lum metabolitlar kontsentratsiyasiga qarab turli kasalliklarida to’qimalarning biokimyoviy o’zgarishlarini aniqlash imkonini beradigan usul.
Magnit rezonans angiografiyasi (MRA) — magnit rezonans tomografiya yordamida tomirlarning bo’shlig’i tasvirini olish usuli. Ushbu usul qon oqimining anatomik va funktsional xususiyatlarini baholash imkonini beradi.
MRA qon oqimining harakatlanadigan protonlarini signallarini harakatlanmaydigan, uni o’rab turuvchi to’qimalar protonlari signallariga nisbatan solishtirishga asoslangan va hech qanday kontrast eritmalar yuborishni talab qilmaydi.