Glossariy. Neft konlari - Yer poʻstida maʼlum tektonik strukturada joylashgan va uni chiqarib olish iqtisodiy ji-hatdan foydali hisoblangan neft uyumlari. Neft konlari antiklinal burmalarda va tektonik uzilgan monostrukturali tabiiy tutqichlarda joylashgan.
Gaz konlari — Yer poʻstining maʼlum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazlar alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neft-gaz konlari) uchraydi.
Gaz-neftli platforma- (qubbasimon doʻnglik, platforma ichki choʻkmalari va b.), Geosinklinal -(togʻlararo vodiylar, oʻrtaliq massiv-lari), oʻtish (togʻ etagi botigʻi) tur-lariga boʻlinadi.
Tabiiy gazlar – uglevodorodlar va uglevodorod bo‘lmagan birikmalardan tashkil topgan aralashmadir. Ular qatlamlarda gaz xolda yoki neft va suvda erigan xolda uchraydi.
Kondensatlar – tabiiy xolatda qatlamda suyuq bo‘lgan eng engil uglevodorodlardir.
Sof gaz - konlaridan chiqadigan gazlar tarkibining 90-98% ini metan tashkil qiladi