Klinik iboralar va atamalar Reja: Iboralar. Klinik atamalar



Yüklə 12,19 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü12,19 Kb.
#202516
  1   2   3
Klinik iboralar va atamalar

Klinik iboralar va atamalar

  • Reja:
  • 1. Iboralar.
  • 2. Klinik iboralar.
  • 3. Klinik atamalar.

Akademik V.V.Vinogradovning aytishicha, frazeologik birliklarning taraqqiyoti frazeologik butunlikdan boshlanib, frazeologik qo’shilmalarga aylanishi kerak.
O’zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi. Iboralarning ko’pchiligi nafaqat tilimizning boyligini, balki xalqimizning turmush tarzi, kundalik hayoti, nutq madaniyatidagi o’ziga xos hususiyatlarini ham ko’rsatib turadi. Ibora - tilimizning lug’at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biridir. Ular ikki va undan ortiq so’zning ko’chgan ma’nolari asosida tarkib topgan lug’aviy birlik bo’lib xuddi so’z kabi lug’aviy ma’noni anglatadi.
Masalan, xamirdan qil sug’urganday iborasi, “osonlik bilan”, “qiyinchiliksiz ” ma’nosini, ko’ngil bermoq iborasi “sevmoq” ma’nosini, qo’y og’zidan cho’p olmagan iborasi “yuvosh” ma’nosini bildiradi. Xuddi so’z kabi yaxlit bir ma’noni anglatadigan bunday til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi. Ibora - frazema frazeologik birlik sifatida tilshunoslikning frazeologiya bo’limida o’rganiladi. Ibora tuzilishiga ko’ra ya’ni birdan ortiq so’zdan tashkil topishi bilan so’z birikmasi yoki gapga o’xshab ketsa ham, nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi va lug’aviy birlik sifatida ko’p jihatdan so’zlarga yaqin turadi.
So’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar iboralarga ham xosdir. Iboralar so’z birikmasi yoki gaplar kabi har gal nutqning o’zidagina yuzaga kelmaydi, balki ular, xuddi so’zlar kabi tilda tayyor holda bo’ladi. Shuning uchun iboralarni turg’un birikmalar hisoblaymiz. Chunki ibora tarkibidagi so’zlarni ajratib bo’lmaydi. Iboralar gapda bitta so’roqqa javob bo’lib, bitta bo’lak vazifasida keladi.
Demak, iboralar nutq hodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi: aravani quruq olib qochmoq, kavushini to’g’rilab qo’ymoq, tomdan tarasha tushganday, kapalagi uchib ketdi kabilar tilda tayyor holdagi birliklardir. Nutqda ikki yoki undan ortiq so’zlarning o’zaro ma’no va grammatik jihatdan bog’lanishidan tuzilgan birikmalar ham qo’llaniladi.
Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo’ladi. Ular bir-biridan o’ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Nutq jarayonida tuzilgan birikma kamida ikkita mustaqil so’zdan tashkil topadi va murakkab tushuncha ifodalaydi. Bunday so’z birikmasi ifodalaydigan tushuncha tarkibidagi so’zlarning ma’nosi asosida yuzaga keladi: qiziqarli asar.
Bunday so’z birikmasi tarkibidagi so’zlar ayrim-ayrim so’zlarga ajrala oladi: qiziqarli asar - zerikarli asar. Shuning uchun ular erkin so’z birikmasi deb yuritiladi.Tilda ko’p vaqt bir qolipda qo’llanaverib, bo’linmaydigan holga kelib qolgan birikmalar mavjud: og’zi qulog’ida. Demak, so’z birikmalari ikki xil: a) erkin so’z birikmasi; b) turg’un so’z birikmasi. Turg’un birikmalar ikki xil: a) birikmali atamalar; b) iboralar. Tilda ikki yoki undan ortiq so’zdan tarkib topib, ko’chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so’zga teng keladigan turg’un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi.
Hozirda shiddat bilan rivojlanib borayotgan axborot-texnologiya barcha sohalarga kirib bormoqda va bu sohalarning ham rivojlanishini jadallashtirmoqda.
Bugungi kunda qaysi soha bo‘lmasin uni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Shunday sohalardan biri tilshunoslikdir.
Tilning funksional imkoniyatlaridan foydalanish borasida zamonaviy axborot texnologiyalari bizga juda ko‘p imkoniyat va qulayliklarni yaratdi. Jumladan, kompyuter tarjimasi, tahrir va tahlil dasturlari, elektron lug‘atlar, tezauruslar fikrimiz tasdig‘idir.
Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlaridan kompyuter lingvistikasi tobora kompyuter texnologiyalari bilan chambarchas bog‘lanib bormoqda.

Yüklə 12,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin