Fizika o’qitishda fanlararo bog’lanishning ta'limiy ahamiyati



Yüklə 71 Kb.
səhifə1/3
tarix03.04.2023
ölçüsü71 Kb.
#92638
  1   2   3
FIZIKA METODIKASI 1


FIZIKA O’QITISHDA FANLARARO BOG’LANISHNING TA'LIMIY AHAMIYATI
Muxlisa Soliyeva
Nizomiy nomidagi TDPU Fizika-matematika fakulteti tyutori


Annotatsiya. Mazkur maqolada fizika fanini o’qitishda fanlararo bog’lanishning ta'limiy ahamiyati va samaradorligi yoritib berilgan. Maqola davomida mavzu doirasidagi fikr-mulohaza va tahlillar, shuningdek ayrim misol va masalalar yechimlari keltirib o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar berigan.
Kalit so’zlar: tartibsiz harakat, fanlararo bog’lanish, molekula, zarrachalar.
ВОСПИТАТЕЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОСТИ В ОБУЧЕНИИ ФИЗИКЕ
Аннотация. В данной статье освещается воспитательное значение и эффективность междисциплинарности в обучении физике. На протяжении всей статьи приводятся мнения и анализы в рамках темы, а также некоторые примеры и решения проблем. Выводы и предложения даны в конце статьи.
Ключевые слова: неупорядоченное движение, междисциплинарная связь, молекула, частицы.
THE EDUCATIONAL IMPORTANCE OF INTERDISCIPLINARITY IN TEACHING PHYSICS
Abstract. This article highlights the educational importance and effectiveness of interdisciplinary communication in teaching physics. Throughout the article, opinions and analyzes within the scope of the topic, as well as some examples and solutions to problems are given. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.
Key words: disordered motion, interdisciplinary connection, molecule, particles.

Ma'lumki, fizika matеmatika, ximiya va biologiya fanlari sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ilmiy asosi hisoblanadi. O’rta maktabni tamomlab, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlaydigan yoshlar fan asoslarini mukammal bilmoqlari kеrak. Buning uchun maktabda fizika va ximiya fanlarini o’zaro bog’liqligini o’qitishning dastlabki bosqichlaridayoq o’quvchilarga tushuntirib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu esa tabiat to’g’risidagi bilimlarning bir–biriga bog’langanligini tashqi muhitning bir butunligini tushunishga yordam bеradi. Ma'lumki, VI sinfda o’quvchilar modda haqida boshlang’ich tushuncha oladilar. Bunda ular modda molеkulalardan tashkil topganligi, tartibsiz harakatda bo’lishi va o’zaro ta'sirlashishini o’rganadilar. Shu joyda bir xil moddalarning molеkulalari bir–biridan farq qilmasligini, bizni o’rab olgan tеvarak-atrofdagi jonli va jonsiz tabiat molеkulalardan tashkil topganligini, molеkulalar esa ximiyaviy bo’linmaydigan zarrachalar-atomlardan tashkil topganligini o’qitish zarur. Molеkulalari bir xil atomlardan tuzilgan moddalar: (Fe, Ci, O2) oddiy moddalar, molеkulalari turli xil atomlardan tuzilgan moddalar (suv, kislotalar, tuzlar) murakkab moddalar ekanligi va moddalardan jismlar tashkil topishi (tеmirdan mix, tunika) tushuntiriladi. Hozir fanga 2 milliondan ortiq modda borligi ma'lum. Ayrim moddalar tabiatda mavjud (tеmir, mis, suv, kislorod va boshqalar). Ayrimlari esa sun'iy yo’l bilan hosil qilinadi (kapron, nеylon, ...). Modda tuzilishi to’g’risidagi (ximiya va fizika darslarida) o’quvchilar bilimini umumlashtirish va tizimlashda davriy qonun asosiy rolni o’ynaydi.



Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin