Futbol o’yinining O’zbekistonga kirib kelishi va rivojlanishi.
0‟zbekistonda futbolning rivojlanisbi O‟zbekistonda zamonaviy futbol o‟tgan
asming boshlarida paydo bo‟ldi va tezda mashhur o‟yinga aylandi. Uning
rivojlanish joylari Farg‟ona, Toshkent, Andijon, Qo‟qon va Samarqand edi. Ilk bor
futbolni Farg‟ona shahrida o‟ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning oxirida
birinchi futbol jamoasi tashkil topgan. Farg‟onada tuzilgan futbol jamoalari soni
1912 yil avgustida "Futbolchilar jamoasi"ga birlashishga yo‟l berdi. Bir oz vaqt
o‟tgach, Toshkentda ham futbol o‟ynay boshladilar. Toshkentlik futbol ishqibozlari
orasida eng mashhur jamoa - bu TOJIC - “Ташкентское обшество любителей
спорта” (TSIJ - Toshkent sport ishqibozlari jamiyati) edi. Bu jamiyat 1912 yilda
tuzilgan bo‟lib, juda qisqa vaqt ichida futbol hamda boshqa sport turlarining
rivojlanishi uchun ko‟p xizmat qilgan. 1912 yilning ikkinchi yarmida
0‟zbekistonda futbol o‟yini yoyila boshladi. Futbol a‟yiniga Qo‟qon, Andijon va
Samarqandda ham qiziqish orta boshladi. Bu yillardagi eng qiziqarli bosqich
albatta Farg‟ona, Toshkent, Andijon, Samarqand futbolchilarining uchrashuvi
bo‟ldi. Toshkentga tashrif buyurgan ilk futbolchilar Samarqand futbolchilar
to‟garagi (SFT) a‟zolari edi. 1913 yil 29 avgustida ular TOLS futbolchilari bilan
uchrashuv o‟tkazdilar. Yaxshi tayyorgarlik ko‟rgan Toshkent jamoasi 5:0 hisobi
bilan g‟alaba qozondi. 1913 yil iyunida Andijonda "Andijon futbolchilar klubi"
tasdiqlandi. Va, nihoyat, 1914 yil 25 mayda Toshkentda 0‟zbekistonning eng
kuchli ikki jamoasining markaziy uchrashuvi bo‟lib utdi. Bunda Toshkent va
Farg‟ona futbolchilari to‟p surdilar. Toshkentliklar o‟yinda 3:2 hisobida
muvaffaqiyatga erishdilar. 0‟zbekistonda futbol rivojlanishining boshlang‟ich davri
haqida xulosa qilib shuni ham aytib o‟tish joizki, futbol maydonlari va o‟quv
mashg‟ulotlarining b lmaganiga qaramay, qisqa vaqt ichida Farg‟ona, Toshkent,
Qo‟qon, Andijon va Samarqandda o‟zbek futbolining rivojiga ulkan hissa qo‟shgan
iste‟dodli futbolchilar paydo bo‟ldi. Shu yerda aytib o‟tish lozimki, nafaqat
Far ona, Toshkent va Samarqandda, balki 0 ‟zbekistonning boshqa shaharlarida
ham futbolning muvaffaqiyat bilan tarqalishiga qaramay, uning rivojlanishi o‟zi
bo‟larchilik bilan o‟tayotgan edi. Jamoalami o‟rgatish tizimi yo‟q edi,
mashg‟uIotlar o‟ta sodda va vaqti-vaqti bilan o‟tkazilardi. Hech bir shaharda futbol
birinchi 1 iklari tashkillashtirilmagandi, shuning uchun hatto o‟ndan ortiq jamoalar
mavjud bo‟lgan Toshkent shahrida ham bironta rasmiy musobaqa o‟tkazilmagan
edi. 1920 yildan boshlab futbol respublikamizning chekka qishloq va mahal-
lalariga kirib borib, mashhur o‟yinga aylandi. Yoshlar, talabalar, ishchi va
dehqonlar futbolga talpina boshladilar. 1921 yil Moskva va Toshkent
futbolchilarining ilk uchrashuvi o‟tkazilgani bilan ahamiyatga loyiqdir. 1925 yilda
mamlakat Jismoniy tarbiya kengashi tomonidan ommaviy jismoniy tadbirlaming
taqvimi 6 tuzildi. 0‟zbekistonda futbolni tashkillashtirish bir o‟z tartibliroq tizimga
egabo‟ldi. Shunday qilib, Toshkent birinchiligi 3 toifa bo‟yicha o‟tkazildi va unda
28 jamoa ishtirok etdi. 1927 yilda o‟zbek sportchilarini tayyorlashda muhim
bosqich bo‟lgan I Umumo‟zbek Spartakiadasi o‟tkazildi. Spartakiada finalida
doimiy raqib bo‟lib qolgan Toshkent va Farg‟ona jamoalari uchrashdilar. Ikkala
tarkibda ham O‟zbekiston terma jamoa a‟zolari chiqish qildilar. Katta
qiyinchiliklar bilan 2-taymda toshkentliklar hal qiluvchi golni urdilar va 2:1 hisobi
bilan g‟alaba qozondilar. 1928 yil Moskvada bo‟lib o‟tgan xalqaro spartakiadada
qatnashish O‟zbekiston futbolchilari uchun nihoyatda jiddiy imtihon bo‟ldi. Futbol
bo‟yicha spartakiada birinchiligi uchun 22 jamoa kurash olib bordi, ular qatorida
Angliya, Germaniya, Avstraliya, Shveysariya va Finlyandiyaning ishchi klublardan
iborat terma jamoalari ham bor edi. Shveysariya va 0 ‟zbekiston jamoalarining
uchrashuvi futbol ishqibozlarida katta qiziqishga sazovor bo‟ldi. 0‟zbek
futbolchilari bu o‟yinda jamoaviy o‟yin, chiroyli va chaqqon kombinatsiyalar
namoyish etdilar. Ammo asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangani sababli,
g‟olibni aniqlash uchun qo‟shimcha 30 daqiqa qo‟shib berildi. So‟nggi 15 daqiqa
ichida 0‟zbekiston futbolchilari shveysariya-liklar qarshiligini yenga oldilar va 8:4
hisob bilan 0‟zbekiston futbolchilari g‟alaba qozondilar. Bir kundan so‟ng esa
qiyin kechgan o‟yinda o‟zbek futbolchilari Rossiya jamoasiga 1:2 hisobida
g‟alabani boy berdilar. Keyingi yillarda o‟rtoqlik o‟yinlarini o‟tkazish uchun
0‟zbekistonga Norvegiya, Germaniya, Finlyandiya, Moskva, Leningrad, Ukraina,
Kavkaz orti mamlakatlaridan ko‟plab kuchli futbol jamoalari keldi. Misol uchun,
1931 yil 4 oktabrda bo‟lib o‟tgan matchda Norvegiya terma jamoasiga qarshi
0‟zbekiston kasaba uyushmalari terma jamoasi chiqdi. Norvegiyaliklar texnikali
futbol namoyish etib, 5:2 hisobida g‟olib chiqdilar. Uch kundan so‟ng
skandinaviyalik mehmonlarga qarshi Toshkentning birinchi terma jamoasi
maydonga tushdi. 0‟zbekistonliklar o‟yinni yuqori tezlikda olib borib, 4:2 hisobida
muvaffaqiyatga erishdilar. Norvegiyalik va o‟zbekistonlik futbolchilaming
uchinchi uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 7 1932 yilda
O‟zbekistonga nemis futbolchilari tashrif buyurdilar. Bu jamoa ishchi sport
klublarining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan bo‟lib, ulardan ko‟pchiligi
Germaniya chempionati ishtirokchilari edi. 0‟zbek futbolchilari bu bo‟lajak
o‟yinga qattiq tayyorgarlik ko‟rdilar va birinchi matchda 4:2 hisobidagi og‟ir
g‟alabani qo‟lga kiritdilar. Birinchi uchrashuvdan so‟ng nemis jamoasi sardori Lor
shunday degan edi: "Toshkentliklar jipslashgan jamoa bo‟la olishdek ajoyib
xususiyatga ega va ular biz hech narsa bilan taqqoslay olmaydigan yuqori tezlikda
o‟ynadilar. Yuqori darajali jamoa bo‟lish uchun 0 ‟zbekiston futbolchilarida barcha
imkoniyatlar mavjuddir". Takroriy uchrashuvda nemis futbolchilari bir oz ustunroq
kelib, yuqori darajadagi taktik tayyorgarlikni namoyish etdilar va 3:1 hisobi bilan
g‟olib bo‟ldilar. Norvegiyalik, nemis, fm futbolchilari bilan o‟tkazilgan o‟yinlar 0
‟zbekis-tondagi ilk xalqaro o‟yinlar edi. Ular texnik va taktik tayyorgarlik borasida
tajriba almashishga, o‟yinning yangi-yangi sistemalari bilan tanishishga yordam
berdi. 1934 yil 0 ‟zbekiston poytaxtida ilk 0 ‟rta Osiyo spartakiadasining ochilishi
sharafiga bag‟ishlab 36 ming nafar jismoniy tarbiya ixlosmandlari namoyishi
bo‟lib o‟tdi. Bu namoyish 0‟rta Osiyo respublikalarida jismoniy tarbiya harakati
o‟sishining yorqin namunasi edi. Futbol bo‟yicha musobaqalar bir paytning o‟zida
uch stadionda bo‟lib o‟tdi, ulardan eng yirigi spartakiada ochilishi arafasida
qurilgan 10 ming o‟rinli "Spartak" stadioni edi. Bu o‟rta Osiyo respublikalari
orasida futbol birinchiligi uchun olib borilayotgan ilk o‟yinlar edi. 0‟zbekiston
futbolchilari o‟z raqiblari bo‟lmish Turkmanistonni 3:1, Tojikistonni 5:0,
Qirg‟izistonni 10:1 hisobi bilan dog‟da qoldirib, muvaffaqiyatli chiqish qildilar.
1934 yil futbol jamoalarining kelgusidagi o‟sishlari uchun muhim yil bo‟ldi.
Birgina Toshkentda kasaba uyushmalari birinchiligida 50 ta jamoa qatnashdi. 30-
chi yillaming boshida bolalar va o‟smirlar futboliga yanada ko‟proq e‟tibor berila
boshlandi. 1935 yil Toshkentda o‟smirlar o‟rtasida futbol bo‟yicha 0‟zbekiston
birinchiligining ilk tanlovi bo‟lib o‟tdi. Bu tanlovda Toshkent, Samarqand,
Farg‟ona va Andijon terma jamoalari ishtirok etdilar. Poytaxtlik yosh fiitbolchilar
g‟alaba qozondilar: 1936 yil respublika shaharlaridagi futbol mavsumining bahori
bilan ochilishi ahamiyatga loyiq. Toshkentdagi musobaqa namoyishida 324 g
futbolchi ishtirok etdi. Ommaviy futbol keyingi rivojlanish bosqichiga o‟tdi.
Umumta‟lim maktablari, texnikumlar, oliy o‟quv yurtlari o‟z birinchilik o‟yinlarini
o‟tkazar, muntazam ravishda korxonalaming ichki musobaqalari tashkil etilar edi.
Shahar futbol bo‟limi (seksiya) qaroriga binoan Toshkentda futbolga
ixtisoslashgan birinchi bolalar va o‟smirlar maktabi ochildi. Bu yerda ko‟pgina
qobiliyatli yosh futbolchilar o‟z mahoratlarini mukam-mallashtirar edilar. 1936 yili
0 ‟zbekiston birinchiligida 16 shahardan terma jamoalar ishtirok etdi. Bu o‟yinlar
katta qiziqish uyg‟otib, ko‟plab tomo-shabinlami jalb qildi. Shiddatli o‟yinlardan
so‟ng 1- va 2-o‟rinlar Qo‟qon hamda Toshkent terma jamoalariga nasib etdi. 1937
yildan boshlab futbol musobaqalari asosida shahar terma jamoalarining match
o‟yinlari emas, balki 0‟zbekiston Kubogi va birinchiligi uchun klub jamoalar
musobaqalari o‟tkazila boshladi. 0‟sha yillardan buyon ko‟pgina guruhlar,
birinchiliklar va musobaqa qatnashchilari almashdi, musobaqa o‟tkazish
tamoyillari, baholash tizimi o‟zgardi, ammo sportchilar mahoratining yangi taktik
yo‟nalishlarini aniqlaydigan chempionlik unvoni uchun kurash o‟zgarmay
qolaverdi. 1937 yil futbol mavsumining ahamiyatli hodisasi - sobiq Ittifoq
chempionati edi: 56 jamoa o‟rtasidagi guruhlarda o‟ynaldi. 0 ‟zbekiston sha‟nini
Toshkentning dinamochilari himoya qildilar. Ular futbol bo‟yicha mamlakat
chempionatida ishtirok etgan birinchi o‟zbekistonlik jamoa edilar. 0‟z o‟yinlari
bilan toshkentliklar sinalgan charm to‟p ustalariga munosib raqib bo‟la olishlarini
isbotladilar. Ular Yevropaning "Spartak" jamoasini 5:0, Bakuning "Neftchi"sini
3:2, Dnepropetrovskning "Stal" jamoasini 2:1, Gorkiy-ning "Torpedo" jamoasini
1:0 hisobi bilan yutib, o‟z maydonlarida chiroyli o‟yinlar o‟tkazdilar. Moskvada
“Крилья Советов” jamoasi bilan 2:2, Lenin-gradda "Avangard" bilan 1:1 hisobida
yakunlangan durustgina o‟yin ko‟rsatdilar. Ammo tajriba yetishmasligi sabab
yuqori o‟rinlarni egallay olmadilar, natijada bor yo‟g‟i 8-o‟ringa erishdilar (4 ta
g‟alaba, 3 ta durang, 4 ta magMubiyat). Sobiq Ittifoqning yetakchi sport jamiyati
bo‟lgan "Spartak" KSJ Markaziy Kengashi birinchiligida muvaffaqiyatli chiqish
qildi. Saratovdagi dastlabki o‟yinlarda ular o‟z klubdoshlarini 11:1 hisobida tom
ma‟noda tor-mor etdilar, s ng esa Qozonning "Spartak" jamoasi ustidan g‟alaba
qozondilar. Bu g‟alabalar toshkentliklarga Ivanovoda 9 o‟tkazi1adigan fmal
o‟yinlarida qatnashish huquqini berdi. Unda Xarkov, Krasnodar, Toshkent va
Ivanovo sportchilari qatnashdilar. Toshkentliklar yaxshi o‟yin ko‟rsatib, uchinchi
sovrinli o‟rinni egalladilar (ular xarkovliklami 3:1 ga yutib, Krasnodar bilan 1:1
hisobida durang o‟ynadilar va mezbonlarga 0:4 hisobida o‟yinni boy berdilar). Shu
yilning o‟zida Toshkentda o‟tkazilgan "Besh yo‟1" tumirida "Loko-motiv" jamoasi
muvaffaqiyatli chiqish qildi. Bu tumirda Kuybishev, Orenburg, Turkiston-Sibir,
Ashxobod va Toshkent temir yoMlari jamoalari ham ishtirok etdi. Barcha
raqiblami yengib, toshkentliklar 1-o‟rinni egalladilar. 1939 yil sobiq Ittifoq Kubogi
uchun kurashda Toshkent dinamochilarining chiqishi katta muvaffaqiyatga sazovor
boMdi. 28 avgustda Moskvadagi "Dinamo" stadionida o‟zbek futbolchilari chorak
finalda Bokuning "Temp" jamoasiga qarshi to‟p surdilar. 0‟yin juda o‟tkir va
shiddatli kurashda o‟tdi. Toshkent dinamochilari 2:1 hisobida g‟alaba qozonib,
Kubok yarim finaliga yo‟l oldilar. Bunda ular Rossiyaning eng kuchli jamoalaridan
boMgan “Сталинец” (Zenit) bilan uchrashdilar va 3:0 hisobi bilan yutqazdilar.
Finalda esa Moskvaning "Spartak" jamoasi leningradliklardan 3:2 hisobida ustun
keldi. 1941 yilning futbol mavsumiga Toshkent dinamochilari jiddiy tayyorgarlik
ko‟rgandilar. Chempionat o‟yinlari taqvimiga ko‟ra ular Olma-Otalik klublami
qabul qilishJari kerak edi. Ammo butun dunyo uchun fojea boMgan 1941 yilning
22 iyunida Ulug‟ Vatan urushi boshlandi, shuningdek, O‟zbekiston sport hayoti
ham vaqtincha to‟xtatildi. 1942 yilda 0‟zbekiston Kubogi uchun kurashda
Toshkentdan ikkita, Farg‟ona va Samarqanddan bittadan jamoa ishtirok etdi. 1943
yili Olma-Otada urush davrining qiyin sharoitlarida 0‟rta Osiyo mamlakatlari va
Qozog‟iston Spartakiadasi o‟tkazildi. Respublikamiz futbol-chilari texnik futbol
o‟yinini namoyish etib, Turkmaniston jamoasini 9:0, Tojikistonni 3:0,
Qirg‟izistonni 5:0 hisobi bilan magMubiyatga uchratdilar. Hatto o‟zlarining
qozoqlar bilan boMgan o‟yindagi magMubiyatiga qaramay, 1-o‟rinni egallay
oldilar. 1950 yilning boshida 0‟zbekistonda "Paxtakor" sport jamiyati tashkil etildi.
Hozirgacha mustaqil 0‟zbekiston chempionatida va rasmiy xalqaro musoba-qalarda
muvaffaqiyatli o‟yinlar ko‟rsatib kelayotgan, respublikamizning eng kuchli
jamoasi bolgan "Paxtakor"ning tuzilishi ham shu jamiyat bilan bog‟liq. 10 1960
yildan 1991 yilgacha (tanaffuslar bilan) "Paxtakor" sobiq Ittifoqning oliy ligasida
ishtirok etib keldi. Bu islohotlar va tub o‟zgarishlar davri bo‟lgan edi. Kichik
guruhlardagi saralash o‟yinlaridan keyingina chempionatga yo‟l olinardi. Oliy
ligaga chiqish uchun tayyorlanadigan jamoa Toshkentning ikki jamoasi asosida
tuzilgan bo‟lib, bular "Paxtakor” va "Mehnat zahiralari" ("Трудовме резервм")
klublari edi. "Paxtakor"ning barcha ko‟zga ko‟rinarli muvaffaqiyatlari uning
kuchlilar guruhidagi chiqishlari bilan bog‟liq. Yigirma yil tanaffus bilan ikki bora
1962 va 1982 yillarda “Paxtakor” oliy ligada faxrli 6-o‟ringa sazovor bo‟lgan.
1968 yilda finalga chiqib, unda Moskvaning "Torpedo" jamoasiga 0:1 hisobida
g‟alabani boy berishi "Paxtakor"ning Ittifoq Kubogi o‟yinlaridagi eng yirik
muvaffaqiyati edi. 1965 yil chempionati natijalariga ko‟ra Moskva jamoalari bilan
o‟tkazilgan uchrashuvlardagi eng yaxshi ko‟rsatkichlari uchun paxtakorchilar
"Moskva oqshomi" gazetasining maxsus sovrini bilan taqdirlandilar (toshkentliklar
"Dinamo"ni 2:0, "CSKA"ni 2:0, “Spartak”ni 1:0 va "Lokomotiv"ni 2:0 hisobida
mag‟lub etgandilar). Sobiq Ittifoq chempionatlarida qatnashish yillari mobaynida
"Paxtakor" uch jamoaviy sovrinni qo‟lga kiritdi: "G‟labaga ishonch" (1971),
„Троза авторитетов” hamda "Adolatli o‟yin" uchun sovrin (1983). Ikki marotaba
"Paxtakor" futbolchilari oliy liga chempionatining eng yaxshi hujumchilari deb tan
olingan. 1968 yil B.Abduraimov Tbilisi "Dinamo"si o‟yinchisi bilan birga (22
tadan gol) va 1982 yilda A.Yakubik (23 ta gol). Sobiq Ittifoqning ilk terma jamoasi
uchun 5 ta paxtakorchi o‟ynar edi: V.Fyodorov, Yu.Pshenichnikov, G.Krasniskiy,
М.Ап, A.Pyatnitskiy. Turli yillarda eng yaxshi 33 futbolchi qatorida
Yu.Pshenichnikov
(1966,
1967),
M.An
(1974,
1978),
B.Abduraimov,
V.Xadzipanagis (1974), A.Yakubik (1982) va A.Pyatniyskiy (1991) nomlari bor
edi. 0‟sha yillarda G‟zbekiston futbol ishqibozlarida katta qiziqish uyg‟otgan
o‟yinlar sirasiga 1964 yil paxtakorchilaming "Pirasikaba" (Braziliya) hamda (1:0),
Urugvayning 25 karra chempioni "Natsonal" (Montevideo) jamoalari bilan
uchrashuvlar kiradi. Urugvayliklaming harchand urinishlari va qarshiliklariga
qaramasdan "Paxtakor" 2:1 hisobida g‟alaba qozondi. 17 nafar iste‟dodli
futbolchining hayotini olib ketgan 1979 yilgi mash‟um avia halokatidan so‟ng
1980 yilda “Paxtakor” yangi tarkibda u sobiq Ittifoq chempionatining oliy ligasiga
yo‟l oldi. U yerda Tbilisi dinamochilarini 3:0, Donetskning "Shaxtyor"ini 2:1
hisobida mag‟lub etdi, Kiyevning "Dinamo"si bilan durang o‟ynadi va “Гроза
авторитетов” sovrinini qo‟lga kiritdi. 60-90 yillaming paxtakorchilari 0 ‟zbekiston
futbolining rivojlanishida yorqin iz qoldirganlar. Bu davr mobaynida "Paxtakor"ni
sobiq Ittifoq chempionatidagi chiqishlarga tayyorlashda M.Yakushin, B.Arkadyev,
G.Kachalin, V.Solovyev, B.Abduraimov, X.Raxmatullaev kabi murabbiylaming
hissasi beqiyosdir. Respublika terma jamoalari va yuqori malakali jamoalar uchun
zahira
tayyorlashda
G.Sorvin,
X.Muxitdinov,
A.Mosheyev
kabi
ustoz
murabbiylaming mehnati ulkan bo‟lgan. Xuddi shu yillarda bir qator malakali
hakamlar yetishib chiqqanini aytib o‟tish joizki, ular qatorida V.Doljenkov,
B.Baklunov, F.Sultonov va boshqalar bor. Murabbiy kadrlar tayyorlash bo‟yicha
0‟zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining o‟zbek futboliga qo‟shgan hissasi
o‟ta muhimdir. Institut 1955 yilda ochilgan bo‟lib, u paytda futbol mutaxassisligi
sport o‟yinlari kafedrasi tarkibiga kirar edi, biroq 1966 yilda u mustaqil kafedra
sifatida ajralib chiqdi. O‟z faoliyati mobaynida bu kafedra futbol bo‟yicha
murabbiy kadrlar tayyorlash o‟chog‟iga aylandi. Natijada ko‟pgina bitiruvchilar
murabbiylik ishida ma‟lum muvaffa-qiyatlarga erishib, 0‟zbekistonda xizmat
ko‟rsatgan murabbiy unvoniga sazovor bo‟ldilar. Bular B.Abduraimov, V.Tixonov
va boshqalardir. Ayni paytda futbol kafedrasining ko‟pchilik bitiruvchilari
O‟zbekistonning turli viloyatlari va chet ellarda ishlab kelmoqdalar. 1992 yil
mustaqil O‟zbekiston Respublikasining ilk chempionati yili edi. Mamlakatimiz
futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Bu chempionatning oliy ligasida 17 ta,
birinchi ligasida 18 ta, ikkinchi ligasida esa 42 ta jamoa ishtirok etdi. O‟zbekiston
chempioni unvoni uchun kechgan shiddatli kurashda "Paxtakor"ga asosan
Farg‟ona viloyatining "Neftchi", shuningdek, "So‟g‟diyona" (Jizzax) va
"Nurafshon" (Buxoro) jamoalari kuchli qarshilik ko‟rsatdilar. 1994 yil 7 iyunda 0
‟zbekiston Futbol federatsiyasi "FIFA"ga, shu yilning dekabr oyida esa Osiyo
Futbol konfederatsiyasiga a‟zo bo‟ldi. 0 ‟zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1993 yil 18 martdagi "0‟zbekiston Respublikasida futbolni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‟g‟risida"gi qarorining mamlakatimizda futbolni
rivojlantirishdagi ahamiyati juda kattadir. 12 1994 yilda ilk bor yosh mustaqil
respublika elchilari Yaponiyada o‟tka-zilayotgan XII Osiyo o‟yinlarida - Osiyo
mintaqasidagi yirik sport forumida tanishtirildilar. Oltin medal sovrindorlari nomi
uchun kurashda o‟zbek futbolchilari Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0),
Gonkong (1:0) va Tailand (5:4) terma jamoalari ustidan g‟alaba qozondilar.
Chorak finalda Turkmaniston terma jamoasini 3:0 hisobida, yarim fmaldagi
shiddatli va o‟ta murakkab o‟yinda Janubiy Koreyaning kuchli jamoasini 1:0
hisobida mag‟lub etdilar. Va, nihoyat, finalda Xitoy terma jamoasini 4:2 hisobi
bilan yengdilar. Bu jamoa murabbiylari dotsent R.Akramov va sport ustasi
B.Abduraimovlar edi. Asosiy tarkibning 7 nafar o‟yinchisi 0 ‟zDJTI talabalari
bo‟lganini aytib o‟tish joizdir. Shu yilning o‟zida Osiyo chempionlari Kubogida ilk
bor qatnashgan Farg‟onaning "Neftchi" klubi futbolchilari uchinchi sovrinli o‟rinni
egalladilar. 0‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17
yanvardagi "0‟zbekistonda futbolni rivojlantirish tamoyillari va tashkillashtirish
asoslarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida"gi qarori 0
‟zbekistonda futbolning keyingi rivoji uchun katta ahamiyat kasb etdi. Bu qarorda
kelgusi futbolni klublar asosida rivojlantirish va 1996- 1997 yillarda viloyat
markazlarida futbol bo‟yicha o‟smirlar maktabinternatlari ochilishi ko‟rsatilgan
edi. 1992 yildan hozirgi kungacha bo‟lgan vaqt ichida Toshkentning "Paxtakor",
"Bunyodkor" va Farg‟onaning "Neftchi" klublari chempionat yetakchilari bo‟lib
keldi. Paxtakorchilar o„n marotaba 0 ‟zbekiston chempioni bo‟lganlar (1992,1998,
2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012,2014) va 6 marotaba mamlakat Kubogi
sovrindorlari qatoridan joy olganlar (1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004).
"Bunyodkor" jamoasi besh marotaba 0 ‟zbekiston chempioni boMganlar (2008,
2009, 2010, 2011, 2013) va 4 marotaba mamlakat Kubogi sovrindorlari qatoridan
joy olganlar (2008, 2010, 2012, 2013). "Neftchi" ham besh karra respublika
chempioni (1992, 1993, 1994,1995,2001) va 2 karra 0 ‟zbekiston Kubogi sohibi
(1994,1996) bo‟lgan. 0 ‟zbekiston chempioni unvoniga yana "Navbahor" (1996),
MHSK (1997) va "Do‟stlik" klublari erishganlar. Shuningdek, 1997, 1995, 1998
yillarda "Navbahor", 2000 yilda "Do‟stlik" jamoasi va 2014 yilda "Lokomotiv"
jamoasi O‟zbekiston Kubogini qo‟lga kiritganlar. 2002 yilgi Osiyo Chempionlari
Kubogi uchun kurashda Qarshining "Nasaf' 13 jamoasi ishtirok etadi. Saralash
bosqichlarida 5 g‟alabani qo‟lga kiritib, yarim fmalga chiqdilar. Ammo bronza
medali uchun kechgan bu o‟yinda qarshiliklar "Istiqlol" (Eron) jamoasiga 2:5
hisobida g‟alabani boy berib, 4-o‟rinni egalladilar. 2003 yilda Toshkentda bo‟lib
o‟tgan chempionlar ligasi chorak finalida paxtakorchilar katta ustunlik bilan
Turkmanistonning "Nissa" jamoasini 3:0, Eronning "Piruza"sini 1:0 va Iroqning
"Al-Taliba" kabi jamoalarini 3:0 hisobida yengdilar. Yarim finalda ikki match
natijalariga binoan Tailandning "Bek-Tero Sosana" jamoasi ustun keldi. 2002-2003
yillarda 0‟zbekistonning yoshlar terma jamoasi futbolchilari katta yutuqlarga
erishdilar. Qatarda Tailand terrna jamoasini 4:0, Qatami 5:4 hisobida yengib, so‟ng
Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida g‟alabani boy berib, futbolchilarimiz chorak finalga
yo‟l oldi va unda Saudiya Arabistonini 4:0 hisobida mag‟lub etdilar. Yarim fmalda
o‟zbek futbolchilari Yaponiya terma jamoasi bilan uchrashdilar. Shiddatli va
qizg‟in o‟tgan o‟yinning asosiy vaqti 1:1 hisob bilan yakunlandi. 11 metrli zarbalar
yo‟llashda yaponlar bir oz ustunroq chiqib, 4:2 hisobida g‟olib bo‟ldilar. To‟rtinchi
o‟rinni egallagan O‟zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning eng kuchli 16
jamoasi qatorida maydonga chiqish imkoniyatini qo‟lga kiritdi. Jahon chempionati
2003 yilning dekabr oyida BAAda bo‟lib o‟tdi. 0‟zbekiston fiitbolchilari chiroyli
va bahamjihat o‟yin ko‟rsatdilar, lekin 1/8 finalga chiqa olmadilar. Biroq,
mutaxassislar va ishqibozlar O‟zbekiston terma jamoasi o‟yinini yuqori
baqoladilar. Uch o‟yin davomida ular o‟z tengdoshlari bilan kurash olib bordilar,
lekin Mali jamoasiga (Afrika chempioni) 2:3, Argentina termasiga (ayni paytda
jahon chempioni) 1:2, Ispaniya terma jamoasiga (Yevropa chempioni) 0:1 hisobi
bilan g‟alabani boy berdilar. Oxirgi yillarda 0‟zbekiston milliy terma jamoamiz,
yoshlar va o‟smirlar terma jamoalari barcha jahon chempionatlarida ijobiy ishtirok
etib kelishmoqda. 2010 yilda Toshkentda bo‟lib o‟tgan o‟smirlar o‟rtasida Osiyo
chempionatida terma jamoamiz sharafli 2-o‟rin egallab, jahon chempionatiga
yo‟llanma oldi. 2011 yilda Qatarda bo‟lib o‟tgan Osiyo chempionatida milliy terma
jamoamiz 4-o‟rin egallashdi. 2011 yili 0 ‟zbekistonda birinchi bor “Nasaf‟ jamoasi
Osiyo Kubogi sohibi bo‟lishdi. 2011 yili Meksikada bo‟lib o‟tgan yoshlar o‟rtasida
jahon chempionatida kuchli sakkizta jamoa safiga kirishgan. 2012 yilda Eronda
bo‟lib o‟tgan o‟smirlar o‟rtasida Osiyo chempionatida terma 14 jamoamiz ilk bor
1-o‟rinni egallab, chempionlikka sazavor bo‟lishdi va jahon chempionatiga
yo‟lanma olindi. 2013 yilda Turkiyada bo‟lib o‟tgan yoshlar o‟rtasida jahon
chempionatida, o‟tgan jahon chempionatidagi natijasini takrorladi, kuchli
sakkiztalikka kirishdi.
Dostları ilə paylaş: |