Geografiya



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#193712
  1   2   3   4
Dunyo mamlakalari tripologiyasi


MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI
GEOGRAFIYAYO`NALISHI
Geoekologiya va landshaft ekologiyasi” fanidan





Маvzu: Ispaniyaga iqtisodiy-geografik tavsif.


Bajardi: ________________
Qabul qildi:________________
Toshkent 2023
REJA:

1.Dunyo mamlakatlari tipologiyasi


2.Dunyo mamlakatlari asosiy tiplarining qisqacha ta’rifi
3.Dunyo mamlakatlari umumiy xususiyatlari


XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar.

K I R I S H
Dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi shakllanishining qadimgi, o‘rta asr, yangi va eng yangi davrlarini ajratish mumkin. Hozirgi dunyo siyosiy va iqtisodiy xaritasi ming yillar davom etgan insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Unda sodir bo‘layotgan miqdoriy o‘zgarishlari o‘z o‘rnini tobora ko‘proq sifat o‘zgarishlariga bo‘shatib berayotir va bular hozirgi davrning mohiyatini belgilab berayotir. Xamkorlik, hududiy muammolarni, tinch yo‘l bilan hal etish uchinchi ming yillikdagi eng asosiy maqbul yo‘ldir.Hozirgi dunyoning ko‘p sonli mamlakatlarining o‘ziga xos va o‘xshash xususiyatlarini aniqlash uchun mamlakatlar tipologiyasidan foydalanish lozim.
1. Dunyo mamlakatlarining tipologiyasi
Dunyoning hozirgi siyosiy xaritasida 230 ga yaqin mamlakat va hududlar bor. Ularning 190 tasi BMTga a’zo va suveren davlatlardir, qolganlari asosan o’zini-o’zi boshqarmaydigan hududlar hisoblanadi. Ular o’rtasidagi farqlar g’oyat katta va xilma-xildir. Masalan, siyosiy xaritada, bir tomondan aholisi juda ko’p, hududi esa g’oyat katta mamlakatlar (Xitoy, Hindiston, Rossiya, AQSh), boshqa tomondan juda kichkina "mitti" mamlakatlar (Monako, Andorra, Vatikan, Lixtenshteyn)mavjud. Dunyoda bir millatli (Yaponiya, Shvetsiya va boshqalar) va ko’p millatli (Hindiston, Rossiya, AQSh), tabiiy resurslari g’oyat boy va resurslari kam, dengiz bo’yida va materik ichkarisida (Chad, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Mongoliya, Paragvay, Nepal, Butan) joylashgan mamlakatlar ham bor. Ba’zi mamlakatlar butun materikni (Avstraliya) boshqalari esa kichik bir oro’lni yoki oro’llar guruhini egallaydi. Mamlakatlarning geografik o’rni ularning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omildir. Dunyoning har bir mamlakati o’ziga xos takrorlanmas xususiyatga ega, lekin ularning o’xshashlik hamda farqlarini aniqlab, mamlakatlarni turli tiplarga ajratish mumkin. Tipologiya ham turli belgilar va me’zonlarga, ko’zlangan maqsadlarga ko’ra turlicha bo’ladi.
Bu tipdagi mamlakatlarning mavjudligi ularning rivojlanish sharoiti, sur’ati, boshqaruv usullarining har xilligi bilan belgilanadi. Lekin mamlakatlar tipini bir yoki bir necha muhim me’zonlarga asoslanib aniqlab bo’lmaydi. Birinchi bosqichda katta hajmdagi statistik ma’lumotlar tahlil qilinib, so’ngra ular guruhlarga ajratiladi. Tipologiyaning o’zi ham har xil bo’ladi. Ularda malakatlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilovchi ko’plab ko’rsatkichlar, shuningdek tarixiy, siyosiy jihatlar (Masalan, demokratiyaning rivojlanish darajasi va boshqalar) hisobga olinadi.
Kapitalizmning rivojlanishi aholining daromad darajasiga asoslangan ko’plab tipologiyalar mavjud. Davlatlarning geografik o’rni tashkil topish vaqtiga, etnik va diniy tarkibiga ko’ra ham guruhlash mumkin. Uzoq vaqt davlatlarning kapitalistik (bozor iqtisodiyoti bilan) yoki sotsialistik (rejali iqtisodiyot bilan) ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga mansubligiga asoslangan tipologiya xukmron bo’lib keldi. Shuningdek, rivojlanayotgan ya’ni "uchinchi dunyo" mamlakatlari – sobiq mustamlaka va qaram davlatlar ham mavjud edi. Sotsialistik tuzumning barbod bo’lishiga mutanosib ravishda mazkur tipologiya ham o’z ahamiyatini yo’qotdi (lekin, sotsialistik mamlakatlar hozirda ham mavjud). Tipologiya o’zining ilmiy qiymatidan tashqari, katta amaliy ahamiyatga ham ega. Masalan, shunday tipologiyalar asosida BMT dunyo mamlakatlarining uzoq kelajak rivojlanish yo’nalishlari dasturini ishlab chiqadi, moliyaviy hamda gumanitar yordam berish uchun eng kam rivojlangan mamlakatlar guruhini aniqlaydi. Bunday mamlakatlar quyidagi uchta asosiy mezonga asoslanadi:

  1. Aholi jon boshiga juda kam daromad to’g’ri kelishi;

  2. Xo’jalik strukturasida ishlab beruvchi sanoat salmog’ining 10%dan kam bo’lishi;

  3. Voyaga yetgan (katta yoshdagi) aholi o’rtasidagi savodsizlik darajasi 80%dan yuqoriligi. 1990-yillarda bu guruhdagi ro’yhatga 40 mamlakat kiritildi (Afg’oniston, Gaiti, Gvineya, Bangladesh, Laos, Nepal, Butan, Mali, Mozambik, Somali, Burundi, Chad, Efiopiya va yuoshqalar).

Rivojlanayotgan mamlakatlarning boshqa qutbida boshqa guruh va hududlar – "yangi industrial mamlakatlar" (YaIM) ajralib turadi. Bular qatoriga Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan, Braziliya, Meksika, Argentina kiradi. So’nggi yillarda ular qatoriga yana Tailand, Malayziya, Indoneziya, Filippin kabi davlatlar ham qo’shiladi. Bu mamlakatlarning iqtisodiyoti industrializatsiyaning yuqori sur’atlari, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi. Hududning kattaligi bo’yicha dunyoda maydoni 3 mln.kv.km. dan ortiq bo’lgan 7 davlat bo’lib, ular hissasiga yer yuzi quruqligining 1/2 qismi to’g’ri keladi. Ular quyidagilar(mln.kv.km.):



  1. Rossiya Federatsiyasi-17,1;

  2. Kanada-10;

  3. Xitoy-9,6;



AQSh-9,4;



  1. Braziliya-8,6;

  2. Avstraliya-7,7;

  3. Hindiston-3,3;

Bulardan tashqari birinchi o’nlikka Argentina (2,8 mln.kv.km), Qozog’iston (2,7 mln.kv.km.), Sudan (2,5 mln.kv.km.) kabi davlatlar ham kiradi.


Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin