Filologiya fanlar metodbirlashmasining 2022-2023- o‘quv yilida o’tkazilgan umumiy yig’ilish bayoni №2



Yüklə 17,31 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü17,31 Kb.
#97173
2-yigilish FILOLOGIYA FANLAR


FILOLOGIYA FANLAR METODBIRLASHMASINING 2022-2023- O‘QUV YILIDA O’TKAZILGAN UMUMIY YIG’ILISH BAYONI
2
7 noyabr 2022 yil. Jizzax shahar

Yig’ilish raisi: S.Murotqosimova- Filologiya fanlar metod


birlashmasi rahbari
Yig’ilish kotibi: G.Qodirqulova- Ona tili va adabiyot fani
o’qituvchisi.

Qatnashdilar:


Maktab O’TIBDO’ A.Irisboyev va 3 nafar barcha Filologiya fanlar metod birlashmasi a’zolari


KO’RILADIGAN MASALALAR:



  1. Maktabda tashkil etilgan Filologiya fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yicha xisobotlari.

  2. Filologiya Fanlaridan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kunlik dars ko’rgazmalarining “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars mashgulotlarida o‘tiladigan mavzuning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mosligi to‘g‘risida

  3. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirish maqsadida, o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan o’zaro ishlash, darsdan bo’sh vaqtlarida shug’ullanish.



Eshitildi:

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so’zga maktab - Filologiya fanlar metod birlashmasi rahbari S.Murotqosimova chiqib Maktabda tashkil etilgan Filologiya fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yichagapirib o’tdi. To’garaklarga yanada o’quvchilarni qamrab olish lozimligini aytib o’tdi.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so’zga maktab - Maktab O’TIBDO’ A.Irisboyev chiqib Filologiya Fanlaridan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kunlik dars ko’rgazmalarining “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars mashgulotlarida o‘tiladigan mavzuning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mosligi asosida ish olib borilayotganini aytib o’tdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan so’zga maktab - Maktab O’TIBDO’ A.Irisboyev yana so’z olib O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirish maqsadida, o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan o’zaro ishlash, darsdan bo’sh vaqtlarida shug’ullanish kerakligini ta’kidlab o’tdi.
Muzokara uchun so’zga chiqqan Filologiya fanlar metod birlashma a’zolaridan Sodiqova Nodira, Qodirqulova Go’zal va Tirkacheva Dilafruzlar ushbu taklifni ma’qullab ma’lumot hamda amalda qo’llash zarurligini aytib o’tishdi.

Yuqoridagilarga asosan Filologiya fanlar metod birlashmasi umumiy yig’ilishi




QAROR QILADI



  1. Maktabda tashkil etilgan Filologiya fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish bo’yicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yicha tayyorlagan xisobotlari qoniqarli deb topilsin va tuman XTB ga taqdim etilsin.

  2. Filologiya Fanlaridan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kunlik dars ko’rgazmalarining “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars mashgulotlarida o‘tiladigan mavzuning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mosligi yaxshi deb topilsin va barcha dars ko’rgazmalari shu tarzda amalga oshirilsin.

  3. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirish maqsadida, o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan o’zaro ishlash, darsdan bo’sh vaqtlarida shug’ullanish ishlari davom ettilsin.


.
Yig’ilish raisi: S.Murotqosimova


Yig’ilish kotibi: G.Qodirqulova
Yüklə 17,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin