elaksimon, qalpoqchali, klapanli, kapsulali,
plastinali va boshqa turdagi tarelkalar o’rnatiladi. Turli xildagi quyilish qurilmasi bo’lgan tarelkalarning samarali ishlashi gidrodinamik harakat
rejimiga bog`liq. Gazlarning tezligi va suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch yo’sinda: pufakli, ko’pikli,
ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi. 7-rasmda elaksimon tarelkali absorberning ishlash sxemasi ko’rsatilgan. Bu turdagi qurilmalarda
vertikal silindrsimon qobiq bo’lib, uning ichiga gorizontal tarelkalar o’rnatiladi.
Tarelkalarning butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan iborat bo’ladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchisiga o’tishi va
tarelkadagi suyuqlik qatlamining balandligi quyi qismi stakanga o’matilgan quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka teshiklaridan o’tib,
suyuqlik qatlamida pufakchalar holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda kam bo’lsa, bunda yuqorigi tarelkadagi suyuqlik
teshiklar orqali quyi
tarelkaga oqib tushib ketadi, natijada gaz bilan suyuqlikning modda almashinish samaradorligi juda ham kamayib ketadi. Shuning uchun
berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning bosimi tarelkadagi suyuqlik qatlamining bosimidan yuqori bo’lib, tarelkadan
suyuqlikning oqib
tushishiga yo’l
qo’ymasligi kerak. Odatda g`alvirsimon
tarelka yuzasidagi suyuqlik qatlamining
balandligi
25-30
mm
holida
qalpoqchalarning
teshigi
bo’ylab
taqsimlanadi (8- rasm).
Qalpoqchalarning teshiklari
tishli bo’ladi va ular uchburchaklik
to’g`ri burchak shaklida tayyorlanadi.
Keyin esa
gaz quyish qurilmasi orqali
bir
tarelkadan
ikkinchi
tarelkaga
quyilayotgan
suyuqlik
qatlamidan
o’tadi. Suyuq qatlamlardagi harakat
davomida ba’zi mayda oqimchalarning
bir qismi bo’linib ketadi,
gaz esa
suyuqlikda pufakchalar holida taqsimlanadi. Qalpoqchali tarelkalardagi gaz ko’piklari va pufakchalarning hosil bo’lish samaradorligi gaz
harakatining tezligiga va qalpoqchalarning suyuqlikka tushirilgan balandligining o’lchamiga bog`liq.
Qalpoqchali tarelkalar gaz va suyuqlikning sarfi katta bo’lganda ham barqaror ishlaydi. Kamchiliklari: tuzilishi murakkab, gidravlik
qarshiligi katta, tozalash qiyin, narxi qimmat, berilayotgan gaz miqdori kam bo’lganda yomon ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: