Mavzu: Gazni quritish texnologiysini urganish
GAZNI QURITISH
— gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy
usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi. Absorbsiya usullari gazlardagi suv bugʻlarini suyuq moddalarga yuttirishga asoslangan.
Bu usulda kuritiladigan gaz avval sovitiladi, keyin absorbsion apparatning pastki qismiga kiritiladi. Apparatning yuqori qismidan gaz yunalishiga
qarama-qarshi absorbent eritmasi (maye, dietilenglikol) beriladi. Absorbent sifatida kalsiy xlorid (35—40%), glitserin (85%), dietilenglikol (85—
97%), uchetilenglikol, sulfat kislota (94—96%) va b. moddalarning eritmalari ishlatiladi. Gaz tarkibidagi namlik absorbentga oʻtadi.
Bunday
usulda quritilgan gaz tarkibida kupi bilan 0,2 g/m3 nam qoladi. Adsorbsiya usullari qoʻllanilganda gazlardan nam qattiq moddalar —
adsorbentlarga yutiladi. Adsorbent sifatida qattiq holdagi CaCI2, NaOH, KON, MgO, P2O5, boksitlar, silikagel, alyumogel va b. ishlatiladi. Bu
moddalar oʻz ogʻirligiga nisbatan 2% dan 10% gacha namni yuta oladi. Adsorbentlar gazlarni absorbentlarga nisbatan yaxshiroq quritadi. Fizik
usullar nam gazni issiqdik almashish apparatlarida suv yoki boshqa issiqlik yutuvchi suyuqpiklar bilan sovitish, gazni siqishdan soʻng sovitish va
siqilgan gazni birdaniga kengaytirishga asoslanadi. Gazlarni oʻta
quritish uchun odatda, ikki pogʻonali sxema tatbiq etiladi.
Bunda nam gaz
dastlab absorbsion va soʻngra adsorbsion qurilmalarda quritiladi. Gazni quritish qdan maqsad koʻp komponentli gazlarni fraksiyalarga ajratish,
yonuvchi gazlarni quvurlar orqali joʻnatish va Sanoat uchun Gazni quritishning ahamiyati katta.
Absorbsiya jarayoni haqida umumiy ma`lumot
Gaz yoki bug` aralashmasi tarkibidagi bir yoki bir necha komponentning suyuq yutuvchi moddada tanlab yutilish jarayoni absorbsiya
deb ataladi. Yutuvchi suyuqlik absorbent (yoki sorbent) deyiladi. Teskari jarayon, ya’ni yutilgan komponentlarning suyuq fazadan ajralib chiqishi
desorbsiya deb ataladi. Absorbsiya jarayoni texnologik gazlarni ajratish va sanoatdan chiqarib yuboriladigan
gazlarni tozalashda keng
qo’llaniladi.
Absorbtiv va absorbentlarning o`zaro ta`siriga qarab, absorbsiya jarayoni ikkiga bo`linadi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya.
Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy
reaksiya yuz bermaydi, ya`ni
kimyoviy birikma hosil
bo`lmaydi. Agar suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reaksiyaga kirishsa, bunday karayon kimyoviy absorbsiya deyiladi.
Ma`lumki, fizik absorbsiya ko`pincha qaytar jarayon bo`lgani sababli, ya`ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo`ladi.
Bunday jarayon desorbsiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbsiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish, yutilgan gazni sof holda ajratib
olish va absorbentni ko`p marta ishlatish imkonini beradi.
Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida ko`plab sohalarda qo`llaniladi. Masalan:
- uglevodorodli gazlarni ajratish,
- sulfatlarni ajratib olishda,
- azotlarni ajratib olishda,
- xloridlarni ajratib olishda,
- kislotalar olishda
- ammiakli suvlarni olishda,
- gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish
- boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi.