Galatepaga
qaytish
Andijon jamoasi
Murod Muhammad Do’st
Qisqacha
Yoshgina mozor
Ikki yuzli tul o’tmish
Kichik asliyat
1
2
3
Bir insonning haq va haqiqat yo’lidagi chigal va
iztirobli hayoti.
Aslida hammamiz
telbamiz
4
“O’n qadam,yigirma qadam,o’ttiz,nahotki u Xudoga ishonsa:
Tilovat payti mulla Chori tilovat qilib bo’linganidan so’ng orqaga qarab
qo’ydi:”Ha,nahotki u Xudoga ishonsa”. Bilamiz,mulla Chori Raim oqsoqolni
hammadan ko’ra behroq yomon ko’radi.
Muallif tomonidan chuqur ijodiy yondashilgan ushbu kitobdagi voqeliklar Raim
oqsoqolning janozasidan boshlanadi.
Raim oqsoqol-
butun bir boshli mahallani,guzarni,umuman olganda insonlarni
boshqaruvchi yaxshigina inson.Bu inson haqida gapirish mahallaning jonkuyari
haqida gapirishdek gap.Asarda mulla Chori nemislarga yordam bermaganligi haqida
ham gap ketgan.Mekail ismli inson tirik hujjat bo’lgani ham bizga ma’lum.
Raim oqsoqol nafaqat mulla Choriga,balki Galatepadagi har bir insonga
kuyunchaklik bilan yordam bergan.O’g’li G’aybarovga,Zokirga,Mavlonboy,Ahmad va
Murod amakini,hamma-hammani o’z jigaridek qadirdonidek suygan.Bundan
tashqari u yaxshigina notiq ham hisoblanadi.O’ttiz,ellik yil mobaynida Galatepani
og’ziga qaratgan deya ta’rif beriladi.
Yoshgina mozor
Raim oqsoqol o’g’li G’aybarov shaharda ilm olishi uchun doimiy pul jo’natib
turganligi,sochi kesilgan qiz bilan birga ko’rgach pul jo’natmay qo’yganligi,o’g’lidan
ozgina bo’lsada gina saqlaganligini ko’rib g’aroyib tabiatli inson deyish mumkin.
G’aybarovni biz otasining janozasida yig’lamay turganligini,xattoki galstukda
bo’lganligini ham ko’rdik.To’g’ri,u haqida toshbag’ir,faqatgina o’zini o’ylaydigan va
shu vaqtgacha uylanmay yurgan,ota-onasi uchun farzand qoldirish,nabiralarini ular
ko’rishi kerak degan narsalarni hayoliga keltirmagan inson sifatida tasvirlashimiz
mumkin.Lekin o’ylab qarasak,a’zada yaqiningiz o’lganida nima qilish kerak,baqirib
dod solish kerakmi,yo’q albatta,oz bo’lsada Qur’on tilovati qilish va savoblarini
marhum,marhumaga bag’ishlash lozim.Ammo bizda odat tusiga kirganki a’zada
yig’lamaslik toshbag’irlikdan dalolat degan tushuncha mavjud.G’aybarovning a’zada
yig’lamaganligini,keyinchalik qilgan ishlari orqali yaxshiligini,toshbag’ir ekanligini
bilish emas,ana shu paytda ham yaxshi inson emasligini anglashimiz mumkin.
Asarni bizga yoqqan tomoni shundaki,G’aybarov otasining o’limidan keyin faqat
yaxshi ishlarini aytib eslagani,xatto otasiga atalgan tobut ham ular birgalikda ekan
terakdan,marhum qabrga qo’yilgach “Boshqalarning ishi tushmasin,boshqa hech
kim o’lmasin”,-deya sindirib tashlashgani bo’ldi.
Ikki yuzlik tul o'tmish.
G’aybarovning studentlik paytlaridan beri unga yaqin do’st bo’lgan
Samad asarda tulki obrazi,ayyorlik obrazida namoyon bo’lgan.Lekin shu
asarning oxirigacha qadar Samadni unday inson deb o’ylamagan
edik.To’gri, Samadga Haykal G’aniyevich ish o’rgatayotgan paytda unga
qanday inson bo’lishni o’rgatayotgan edi.
Ana shu do’st,qo’ynidagi iloni studentlik davridagi pokiza
muhabbatini,Galatepaga birga borishni,o’sha yerda nikohdan o’tishni
rejalashtirgan pokiza muhabbati Inarani ham yo’ldan urdi.
Yana bir muhokamalarga sabab bo’layotgan obraz Qobil
obraziga,uning mazlumasiga nisbatan Samad tomonidan qilingan
adolatsizlik edi.Bundan tashqari do’sti G’aybarov,qizi Saida,o’zining
turmush o’rtog’iga nisbatan hiyonatidan uning qanday inson ekanini
anglash qiyin emas.
Raim oqsoqolning janozasida ko’p ko’z yosh to’kkan Anzirat va uning qiziga
to’xtalib o’tsak.Uning onasi Oyparcha ham eridan keyin turmush qurmagan,
erkakning ishini qilgan.Anzirat ham onasi kabi,Raim oqsoqoldan keyin turmush
qurmadi.Uning qizi esa o’gay ukasiga qilgan munosabati har qanday insonni
seskantirishi tabiiy.Qizcha o’gay ukasini hovlidan tashqariga olib chiqib boshiga
igna sanchgan.Birov o’rgatmagan o’zi bilib qilgan.G’aybarov o’gay opasidan bir
umr cho’chiydiga bo’ldi.
Insonlar o’zlarida qolgan birinchi taassurotga qarab muomala
qiladilar.Masalan,bir inson bizga iliq munosabatlar qilsa nazdimizda u bir umr
yaxshi inson,yoki aksincha, yomon taassurot qoldirgan insonni bir umr yomon
deb o’tamiz.Lekin o’ylab ko’rmaymizki yillar o’tgach,besh,o’n,yigirma yil
davomida balki u o’z ustida ishlagandir,balki yomon odatlaridan
kechgandir,yaxshi insonga aylangandir.Ya’ni o’gay opa mana shu ishni
qilganmi,G’aybarov nazdida bir umr yomonligicha qolgan.
Kichik asliyat
Aslida hammamiz telbamiz
Har bir asarda kitobxonni qiziqtirish,asar mazmunini boyitishda telba,devona
obrazlari kiritiladi.Bu umuman olganda asarning emotsionalligi va pozitivigini
oshirishda katta ahamiyatga ega.
Murod amaki urush natijasida telba holatiga kelgan.Uning telba bo’lgani
o’laroq tirik qaytganini o’zi katta baxt aslida.Yoshi bir joyga borib qolgan
bo’lsada bolalardek qiliqlari, o’sha mashxur gapi “Bisso’m ber”-ning o’zida
ancha beg’uborlig-u samimiylik bor.Unin ko’nglida hech kimga nisbatan
nafrat yo’q,dunyo zulmatlaridan bexabar,aslida eng baxtli inson.
Asar so’nggida G’aybarov unga qayta-qayta “Sizni yaxshi ko’raman amaki”
deya dunyo insonlaridanda yaqin bildi. Yaratgan egam hech kimsani esdan
ayirmasa-yu,u bir burda nonni o’zi topib yesa.Shu bir burda nonni haqiqat desa
bo’ladi.Harakat- haqiqat,og’riq haqiqat,qilmishlar-haqiqat.
Odamzodning bu yorug’ dunyoga ko’z ochib,toki undan ko’z yumgunga qadar
hayoti-haqiqat.
Asli G’aybarovga xiyonatkor do’stdan ko’ra mana shu Murod amaki
yaqin,faqat ugina sodiq.Xudo esidan ayirmagan inson zoti borki hiyonat
qiladi,tumshug’ingda dong terib boqasan-u bir kun ko’zlaringni cho’qib ketadi.
Asli biz insonlar aqldan ozganmiz,biz telbamiz.Aqlga ega bo’la turib Murod
amakichalik samimiy,beg’ubor bo’la olmaymiz
Ushbu asarda o’tgan asrning 80-yillari haqida,behalovat,beorom zamondoshlarimiz - o’zbek
ziyolilarining hayoti to’g’risida,muhabbat va iymon,haq va haqiqat yo’lidagi iztirobli,gohida chigal
izlanishlar,ana shu izlanishlar sabab inson qalbida kechadigan turfa ruhiy kechinmalar xususida
o’ziga xos ohang va rang bilan hikoya qilinadi.
E'tiboringiz
uchun
rahmat!!!
Dostları ilə paylaş: |