Frazeologizm



Yüklə 12,71 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü12,71 Kb.
#191974
Frazeologizm - Vikipediya



Frazeologizm
Frazeologizm
, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy
jihatdan oʻzaro bogʻliq suz birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha koʻchma maʼnoda
qoʻllanadigan va boʻlinmaydigan, barqaror (turgʻun) bogʻlanmalarning umumiy nomi. F.lar, shaklan
oʻzlariga oʻxshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash,
almashtirish yoʻli bilan yuzaga kelmaydi, balki maʼno va muayyan leksikgrammatik tarkibli,
avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, yaʼni F. tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash,
tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urugʻi, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom
sanamoq, terisiga sigʻmay ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qoʻli ochiq, qulogʻi
ogʻir va boshqa F.lar tarixiy qoʻllanish meʼyorlariga, usullariga ega boʻlib, ularning maʼnolari
muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. F.larning quyidagi turlari farklanadi: frazeologik
chatishma — frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi suzlarning maʼnosiga bogʻliq boʻlmaydi,
frazemadan anglashilgan koʻchma maʼno oʻning tarkibidagi suzlarning maʼnosi bilan
izohlanmaydi: toʻnini teskari kiymoq, oyogʻini qoʻliga olib chopmoq, boshini olib chiqib ketmoq va
boshqa; frazeologik butunlik (birlashma) — frazemaning maʼnosi uning tarkibidagi suzlarning
maʼnolari asosida izoxlanadi, shu maʼnolar asosida umumlashtiruvchi koʻchma maʼno ifoda
qilinadi (koʻpincha bunday birlashmalarning oʻz maʼnosida qullanadigan variantlari ham mavjud
buladi): yogʻ tushsa yalagudek, yeng shimarmoq, xamirdan qil sugʻurgandek, toʻydan oldin
nogʻora chalmoq va boshqa; frazeologik qushilma — bunda frazemalar tarkibidagi bir suz
koʻchma maʼnoda qoʻllanadi, boshqasi esa oʻz lugʻaviy maʼnosini saqlaydi: gapning tuzi, qoʻli gul,
ishtax,asi ochildi va boshqa
F.lar sintaktik tuzilishiga kura 2 ga boʻlinadi: birikmaga teng F.lar (katta ogʻiz, ammamning
buzogʻi, tuyogʻini shiqillatmoq) va gapga teng F.lar (yuzi yorugʻ boʻldi, boshi osmonga yetdi,
sirkasi suv kutarmaydi). F.ning qismlari ajralmas holda boʻlganligi uchun, F. gapda bitta sintaktik
vazifada keladi. Maye: "Qizga oʻzbek qishlogʻining sodsa hayoti, oq koʻngil odamlari yoqdi" va
"Nasimjon boshi koʻkka yetguday suyundi" gaplarida "oq koʻngil" frazemasi — aniqlovchi, "boshi
koʻkka yetguday" frazemasi hol vazifasida kelgan. F.lar tayyor lugʻaviy birlik — soʻzga teng
boʻlganligi tufayli soʻzga xos shakl va maʼno munosabatlariga ham ega boʻladi, yaʼni tilda
frazeologik omonimiya (mas, qoʻl koʻtarmoq — 1) urmoq, urmoqchi boʻlmoq, 2) tarafdorligini
bildirmoq), frazeologik sinonimiya (toqati toq boʻlmoq — sabrkosasi toʻlmoq) va frazeologik
antonimiya (koʻngli oq — ichi qora, koʻkka koʻtarmoq — yerga urmoq) mavjuddir.
Asrlar davomida shakllangan F.lar ogʻzaki nutqda, badiiy adabiyotda hamda publitsistikada oʻtkir,
taʼsirchan tasviriy vosita sifatida keng qoʻllanadi. Yozuvchilar oʻz asarlarida F.lardan unumli
foydalanish bilan birga mavjud F.larni asar ruhiga moslagan holda qisman oʻzgartiradilar, shu yoʻl
bilan yangi iboralar yaratadilar. Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Said Ahmad va boshqa
tomonidan ijod qilingan F.lar bunga misol boʻla oladi.


Turli xususiyatlarga ega boʻlgan F. lar majmui tilning frazeologik qatlamini tashkil etadi. Tilning
frazeologik qatlami doimiy ravishda yangi F.lar bilan boyib boradi va xalqning madaniytarixiy
tajribasini, shuningdek, muayyan tilning tarixiy taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi. F.larni oʻrganish
va tasnif qilish bilan frazeologiya shugʻullanadi.sessiyada tushadi
Rahmatullayev Sh., Oʻzbekfrazeologiyasiningbaʼzi masalalari, T., 1966; Vinogradov V. V.,
Osnovnie ponyatiya russkoy frazeologii kak lingvisticheskoy dissiplini, v yego kn.: Izbr. trudi, t.
3, M., 1977; Tursunov U., Muxtorov J., Rachmatullayev Sh., Hozirgi oʻzbek adabiy tili [3nashr], T.,
1992; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M, 1998.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Frazeologiz
m&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot

Yüklə 12,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin