Fond birjalari va fond bozori ishtirokchilari fond birjasi funksiyalari, tashkiliy tuzilmasi Reja



Yüklə 338,36 Kb.
səhifə1/3
tarix12.04.2023
ölçüsü338,36 Kb.
#96570
  1   2   3
1-mavzu.Fond bozori




FOND BIRJALARI VA FOND BOZORI IShTIROKChILARI
Fond birjasi funksiyalari, tashkiliy tuzilmasi
Reja:

  1. Fond birjasi funksiyalari, tashkiliy tuzilmasi va faoliyat prinsiplari

  2. Fond birjasi infratuzilmasi



Tayanch so‘z va iboralar: Fond birjasi, transfer-agent, investitsiya fondi, market-meyker, listing, birja bitimi, broker, diler, depozitariy, deponent.


1 – savol bayoni: Bugungi kunda “fond birjasi”, u nima vazifani bajarishi ko‘pchilik yaxshi anglaydigan tushunchadir. Zero, bugun dunyo iqtisodiyotining rivojlanish mezonlari fond bozorlaridagi faollikka chambarchas bog‘liq. Shuning uchun aksariyat mamlakatlar o‘z mahalliy fond birjalariga ega. Ayrim mamlakatlarda fond birjalari tarixi asrlar bilan o‘lchansa, mustaqillikka erishganiga hali ko‘p bo‘lmagan O‘zbekiston kabi davlatlar uchun u yangilik hisoblanadi.
Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon ayirboshlash, almashish jarayoni mavjud. Bu jarayonning rivojlanishi pul va savdo vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng karvon yo‘llari, boshqa mamlakat va xalqlar bilan savdo qilish rivojlandi, yangi toifa – savdogarlar sinfi shakllandi. Mazkur jarayonning qadim o‘tmishdagi eng yorqin namunasi Buyuk ipak yo‘li hisoblanadi. Bu yo‘l o‘nlab davlatlar va yuzlab xalqlarni bir-biri bilan bog‘lagan, ularning o‘zaro iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy munosabatlarida muhim rol o‘ynagan.
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidan standart moliyaviy vositalar bilan savdo qilish uchun uyushgan bozor. Fond birjasi savdo qatnashchilari, savdo qilinadigan vositalar, investorlarni himoya qilish nuqtai nazaridan eng yaxshi bozor hisoblanadi. Fond birjasining funksiyalari:
1. doimiy faoliyat yuritadigan bozor yaratish;
2. narxlarni talab va taklif yordamida belgilash;
3. savdo predmetlari (moliyaviy vositalar) va ularning narxi haqida axborot tarqatish;
4. savdo qoidalarini ishlab chiqish;
5. savdo qatnashchilari professionalizmini qo‘llab-quvvatlash;
6. fond bozori va butun iqtisodiyot holatini indikatsiyalash.
Birjalarning tashkiliy-huquqiy shakllari turli mamlakatlarda farq qiladi, ular yillar davomida o‘zgarib kelgan. Bu xususiy kompaniyalar, davlat tashkilotlari bo‘lishi mumkin.
Jahon mamlakatlarida qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblansa, fond bozori esa uning zaruriy bo‘g‘inidir. Jahon fond bozori savdo hajmi 2017 yilda jami 65,6 trln. AQSh dollarini tashkil etib, unda asosiy ulushni AQSh 36,3 % (23,8), Xitoy 10,1 % (6,6), Yaponiya 7,9 % (5,2) Gong Kong 6,3 % (4,1) Buyuk Britaniya 4,6 % (3,0) kabi mamlakatlar egallab turibdi. Jahonda ushbu bozor infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha yetakchi xisoblangan, yuqorida sanab o‘tilgan va Kanada, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Shveysariya kabi 10 ta mamlakatning ulushi 51,4 foizni tashkil etganligi O‘zbekistonda ham fond bozori infratuzilmasini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
O‘zbekistonda fond bozori yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini investitsiyalarga yo‘naltiradi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga transfarmatsiyalanishiga imkoniyat yaratadi. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari bo‘yicha barcha operatsiyalar fond birjasi elektron savdo tizimi hamda uyushgan va uyushmagan savdo tizimi orqali amalga oshiriluvchi infratuzilma shakllantirildi. Biroq, qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini to‘la ishga tushirish, fond birjasida aksiyalar qiymatini muntazam e’lon qilib borish, aholida aksiyalar sotib olishga ishtiyoqi va intilishini oshirish, aksiyalarning haqiqiy qimmatli qog‘ozga aylantirish hamda aksiyadorlar uchun muhim daromad manbai bo‘lishi ta’minlanmaganligi, fond bozori infratuzilmasi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi fond bozorini rivojlanish imkonini bermayapti. O‘zbekiston Respublikasi fond birjasi tashkiliy tuzilishi 13.1.1 – rasmda keltirib o‘tilgan bo‘lib, unda bo‘limlarning nomlari ham batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.


Yüklə 338,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin