Gelmintlar Gelmintozlar Gelmentlar — tana parazitlari



Yüklə 69 Kb.
tarix17.10.2023
ölçüsü69 Kb.
#156695
GELMENDLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCH TORISI


GELMENTLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Reja:


  1. Gelmintlar

  2. Gelmintozlar

  3. Gelmentlar — tana parazitlari


Gelmintlar (Helminthos. yun. helmins, helminthos — chuvalchang, gijja) — har xil sistematik guruhlarga mansub parazit chuvalchanglar guruhi. G.ga 5 tipga mansub jonivorlar, jumladan yassi chuvalchanglardan monogeneyalar, soʻrgʻichlilar, tasmasimon chuvalchanglar va sestodsimonlar; toʻgarak chuvalchanglardan nematodalar va qilchuvalchanglar; halqali chuvalchanglardan zuluklar; tikanboshlilar, nemertinlar hamda sistematik oʻrni toʻliq aniqlanmagan ortonektidlar va ditsiyemidlar kiradi. G. ekologik guruh boʻlib, juda xilma-xil jonivorlarni oʻz ichiga oladi. Teri-muskul xaltasi, tana organlarining uchta embrional varaqdan hosil boʻlishi; tanasi oldingi qismining ixtisoslashib, yopishuv yoki sezgi organlari hosil qilishi hamda bilateral simmetriyalik hamma G. uchun xos boʻlgan umumiy belgi hisoblanadi. Parazitlik qilish xususiyatiga binoan G.ni statsionar va fakultativ parazitlarga ajratiladi. Birinchi guruhga odam, hayvon va oʻsimlik parazitlari (tasmasimon chuvalchanglar, trematodlar, tikanboshlilar va koʻpchilik nematodalar); ikkinchi guruhga — koʻpchilik zuluklar, ayrim kiprikli chuvalchanglar va nemertinlar kiradi. Lichinkalik davrida hasharotlar tanasida parazitlik qiladigan, voyaga yetgan davrida esa erkin yashaydigan qilchuvalchanglar G.ning oʻziga xos guruhini hosil qiladi. Parazitlik qiladigan joyiga binoan G. tashqi — ekto-parazitlar (monogeneyalar, koʻpchilik zuluklar, nemertinlar va turbellariyalarning bir qismi) hamda endo-parazitlar (koʻpchilik gelmintlar)ga ajratiladi.
Parazit hayot kechirish taʼsirida G.ning harakatlanish, xoʻjayin tanasidan tashqarida faol oziq qidirish xususiyatlari yoʻqolgan; bir qancha turlarida hazm sistemasi reduksiyaga uchragan. Buning oʻrniga yopishuv organlari rivojlanib, pushti keskin oshgan, rivojlanish sikli murakkablashib, koʻplab potensial xoʻjayinlarni zararlashga imkon beradigan boʻlgan. G. lichinkasi koʻpincha toʻla-toʻkis yoki qismai asosiy xoʻjayin organizmidan tashqarida rivojlanadi. Rivojlanish xususiyatiga binoan G. geogelmintlar va biogelmintlarga ajratiladi. Geogelmintlar tashqi muhitda, biogel-mintlar boshqa hayvonlar — oraliq xoʻjayin organizmida rivojlanadi. Ayrim biogelmintlar oraliq xoʻjayindan tashqari qoʻshimcha, hatto rezerv xoʻjayinga ham ega boʻladi. Soʻrgʻichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub bir qancha G.da jinsiy koʻpayish bilan birga lichinkalik partenogenez ham uchraydi. Jinsiy va jinssiz gallanib koʻpayish turning saqlanib qolish imkoniyatini oshiradi. Oʻzbekistonda umurtqali hayvoilarda 1000 dan ortiq G. parazitlik qiladi.
Gelmintozlar (yun. helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va oʻsimliklarda parazit chuvalchanglar — gelshintlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Odamda gijjalarning 150 dan ortiq turi uchraydi. Yashash sharoitlari: iqlim, tuproqning holati, dehqonchilik xususiyatlari va aholining gigiyenik koʻnikmalari darajasiga qarab turli mintaqalarda turli xil gijjalar uchraydi. Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, sestodalar, trematodalar va akantotsefallar parazitlik qiladi. Shunga koʻra tekshirish chogida topilgan gijjaning sinfiga karab nematodoz, sestodoz, trematodoz, akantotsefalez kabi guruhlarga ajratiladi; har bir guruhga bir necha turdagi gijjalar kiradi. Mas, enterobioz, askaridoz nematodoz guruhiga, hoʻkiz solityori, choʻchqa solityori, keng tasmali gijjalar sestodozlar guruhiga mansub. Odam gijjalarning oraliq yoki mutlaq xoʻjayini boʻlishi mumkin. G. kechishida oʻtkir va surunkali davr farq qilinadi. Olimlar orasida odamda gelmintlarning boʻlishi maʼlum jihatdan uning qrn guruhiga ham boglik, degan fikrlar mavjud. Oʻzbekistonda G.dan enterobioz, gimenolepidoz va askaridoz koʻproq uchraydi. Gelmintlar odamning nafas olishi, ovqat hazm qilishi, muskul sistemasi, jigar, taloq, qon, miya, koʻz va b. aʼzolarida parazitlik qiladi. Gijjalarning xili, soni va qaysi aʼzoda boʻlishiga qarab kasallik har xil kechadi. G.da odamning vazni hamisha kamayadi, u lanj, injiq boʻlib qoladi, boshi aylanadi va h. k. Gijja ichakda boʻlsa, ich qotadi yoki ich ketadi, koʻngil ayniydi, baʼzan bemor qayt qiladi, jigarda boʻlsa, koʻz oqi va badan sargʻayadi, oʻpkada boʻlsa, yoʻtal tutadi. G.da koʻpincha mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi oʻsmaydi, xotirasi susayadi va h. k. Gijjalarning lichinkalari yoki tuxumlari topilishiga qarab tashhis qoʻyiladi. Serologik reaksiyalar (immun fluoressentlash, bevosita gemag-glyutinatsiya reaksiyalari va h. k.)dan foydalanish G.ni erta aniqpash va vaqtida tashhis qoʻyish imkonini beradi. G.ning oddini olish uchun aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib
borish, pokizalikka rioya qilish muhim. Ayniqsa, yasli-bogʻchaga qatnaydigan bolalarning har biriga alohida tuvak boʻlishi va qoʻllarini bot-bot sovunlab yuvib turishiga alohida eʼtibor berish lozim. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, chala pishirilgan ovqatni isteʼmol qilmaslik, koʻkat va mevalarni obdon yuvib ishlatish, xom goʻsht toʻgʻrashga ishlatiladigan taxtakachni pishganiga ishlatmaslik G.ning keskin kamayishiga olib keladi. Koʻkatlarni ishlatishdan I soat oldin 3%li osh tuzi eritmasiga solib qoʻyib, keyin yaxshilab chayib tashlansa, gijja tuxumlari butkul yoʻqoladi. Gijjalarning turiga qarab G.ning davosi har xil. Bemorni davolashda yaxshi naf beradigan dorilar mavjud. Ularni faqat vrach bilan maslahatlashib qoʻllash lozim.
Hayvonlarning G.ni yuqtirish yoʻllari turlicha. Gelmint tuxumlari yoki lichinkalari boʻlgan yem-xashak va suvni isteʼmol qilish orqali yoki gelmint lichinkasi teri orqali organizmga kirib oladi. G. koʻpincha kasal hayvondan uning qornidagi bolasiga yuqadi. Nematoda lichinkasi aksariyat oʻsimlik poyasiga yoki ildiziga bemalol kirib oladi. G. oqibatida hayvonlarning mahsuldorligi, oʻsimliklarning hosili kamayadi, hayvonlar oʻladi, oʻsimliklar nobud boʻladi. Bu oʻz navbatida xalq xoʻjaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Oʻzbekistonda trematodozlardan fassiolyoz,
oriyentobilgarsioz, dikrotselioz; sestodozlardan moniyezioz, tizansezioz, avitellinoz, exinokokkoz, senuroz; nematodozlardan askaridoz va askaridioz, paraskaridoz, oksiuroz, gemonxoz, nematodiroz, xabertioz, diktiokaulez, protostrongilidezlar qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarida koʻp uchraydi.
G.ga qarshi kurashishda goʻsht va b. mahsulotlarni veterinariya-sanitariya nazoratidan oʻtkazish, tirik lichinkalar topilgan taqdirda isteʼmolga yaroksiz deb topish, aholi yashaydigan joylar tozaligi, goʻngdan oʻgʻit sifatida foydalanish ishlari ustidan qatiy nazorat oʻtkazish va b. maxsus choralar koʻrish zarur. Odam va hayvonlarning a’zo va to‘qimalari
hisobiga yashovchi mayda chuvalchanglar – gijjalar (gelmintlar), ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi. Insoniyatga gelmintozlar juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, ular barcha parazitar kasalliklarning 90 foizni tashkil qiladi. Kasallik manbai bemor odam va gijjalar
bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchining turi, yuqish yo‘li va yuqish omillariga ko‘ra gelmintozlar uchga bo‘linadi:
Biogelmintozlar
Bu turdagi kasallikda gijja lichinkalarining invaziya (yuqumlilik darajasi) bosqichiga qadar yetilishida oraliq xo‘jayin, tirik organizm – ya’ni, biologik muhit kerak bo‘ladi.
Geogelmintozlar
Bu turdagi gelmintozda lichinkalarning yuqumlilik bosqichiga qadar yetilish jarayoni tuproqda yuzaga keladi.
Kontagioz
Kontagioz ya’ni, muloqot orqali yuqadigan gelmintozlar – ushbu turdagi gelmintlar odamdan odamga bevosita iflos qo‘llar, uning ichki kiyimi, choyshablari, yuvinishda ishlatiladigan buyumlari va maishiy anjomlar orqali yuqadi. Muloqot yo‘li orqali yuqadigan gijjalarga enterobioz va gimenolepidoz kasalliklari kiradi.
Xastalikning bu turlari asosan bolalar orasida keng tarqalgan. Ular najaslari orqali tashqi muhitni gijja tuxumlari bilan ifloslantiradilar. Zararsizlantirilmagan najasni dala hamda ekinzorlarda o‘g‘it sifatida ishlatilishi va rezavor meva hamda sabzavotlarning ifloslangan suvlar bilan sug‘orilishi ham bu xastalikning keng tarqalishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari gijja kasalligi bilan kasallangan itlarning ekinzorlarda oralab yurishi natijasida yetishtirilayotgan sabzavotlar, rezavorlar va ko‘katlar gijja tuxumlari bilan ifloslanadi. Odamlar yaxshi yuvilmagan sabzavotlar, rezavor mevalar va ko‘katlarni iste’mol qilish orqali o‘zlariga gijja tuxumlarini yuqtirib oladilar. Aynan sabzavotlar, rezavor mevalar va ko‘katlar orqali
askaridoz, trixotsefalyoz, ankilostomidoz, strongiloidoz va exinokokkoz kabi gijja kasalliklari kelib chiqadi. Asorati Siz o‘ylagandan ham og‘ir dard
Gijjalar inson organizmiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ular allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Yana organizmning har xil yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi. To‘qima va qon tomir devorlarini mexanik shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Odam tanasiga tushgan vitaminlar va mineral moddalarni o‘zlashtiradi. Ular asab tizimiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kasallik belgilari
Gijja kasalligiga chalingan bemorlarda holsizlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, asabiylik, allergik toshmalar va terida har xil dog‘larning paydo bo‘lishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Ushbu dard o‘z vaqtida to‘liq davolanmasa yosh bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanishning ortda qolishi, epileptik tutqanoq kasalligi kabi jiddiy asoratlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bundan shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni gelmintoz nafaqat alohida a’zo, balki butun organizmning og‘ir dardi bo‘lib, uning belgilari paydo bo‘lganda o‘z vaqtida shifokorga murojaat etish zarur.
Xastalikdan saqlanish yo‘llari
Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish muhim hisoblanadi. Gelmintozning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya kilish shart. Har bir odam o‘zining shaxsiy gigiyena vositalariga ega bo‘lishi lozim. Ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga kirib-chiqqach, eshik tutqichlarini ushlagach, tuproq bilan ishlagandan so‘ng va bolalar ko‘chada o‘ynab kelganda qo‘lni sovun bilan yaxshilab yuvish lozim. Shuningdek, tirnoqlarni kalta qilib olish zarur. Polizda, bog‘da ishlash vaqtida qo‘lni og‘izga solishdan saqlanish kerak. Ayniqsa, qo‘lni og‘izga tiqish kabi salbiy odat ko‘pincha yosh bolalarga xos. Gijja tuxumlarini meva-sabzavotlar va ko‘katlar orqali
yuqishini oldini olish uchun ularni oqar suvda yaxshilab yuvish shart. Ko‘katlarni avval sho‘r suvda ivitib qo‘yib, keyin oqar suvda obdon yuvib, so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi. Uyda va maktabgacha ta’lim
muassasalarida bolalarni parvarish kilishda ishlatiladigan buyumlar va o‘yinchoqlarning toza saqlanishiga doim e’tibor qilish zarur. Bolalar tuvagi, stullar, o‘yinchoqlar, hojatxona eshigi va poli har kuni zararsizlantiruvchi vositalar yoki qaynoq suv bilan yaxshilab tozalanishi shart. Havodagi chang bilan birga gijja tuxumlarini og‘iz va nafas olish yo‘llari orqali organizmga tushishini oldini olish maqsadida xonalarda muntazam namli tozalash ishlari olib borilishi, hovlilar suv sepib supirilishi maqsadga muvofiqdir.
Ochiq suv havzalari suvini faqat qaynatib ichish, har doim yaxshi pishirilgan va qovurilgan go‘shtni iste’mol qilish talab etiladi.
Gelmintoz kasalligi belgilari paydo bo‘lganda darhol mutaxassisga murojaat qilish darkor. Yana tegishli laboratoriya tahlillarini topshirish va uning natijalari asosida shifokor maslahati bilan o‘z vaqtida davolash kurslarini to‘liq amalga oshirish bemorning ushbu dardni jiddiy asoratsiz yengib tezda oyoqqa turib ketishiga sabab bo‘ladi. Gelmintlar qanday yuqadi?
Ostritsaning oshqozon-ichaklarga tushushi, organizmning parazit bilan zararlanish deganidir. Ostritsa tuxmlari tashqi muhitga ifloslangan najas bilan tushadi. Tuxumlarning tashqi qobig‘i noqulay muhitga chidamli va hajmi juda kichik. Bola atrof muhitni o‘rganish, jismlarning ta’mi va tarkibini bilish maqsadida qo‘llari bilan har narsani ushlab ko‘radi hamda ularni o‘gziga olib boradi. Shu yo‘l bilan ostritsaning tuxumlari o‘zining “bo‘lajak kichik xo‘jayini“ organizmiga tushadi.
Bola organizmi kurashish qobiliyati past bo‘lganligi sababli parazit bemalol ko‘paya oladi. Gijjalar bilan yuvilmagan mevalar va ifloslangan suv orqali zararlanishi ham mumkin. Ko‘pincha zararlanish bolalarning hayvonlar bilan muloqotida, ular axlati tushgan tuproq va qumlarda o‘ynaganda ham kuzatilishi mumkin. Bolalar ko‘chada o‘ynab kelganidan so‘ng qo‘llarini yuvishmaydi, parazitlar bu vaqtda organizmga tushadi. Shuning uchun barcha bolalar yashash sharoiti va tarbiya muhitidan qat’iy ravishda birday zararlanishi mumkin.
Gijjalar bilan kimlar ko‘proq zaralanadi?
Gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa;
Uyda tozalash ishlarini regular bajarmasa;
Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlarni yeganda;
Uyda hayvonlar saqlansa;
Bola sayrdan keyin, hojatdan keyin va ayniqsa ovqatlanishda avval qo‘llarini yuvish o‘rgatilamagan bo‘lsa, bu bolalar boshqalarga nisbatan gelmentlar bilan ko‘proq zararlanishadi. Gijja alomatlari qanday? gijja alomatlari
Foto: Roman Yanushevsky / Shutterstock.com
Parazitlarning invaziyasida kuzatiladigan simptomlar uning turi, tuxumlari miqdori va bolaninig kurashish qobiliyatiga bog‘liq. Simptomatik sur’at har xil ko‘rinishda keladi. Agar bola parazit chuvalchang tuxumlarining ko‘p miqdorda zararlansa, umumiy ahvolning yomonlashishi bir necha sutkalarda yuzaga keladi. Boshqa holatlarda simptomlar bir necha haftalar va oylarda ko‘rinadi. Bolaning immuniteti ham katta rol o‘ynaydi, organizm parazitlarning ko‘payishini to‘xtatib turishi ham mumkin, lekin ma’lum vaqt o‘tib organizm susayganda parazitlar yuzaga chiqib, og‘ir muammolarga olib kelishi mumkin. Birlamchi belgi bu zaharlanish (intoksikatsiya)dir.
Parazitlar hayot davomida katta miqdorda toksinlar ajratib turishi, bolada oqsil, yog‘, uglevod va vitaminlar yetishmovchiligiga olib keladi.
Bolada gijja bo‘lsa, quyidagi belgilar kuzatiladi
Ozib ketish, teri rangining rangparligi, holsizlik, bosh aylanishi;
Tana haroratininig ko‘tarilishi; Bosh og‘rig‘i, uyquning buzilishi va
kayfiyatning o‘zgarishi. Ichaklar tomonidan – ich qotishi, ich ketishi,
qorin dam bo‘lishi va og‘riqlar, ko‘ngil aynashi va qayt qilish, qorin sohasining ba’zi joylarida og‘riq sezish;
Allergik holatlar – qichishish, toshmalar, yo‘tal, nafas a’zolari shilliq qavati yallig‘lanishlari; Immunitetning sustayishi natijasida boshqa
infeksion kasalliklar bilan kasallanish. Bu umumiy simptomlar enteribioz
va askarida uchun ham xos. Ostritsa uchun spetsifik simptomlar
Orqa chiqaruv teshigi atrofi tunda, urg‘ochi gijja tuxum qo‘yish uchun teri atrofiga kelishi paytida, qichishishi; Teri qichishishi natijasida qo‘l bilan qichish va u natijasida yaralar paydo bo‘lishi;
Qiz bolalarda jinsiy a’zolarida yallig‘lanish jarayonlari kuzatilishi;
Ostritsaning oshqozon-ichaklarga tushushi, organizmning parazit bilan zararlanish deganidir. Ostritsa tuxmlari tashqi muhitga ifloslangan najas bilan tushadi. Tuxumlarning tashqi qobig‘i noqulay muhitga chidamli va hajmi juda kichik. Bola atrof muhitni o‘rganish, jismlarning ta’mi va tarkibini bilish maqsadida qo‘llari bilan har narsani ushlab ko‘radi hamda ularni o‘gziga olib boradi. Shu yo‘l bilan ostritsaning tuxumlari o‘zining “bo‘lajak kichik xo‘jayini“ organizmiga tushadi. Bola organizmi kurashish
qobiliyati past bo‘lganligi sababli parazit bemalol ko‘paya oladi. Gijjalar bilan yuvilmagan mevalar va ifloslangan suv orqali zararlanishi ham mumkin. Ko‘pincha zararlanish bolalarning hayvonlar bilan muloqotida, ular axlati tushgan tuproq va qumlarda o‘ynaganda ham kuzatilishi mumkin. Bolalar ko‘chada o‘ynab kelganidan so‘ng qo‘llarini yuvishmaydi, parazitlar bu vaqtda organizmga tushadi. Shuning uchun barcha bolalar yashash sharoiti va tarbiya muhitidan qat’iy ravishda birday zararlanishi mumkin.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  2. Azimov D. A., Trematodi — paraziti jivotnix i cheloveka, T., 1986; Matchanov N. M., Azimov J. A., Gehtin V. I., Odam va hayvonlarning koʻrinmas yovlari, T., 1977; Parmonov M., Sayidqulov B., Parmonov J., Epizootologiya, T., 1996



Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin