Guruh kursanti azamatov javohirning harbiy topagirafiya fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 7,71 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,71 Kb.
#199616
Azamatov Javohir TOPAGRAFIYA 4


22.125-GURUH KURSANTI
AZAMATOV JAVOHIRNING HARBIY TOPAGIRAFIYA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
4-MAVZU Xaritadan pozitsiya va kuzatuv punktlarining jihozlanish o‘rnini tanlash. Xaritadan harakat yo‘nalishi bo‘yicha joy relefini o‘rganish, ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha balandlik pastliklarni belgilash. Xaritadan pozitsiyani jihozlash joyi va kuzatish joyini tanlash

REJA 1 Topografik xaritalarda relg‘efning tasvirlanishi. 2 Yotiq chiziqlar turlari. Relg‘ef shakllarining shartli belgilari. 3 Xaritalarda joylardagi balandlik va o‘zaro yuqori nuqtalarni aniqlash


1 Topografik xaritalarda relg‘efning tasvirlanishi.
Relg‘ef topografik xaritalarda dengiz satxidan bir hil tepalikda bo‘lgan joydagi nuqtalarni bog‘lovchi tutashgan uzluksiz chiziqlar bilan tasvirlanadi. Bunday chiziqlar yotiq (gorizontalg‘) chiziq deb aytiladi. Relg‘efni yotiq chiziqlar bilan tasvirlanishida, mutloq balandliklar, joylardagi nuqtalar, ayrim chiziqlar shuningdek relg‘ef shakllari o‘ziga xos qo‘shimcha yozuvlar bilan belgilanadi. (balandligi, chuqurligi, kengligi)

Dengiz satxidan baland bo‘lgan (metrda) joyning nuqtasi mutloq balandlik deb aytiladi.


Xaritalardagi balandliklar hisobining boshlanishi Boltiq dengizi satxidan olingan. ( Sankt – Piterburg shaxridagi Kronshtadt suv o‘lchovi nolg‘ ko‘rsatkichi) Xaritalardagi ko‘rsatilgan joylarning dengiz satxidan baland nuqtalari belgilar (otmetki) deb aytiladi. Masalan, yuqoridagi balandliklardan biri 231,0 belgisiga ega. Joylardagi bir nuqtaning ikkinchisiga nisbatan balandligi nisbiy balandlik deyiladi. U mutloq balandlik nuqtalarining farqi qilib olinishi mumkin.
2 Yotiq chiziqlar turlari. Relg‘ef shakllarining shartli belgilari.
Quyidagi misolda topografik xaritalarda relg‘efni yotiq chiziqlar bilan tasvirlash mohiyatini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik tog‘ning nusxasi uchta yondosh yotiq yassi tekisliklar bilan kesishgan 1,2,3.
Xamma yassiliklar bir – biridan bo‘ylama kesim deb nomlanuvchi bir hil masofada joylashgan. Ayni xolatda bo‘ylama kesim 10sm ga teng. Xar bir yassilik, tekislik yuzasidan o‘ziga tegishli balandlikda bo‘ladi: N1= 0sm, N2 =10sm, N3 =20sm. Nusxani tepasi yassi tekislik bilan kesishgan bir hil balandlikda joylashgan nusxa nuqtalarini bog‘lovchi tutashganegri chiziqni tashkil qiladi. YAssi tekislikda joylashgan egri chiziq 1, balandligi 0 (nolg‘) ga teng bo‘lgan nuqtalarni bog‘lovchi chiziqdir, 10sm balandligidagi nusxa nuqtalarini bog‘lovchi 2, yassi tekislik yuzini kesishi natijasida olingan egri chiziq, yassi tekislik yuzidagi kesishma izi, shu egri chiziqda joylashgan nusxa tepasidagi xamma nuqtalarni balandligi 20sm ga teng
Xamma yassiliklar bir – biridan bo‘ylama kesim deb nomlanuvchi bir hil masofada joylashgan. Ayni xolatda bo‘ylama kesim 10sm ga teng. Xar bir yassilik, tekislik yuzasidan o‘ziga tegishli balandlikda bo‘ladi: N1= 0sm, N2 =10sm, N3 =20sm. Nusxani tepasi yassi tekislik bilan kesishgan bir hil balandlikda joylashgan nusxa nuqtalarini bog‘lovchi tutashganegri chiziqni tashkil qiladi. YAssi tekislikda joylashgan egri chiziq 1, balandligi 0 (nolg‘) ga teng bo‘lgan nuqtalarni bog‘lovchi chiziqdir, 10sm balandligidagi nusxa nuqtalarini bog‘lovchi 2, yassi tekislik yuzini kesishi natijasida olingan egri chiziq, yassi tekislik yuzidagi kesishma izi, shu egri chiziqda joylashgan nusxa tepasidagi xamma nuqtalarni balandligi 20sm ga teng
3 Xaritalarda joylardagi balandlik va o‘zaro yuqori nuqtalarni aniqlash
Joylardagi nuqtalarni dengiz satxidan balandligini, xaritada yotiq chiziqlarning balandlik ko‘rsatkichi va xaritaga kiritilgan relg‘ef kesishmasini balandligi yordamida aniqlanadi. Agar, nuqta yotiq chiziqda joylashgan bo‘lsa, uning mutloq balandligi shu yotiq chiziqning belgi ko‘rsatkichiga teng. Masalan quyidagi rasmda belgisi 200m bo‘lgan yotiq chiziq saroy orqali o‘tgan. Demak, saroy 200m balandlikda joylashgan.
Yotiqli chiziq belgi yozuviga ega bo‘lmagan xollarda, uning ko‘rsatkichi boshqa yotiq chiziqlarning belgilaridan yoki joylardagi balandlik nuqtalaridan aniqlanadi. Aytaylik, joydagi alohida turgan toshning balandlik nuqtasini aniqlash kerak. Aloxida turgan toshning shartli belgisi, ko‘rsatkichi bo‘lmagan yotiq chiziqda joylashgan. Yotiq chiziqdagi chiziqchalar (qiyalik ko‘rsatkichi) qiyalikni irmoq tomon pasayishini ko‘rsatmoqda. Aloxida tosh turgan yotiq chiziqning chap tomonida 200 ko‘rsatkichli qalin yotiq chiziq joylashgan. Kesishma balandligi 10m ga teng. Demak, alohida turgan toshning shartli belgisidan o‘tgan yotiq chiziq 190 ko‘rsatkichiga ega, bu ko‘rsatkich nuqtaning balandligi hisoblanadi.
Agarda nuqta yotiq chiziqlar oralig‘ida bo‘lsa, unda uning mutloq balandligi shu yotiq chiziqlardan birining balandlik ko‘rsatgichi yordamida aniqlanadi. Buning uchun yotiq chiziqni balandlik ko‘rsatkichi qiymatiga, nuqtani shu yotiq chiziqdan uzoqlashgan oraliq qismi (nuqtani yotiq chiziqqa nisbatan joylashuviga qarab) qo‘shiladi yoki ayiriladi. Joydagi nuqtalarning o‘zaro balandligi ularning mutloq balandligi farqi bilan aniqlanad
Masalan, 236,3 ko‘rsatkichli tepalik balandligi, ko‘rsatkichi 177,8 bo‘lgan CHuqurlik ko‘lidan; 236,3 – 177,8 = 58,5 metrga farq qiladi. Qiyalik cho‘qqilari balandligi va pastliklar chuqurligi nisbatini, ulardagi yotiq chiziqlarning orliq masofa soni bilan aniqlanadi. Qiyalikni nisbiy balandligini olish uchun, qiyalikning yotiq chiziqlari orasidagi masofa sonini hisoblab, uni kesishma balandligiga ko‘paytirish kerak. Masalan, 236.3 ko‘rsatkichli bo‘lgan janubiy – g‘arbdagi qiyalikda uchta asosiy chiziqlar oralig‘i, bitta asosiy va qo‘shimcha yotiq chiziqlar oralig‘i mavjud. Kesishma balandligi 10m bo‘lsa, qiyalikning nisbiy balandligi 3,5 x 10m= 35m bo‘ladi.

Etiboringiz uchun rahmat


Yüklə 7,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin