Fttx (ef ti ti iks) texnologiyasi, ya’ni keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish axborot almashinishda tezkorlikka erishishning oxirgi yutuqlari sirasiga kiradi
FTTX (ef ti ti iks) texnologiyasi, ya’ni keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish axborot almashinishda tezkorlikka erishishning oxirgi yutuqlari sirasiga kiradi. Endi nafaqat internetdan foydalanish, balki internet kanallarni ko‘rish, videotelefoniya xizmatidan foydalanish mumkin. Unga qanlay ulanish mumkinligi haqida esa quyida ma’lumot beramiz.
Kompyuter yoki mobil aloqa vositalaringizni ushbu texnologiya asosida ishlaydigan internetga ulash maqsadida bo‘lsangiz, siz yashayotgan ko‘p qavatli xonadonga optik aloqa liniyalarini olib kelgan internet provayderini aniqlang va ulanish shartlari, internet ta’riflari, tezligi va hududiy qamrovi bilan tanishib chiqing.
Ko‘p qavatli xonadonlar kirish yo‘lagigacha yotqizilgan optik aloqa liniyasidan kompyuter yoki mobil uskunagacha qo‘shimcha aloqa liniyasi tortiladi. Shu orqali siz keng polosali internet xizmatlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin. Yana bir ahamiyatli jihati, bu tezlik bilan xonadoningizdagi boshqa mobi aloqa vositalarini, misol uchun, planshet, smartfon, netbuk yoki noutbuklar yordamida internetdan foydalanish mumkin. Buning uchun Wi-Fi uskunasini o‘rnatsangiz kifoya.
Ammo tezkor zamonning fuqarolarini bu tezlik qanoatlantirmas edi. Internetga ulanishning yangi texnologiyasi – FTTX (fiber to the x – x manzilga qadar optik aloqa tarmog‘i) yaratildi.
FTTX texnologiyasi yoki optik aloqa tarmog‘i orqali soniyasiga 100 yoki undan ortiq megabit ma’lumotni olish imkoni mavjud. Bugun ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilayotgan, uyga kirish yo‘lida o‘rnatilgan keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi portlarga ko‘pchiligimiz e’tibor bermagan bo‘lishimiz mumkin. Ammo unutmang, ular yordamida siz tezkor axborot uzatish, internet telekanallarni tomosha qilish, masofaviy ta’lim olish, uzoqdagi qadrdonlar bilan yoningizdagidek suhbatlashish imkoniga ega bo‘lasiz
LAN (Lokal tarmoqlar) LAN tarmog’ining afzalliklari:
uydagi yoki ofisdagi foydalanuvchilar orasida printerlarni birgalikdagi foydalanish imkoniyatini beradi;
barcha ma’lumotlarni tarmoqdagi yagona katalogda saqlash va undan foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanish imkonini yaratish.
LAN tarmog’ining kamchiliklari:
fayllarni taqsimlangan holda foydalanish imkoniyatini taqdim etgani bois, u foydalanishni nazoratlash uchun alohida xavfsizlik choralarini kо‘rishni talab etadi;
fayl serverdagi kichik nosozlik, server mashinasiga ulangan barcha foydalanuvchilar ishiga salbiy ta’sir qiladi.
WAN (Mintaqaviy tarmoqlar) WAN tarmog’ining afzalliklari:
WAN tarmog‘i bir – biridan geografik tomondan alohida bo‘lgan tomonlarni kam xarajat va osonlik bilan ulash imkoniyatini beradi.
WAN tarmog’ining kamchiliklari:
tuzilish jaxatidan juda ham murakkab;
past о‘tkazish qobilyatiga ega va ulanishni uzilish xavfi yuqori.
MAN (Shahar tarmog’i)
MAN tarmog’ining afzalliklari:
MAN tarmog‘ida kompyuterlarni bog‘lash kanallari yuqori о‘tkazuvchanlik qobilyatiga egaligi sababli, ma’lumotlarni oson taqsimlash imkoniyatini beradi.
Kо‘plab foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni taqsimlashda teng tezkorlik taqdim etadi.
MAN tarmog’ining kamchiliklari:
Birinchi marta foydalanishdan oldin ma’lumot о‘rnatilish va sozlanishlarni talab etadi.
LAN tarmog‘iga qaraganda yuqori narxga ega.
PAN (Shaxsiy tarmoq) Mazkur tarmoq о‘rnatilgan ulanish orqali qurilmalar orasida ma’lumot va fayllarni taqsimlash imkoniyatini beradi.
CAN (Campus tarmog’i) CAN tarmog’i quyidagi xususiyatlarga ega: