Glossariy (Аntekologiyada qo’llaniladigan asosiy atamalar izoxi) Abiotik omil



Yüklə 145,02 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.10.2023
ölçüsü145,02 Kb.
#159162
portal.guldu.uz-ANTEKOLOGIYA



GLOSSARIY 
 (Аntekologiyada qo’llaniladigan asosiy atamalar izoxi) 
 
Abiotik omil – 
jonsiz tabiat omillari. 
Avtogamiya – 
o’simlik gulining o’z-o’zidan changlanish jarayoni. 
Adaptatsiya – 
organizmlarning tashqi muhit ta’siriga moslashuvi. 
Anemofiliya – 
o’simlik gulining shamol yordamida changlanishi. 
Aktinomorf gul – 
to’g’ri gul. 
Allogamiya – 
o’simlik gulining chetdan changlanishi. 
Androtsey – 
guldagi changchilar to’plami. 
Antekologiya –
o’simlikning gullashi va changlanish jarayoni

ekologiyasini o’rganavchi fan. 


Antropogen omil – 
inson faoliyati bilan bog’liq omillar. 
Apoxlamid gul – 
qo’rg’onsiz gul. 
Apokarp genetsey –
urug’chi bitta mevabargchadan hosil bo’lgan. 
Assimetrik gul – 
noto’g’ri gul. 
Biomorfa – 
o’simlikning tashqi ko’rinishi va holati. 
Biotik omil – 
jonli tabiat (o’simlik, hayvonot, mikroorganizmlar
dunyosi) omillari.

Biotsenoz – 
bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar jamoasi. 
Galofit – 
sho’r erda o’suvchi o’simliklar. 
Gidrofiliya – 
suv yordamida changlanish. 
Gidrofit – 
suv ichida o’sadigan o’simliklar. 
Geleofit – 
yorug’sevar o’simliklar.

Generativ organ – 
o’simlikning ko’payishida ishtirok etuvchi organlar
(gul, meva, urug’). 
Geteroxlomid gul – 
qo’sh gulqo’rg’onli gul. 
Geterokarpiya – 
o’simlikda har xil kattalik va shakldagi mevalarni
hosil bo’lishi. 
Gimikriptofit – 
qishlovchi kurtaklari er yuzasida joylashgan ko’p yillik o’tlar. 
Ginetsey – 
guldagi urug’chilar to’plami. 
Gomoxlomid gul – 
oddiy gulqo’rg’onli gul. 
Gul – 
shakli o’zgargan va qisqargan novda. 
Gullash – 
gulli o’simliklar ontogenezining alohida davri.
 
Gulkosa – 
guldagi kosachabarglar to’plami. 
Gultoj – 
guldagi gultojibarglar to’plami. 
Zigomorf gul – 
qiyshiq gul. 
Introduktsiya – 
iqlimlashtirish (madaniylashtirish). 
Kriofil o’simliklar – 
past harorat mavjud sharoitda yashovchi
o’simliklar. 
Kserofit – 
qurg’oqchil sharoitda o’sishga moslashgan o’simliklar. 


Mezofit – 
o’rtacha namlik sharoitda o’suvchi o’simliklar.

Monoxlamid – 
faqat kosachabarglardan iborat gulqo’rg’onga ega gullar. 
Monokarp – 
hayotida bir marta gullab, meva beruvchi o’simliklar. 
Muhit omillari – 
organizmni o’rab turgan shart-sharoitlar va
ta’sirlar majmui. 
Nektar – 
gulda ajraluvchi suyuqlik. 
Nektardon – 
nektar ajratuvchi gulning qismi. 
Ornitofiliya – 
gulning qushlar yordamida changlanishi. 
Polikarp – 
hayotida ko’p marta gullab, meva hosil qiluvchi o’simliklar. 
Plantseta – 
urug’kurtakning tuguncha devoriga birikkan joyi. 
Sukulent – 
tanasi, poyasi va bargida suvni zahira holda saqlovchi
o’simliklar. 
Skelerofit – 
poyasi dag’al, barglari reduktsiyalashgan o’simliklar. 
Stsiofit – 
soyasevar o’simliklar. 
Teka – 
chang xaltalari. 
Termofil o’simlik – 
issiqsevar o’simliklar. 
Tripping – 
gulni ochilish jarayoni. 
Fanerofit – 
qishlovchi kurtaklari tuproq yuzasidan 30 sm dan yuqorida
joylashadigan buta va daraxt o’simliklar. 
Xamefit – 
qishlovchi kurtaklari tuproq yuzasidan 20-30 sm da
joylashadigan chala butalar. 
Xrepterofiliya – 
gulning ko’rshapalaklar yordamida changlanishi. 
Senokarp ginetsey – 
urug’chining tuzilishida 2 va undan oshiq
mevabargchalar ishtirok etadi.
Ekologiya – 
organizmlarning bir–biri va tashqi muhit sharoiti bilan
o’zaro munosabat qonuniyatlarini o’rganadigan fan. 
Ekologik omil – 
tashqi muhit omillari.
 

Yüklə 145,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin