Furqatning "Aylab"va"Yashnab o'tsang lolagun xilat kiyib,aylab shitob" g'azallarining badiiy talqin Reja: Kirish I bob. G‘azal haqida qisqacha m a’lumot. G‘azalning shakliy xususiyatlari: qofiya, hajm, matla’, maqta’
Furqatning "Aylab"va"Yashnab o'tsang lolagun xilat kiyib ,aylab shitob" g'azallarining badiiy talqin Reja: Kirish I BOB. G‘AZAL HAQIDA QISQACHA M A’LUMOT. G‘AZALNING SHAKLIY XUSUSIYATLARI: QOFIYA, HAJM, MATLA’, MAQTA’;G ‘AZAL KOMPOZITSIYASI: PAROKANDA VA YAKPORA G‘AZALLAR.
1.1.G‘azal haqida qisqacha m a’lumot
1.2. G ‘azal kompozitsiyasi: parokanda va yakpora g‘azallar. II.BOB.G‘AZALNING G‘OYAVIY-MAVZU JIHATDAN TURLARI: OSHIQONA G‘AZALLAR, ORIFONA G‘AZALLAR, RINDONA G ‘AZALLAR, HAJVIY (SATIRIK VA YUMORISTIK) G‘AZALLAR, AXLOQIY-TA'LIMIY G‘AZALLAR, PEYZAJ TASVIRLANGAN G‘AZALLAR, PUBLITSISTIK G‘AZALLAR. 2.1.G‘azalning g‘oyaviy-mavzu jihatdan turlari: oshiqona g‘azallar, orifona g‘azallar
2.2G‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi vositalar
2.3.Shoir Furqat g’azallarining tahlil.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat — milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida o‘zidan boy ma’naviy meros qoldirdi. Faqat bugina emas. U birinchi o‘zbek jurnalisti ham edi. «Turkiston viloyatining gazeti» sahifalarida chop etilgan adabiy va siyosiy-publitsistik maqolalari ko‘p jihatdan bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan edi. Uning bu borada ko‘plab shogirdlar yetishtirganligi manbalarda qayd etilgan. Tabib sifatida shuhrati yanada yuksak bo‘lganligi ma’lum. «Zubdatul-hukamo» unvonining sohibi bo‘lganligiyoq uning bu boradagi kamoloti nechog‘lik ekanligiga dalil. U sayyoh sifatida Turkiya, Bulg‘oriya, Yunoniston, arab mamlakatlari, shuningdek, Hindiston va Xitoyda bo‘ldi. Safar taassurotlari, o‘sha davr kishilarining ma’naviy olami, turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqkiyot darajasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, Furqat qomusiy olim va ijodkor sifatida milliy ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.
Dastlab shoir asarlarining nashrlari to‘g‘risida. Ularning chop etilishi va ommalashtirilishida filologiya fanlari doktori Xolid Rasulning xizmatlari katta bo‘ldi. U Furqat «Tanlangan asarlari»ni jami yetti marta (1940, 1951, 1958, 1959, 1975, 1980, 1990 yillarda) nashr ettirdi. Bular ichida, Furqat «Asarlar majmuasi»ning turli manbalar asosida tayyorlanib, arab yozuvida chop etilgan ikki jildlik faksimile nashri, ayniqsa, alohida ahamiyatga ega. Mazkur nashr shoirning shu paytgacha e’lon qilingan «Tanlangan asarlar»iga nisbatan ancha mukammal ekanligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, shoir asarlarini qo‘lyozma manbalari bilan qiyoslash natijalari bu to‘plamning ham ayrim kamchiliklardan xoli emasligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, to‘plamga shoirning ba’zi e’tiborli asarlari kirmay qolganligi, kirganlarining ham ayrimlari matn jihatidan nuqsonli ekanligi ushbu fikrni quvvatlaydi.