G`oya va mafkura tushunchalarining mohiyati



Yüklə 484 Kb.
tarix16.09.2023
ölçüsü484 Kb.
#144136
3 slayt

Etnopedagogik g’oyalar mazmuni o’ziga xos xususiyatlari ,vosita va faktorlarini tarixiy ildizlari

Reja

  • 1. G’oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati.
  • 2. Milliy istiqlol mafkurasining tiklanishi.

G’oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati.

  • Ezgu, bunyodkor g’oya va mafkura barcha insonlarning hayoti mazmunini, orzu istaklarini ifodalaydi. Xar bir inson, jamiyat o’z oldiga muayyan bir maqsad qo’yadi va unga erishish uchun harakat qiladi. Inson maqsadlari jamiyat manfaatlariga mos kelishi, taraqqiyot yo’li va istiqbolini belgilab beradigan muayyan ezgu g’oya va mafkurasida aks etishi o’ta muhimdir. O’z mustaqil fikri va sobit imon-e’tiqodga ega emaslik esa ertangi kuniga ishonchsiz odamlarning paydo bo’lishiga olib keladi.

O’z e’tiqodiga ega bo’lmagan, kelajagini yorqin tasavvur qilib, muayyan ezgu maqsad sari faol harakat qilmaydigan insonlar yashaydigan jamiyatda o’zaro ishonch, osoyishtalik va barqarorlikka turli tahdidlar bo’lishi tabiiy. Turli nosoglom kuchlar o’z manfaatlarini ko’zlab begona va yovuz g’oyalarni bu yerda yashaydigan odamlar hayotiga, turmushiga, ongi va qalbiga turli yo’llar bilan singdirishga, odamlarga ma’naviyruhiy ta’sir o’tkazishga harakat qiladi.

  • O’z e’tiqodiga ega bo’lmagan, kelajagini yorqin tasavvur qilib, muayyan ezgu maqsad sari faol harakat qilmaydigan insonlar yashaydigan jamiyatda o’zaro ishonch, osoyishtalik va barqarorlikka turli tahdidlar bo’lishi tabiiy. Turli nosoglom kuchlar o’z manfaatlarini ko’zlab begona va yovuz g’oyalarni bu yerda yashaydigan odamlar hayotiga, turmushiga, ongi va qalbiga turli yo’llar bilan singdirishga, odamlarga ma’naviyruhiy ta’sir o’tkazishga harakat qiladi.

G’oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?

  • Inson o’zining ongi, aqlzakovati, iymone’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.
  • Inson tafakkuri voqyelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g’oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak birinchidan. roya inson tafakkurining mahsulidir.

Ikkinchidan. g’oya oldin mavjud bo’lmagan, o’zida yangalikni tashuvchi fikrdir.

  • Ikkinchidan. g’oya oldin mavjud bo’lmagan, o’zida yangalikni tashuvchi fikrdir.
  • Uchinchidan, oldin g’oya paydo bo’ladi, undan keyin g’oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo’ladi.
  • Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g’oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko’proq Garb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. «Ideya» iborasi yunon tilidagi «idyea» so’zidan olingan, «ideologiya» so’zi uchun o’zak bo’lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr ma’nosini anglatadi.

Ideologiya (idyea-g’oya. Tushuncha, iogos — ta’limot) atamasi esa g’oyalar to’grisidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:

  • Ideologiya (idyea-g’oya. Tushuncha, iogos — ta’limot) atamasi esa g’oyalar to’grisidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:
  • — g’oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to’g’risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha hisoblanadi;
  • — muayyan g’oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

Soglom va nosoglom, ezgu hamda yovuz, bunyodkor yoki buzgunchi g’oyalar

  • G’oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda paydo bo’lsada, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. Ularning ishonchi va e’tiqodiga aylanib, e’tirof etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G’oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiyaqliy kuchga aylanadi. Ularni muayyan maqsadga yo’naltiradi, safarbar etadi. Ularni jipslashtiradi, hamjihat va hamkorlikka undaydi.

Milliy istiqlol mafkurasining tiklanishi.

  • «G’oya» va «mafkura» tushunchalari birbiriga yaqin bo’lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak. Nima sababdan?
  • Birinchidan, mafkura g’oyaga nisabatan mazmunan kengroq tushunchadir.
  • Ikkinchidan, har qanday mafkurada ijtimoiy voqyelikni saqlab qolish yoki o’zgartirishga qaratilganlik ya’ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy tarkibda mavjud bo’lishshsh va mafkuraning o’zagini tashkil etishini ta’kidlash, joiz.
  • Uchinchidan, har qanday ijtimoiy g’oya faqat ma’lum bir mafkuraviy qarashlar doirasidagina o’zining uyushtiruvchilik va yo’naltiruvchilik salohiyatini, jozibadorlik kuchini namoyon qila olishi mumkin.

Prezident Islom Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniqravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir G’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman». Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni — xalq, millatni — millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniqravshan charog’on etadigan mayoqdir.

  • Prezident Islom Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniqravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir G’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman». Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni — xalq, millatni — millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniqravshan charog’on etadigan mayoqdir.

Yüklə 484 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin