Guruh talabasi Sharifjanov Shukurjon Mavzu: Etikaning mohiyati va ahamiyati Reja



Yüklə 26,88 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü26,88 Kb.
#202744
Shukurjon


615_23-guruh talabasi Sharifjanov Shukurjon


Mavzu:Etikaning mohiyati va ahamiyati
Reja:



  1. Etika fanining predmeti va mohiyati.

  2. Axloq va uning vazifalari.

  3. Etikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi.

  4. Gedonizm va evdemonizm ta’limotlari.

  5. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlari.

  6. Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari.

  7. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni qanday?

  8. «Estetika» fanining falsafiy mohiyati va u haqidagi qarashlar.

  9. Estetikaning go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik va kulgililik kategoriyalari.

  10. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.



  1. Etikaning (etika) qadim zamonlarda paydo bO’lib, shakllanib va rivojlanib, bizning davrimizgacha O’z ahamiyatini saqlab kelayotgan eng qiziqarli va eng muxim insonshunoslik fanlaridan biridir. Etika fanining nomi ahloq sO’zidan kelib chiqqan bO’lib, bu tushuncha tO’g’risida adabiyotlardan hozircha yagona qarashlar yO’q. Ayrim adabiyotlarda Etika kishilarning har bir jamiyatga xos xulq normalari majmui deyilsa, boshqalarda esa Etika ijtimoiy ong shakllaridan biri sotsial tartib-qoida bO’lib, bu tartib-qoida istisnosiz hamma sohalarda kishilarning hatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi deyiladi. Buning boisi eng avvalo Etika sO’zining kO’p ma’noli va kO’p qirrali ekanligi bilan izohlanadi. Etika arabcha xulq sO’zining kO’pligidan va lotincha «mores» sO’zidan olinib, odob, atvor, fe’l degan ma’nolarni anglatadi. Xudi shuningdek rus tilida ishlatiladigan «morel» sO’zi «mocheya» sO’zidan olingan bO’lib, uham ahloq ma’nosini bildiradi, «moral» sO’zi rus tilida ishlatiladigan «nravstvennost» degan sO’zining sinonimii degan fikrlar ham mavjud. Etika kishilarning, xar bir kishining oilada, jamoada, jamoatchilik joylarida, umuman jamiyatda yurish-turishi, yashash qoidalari, fe’l-atvori, hatti-harakatlarining jamini ifodalaydi. Etika yunoncha «ethos» sO’zidan olingan bO’lib, odat, odob, rasm-rusum, fe’l (xarakter) ma’nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha birinchi marta mashhur YUnon faylasufi va mutafakkiri Arastu (Aristotel,e.o.384-322 yy) tomonidan Etikaning sinonimii sifatida ishlatilagan.Bu terminni keyinchalik qat’iy ma’noli tushuncha sifatida eramizdan oldingi IV asrda paydo bO’lgan va asoschisi Kitionlik Zenon (e.o.336-264 yy) stoiklar (grekcha stos-tO’planadigan joy, portik) ilmi muomalaga kiritganlar.

Etika tushunchasi hozirgi adabiyotlarda kishilar muomalasida asosan quyidagi uch ma’noda qO’llaniladi:
Birinchidan, kundalik hayot muomalasida etika oddiy tilda Etika, odob, xulq-atvor ma’nolarini anglatadi;
Ikkinchidan, ma’lum bir ijtimoiy guruhlar, kasb-xunar yoki ixtisosliklar, chunonchi dvoryanlar etikasi, savdogarlar etikasi, tadbirkorlar etikasi, O’qituvchilar etikasi, shifokorlar etikasi, rahbarlar etikasi vash u kabilarni bildiradi.
Uchinchidan, asosan va kO’pchilik holda kishilarning Etika-odobini, xulqini, fe’l-atvorini O’rganuvchi fanni etika, ya’ni Etika deb yuritiladi.
Xuddi shuningdek kundalikhayotda va adabiyotlarda Etika va etika tushunchalar bilan bir qatorda odob tushunchasi ham ishlatiladi.

2 Axloqiy ong,qarashlar,Axloqiy faoliyat, Axloqiy baholash,Axloqiy hissiyot,Axloqiy munosabatlar Axloqiy tarbiya vositasida yanada kengroq va chuqurrroq O’rganadi.Axloqiy ong kishilarning jamiyatdagi Axloqiy hatti-harakatlari, yurish-turishlari, yashash qoidalari, tamoyillari, shuningdek ularning O’zaro bir-birlariga hamda ijtimoiy guruhlarga, jamiyatga bO’lgan munosabatlarini ifodalovchi qarashlari tasavvurlari,nazariyalarining jamidir. Axloqiy qarashlar Axloqiy ong, Etika, odobning mazmuni, mohiyati, jamiyatdagi kishilar xayoti, faoliyati, taraqqiyotidagi O’rni, ahamiyati tO’g’risidagi qarashlar g’oyalarning tizimidir. Axloqiy ong va Axloqiy qarashlar Axloqiy faoliyat bilan uzviy bog’langan.Axloqiy faoliyat deb O’ziga xos Axloqiy motiv, sabab, intilish bilan, ya’ni yaxshilik qilish,burchga sodiq holda harakat qilish, muayyan Axloqiy ideallarni amalga oshirish maqsadida qilingan harakatlarga aytiladi. Kishilarning Axloqiy faoliyati jarayonida ular O’rtasida shakllanadigan, mavjud bO’ladigan aloqalar, bog’lanishlar,munosabatlarning tizimi Axloqiy munosabatlar deyiladi.(Batafsil qarang: Falsafadan va’z matnlari. Toshkent-1995, 236-237-betlar) Axloqiy faoliyatda Axloqiy hissiyotlar,Axloqiy baholashlar,Axloqiy ideallar,Axloqiy madaniyat kabilarning ahamiyati katta.Axloqiy hissiyot-insonning,shaxsning jamiyat va O’z atrofidagi kishilarga munosabatini ifodalaydigan kechinmalar turini anglatadi.Masalan,insonning va shaxsning O’z qadr-qimmati hissi, ijtimoiy burch hissi, vatanparvarlik, O’rtoqlik, jamoaviylik hissi va xakazo kabilar.Axloqiy baholash-sotsial voqelikning turli hodisalarini va kishilarning hatti-harakatlarini ular qanday Axloqiy ahamiyatga ega bO’lishiga qarab,ma’qullash yoki qoralashdir. Umumiy tarzda Axloqiy baholash yaxshilik va yomonlik tushunchalarida amalga oshiriladi. Axloqiy ideal (maqsad,orzu,istak) yuksak Etikani shaxs rivojining maqsadi bO’lgan mukammal Axloqiy munosabatlar tO’g’risidagi nazariy asoslangan rejalari, tasavvurlari, qarashlari jamini bildiradi.Axloqiy ideal-kishi yoki guruhning intilishi va hatti-harakatini belgilab beruvchi namuna, oliy maqsad, Biron-bir nimaning kamolidir. Kishilarning kundalik turmushidagi hatti-harakatini belgilab beruvchi Axloqiy qoidalardan farqli O’laroq Axloqiy ideal-kishilarning ma’naviy-Axloqiy tarbiyasi va O’zini-O’zi tarbiyalash oqibat maqsadini belgilab beradi,uning intilishi lozim bO’lgan oliy namunani yaratadi. Masalan, ma’rifatparvar Axloqiy ideali,umuminsoniy Axloqiy ideal,demokratik jamiyat Axloqiy ideal iva xakozo. Kishilarda Axloqiy ong,Axloqiy maqsadlar,Axloqiy munosabatlar Axloqiy tarbiya vositasi bilan amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiya Etikaning eng muxim tushunchalaridan biri bO’lib,unga quyidagi ta’rif-tavsif berish mumkin: Axloqiy tarbiya deb inson farzandiga tug’ilgandan to umrining oxirigacha insonga xos barcha ijobiy Axloqiy fazilatlarni singdirib, uni barkamol inson qilishga aytiladi. Axloqiy tarbiya odatda kO’pincha kishilarni ilm, bilim berishdan boshlanishi vash u jarayonda yonma-yon (parallel) va birgalikda amalga oshirilishi sababli ta’lim-tarbiya degan atama kO’proq ishlatiladi. Etikaning ijtimoiyligini tushunishda Axloqiy madaniyatning ahamiyati katta. Axloqiy madaniyat-Etika, Axloqiy ong yordamida shakllanadi. Ularni bir-biridan ajratish noO’rindir. Axloqiy ong - qarashlar, g’oyalar va hissiyotlar yig’indisi va ularning inson ongida aks etishi bO’lsa, Axloqiy madaniyat anna shu aks etilgan narsalar inson xarakteriga, tabiatiga singib, amaliy faoliyatda nimoyon bO’lishidir. Axloqiy madaniyatda Axloqiylikning nazariy jihatlari O’z aksini topadi vash u bilan bir qatorda, u anglangan Axloqiy faoliyat bilan uzviy bog’lanib ketadi. Axloqiy madaniyat tarixiy tarkib topgan Axloqiy norma va qoidalarni davr nuqtai nazaridan qayta kO’rib chiqilib, aniq shart-sharoitlar asosida rivojlantirishda ifodalaydi. SHu jihatdan Axloqiy madaniyat Axloqiy qadriyatdan farq qiladi. Ayni vaqtda Etika Axloqiy qadriyatga suyanadi va Axloqiy madaniyatga manba bO’lib xizmat qiladi. Axloqiy madaniyat mustaqil falsafiy kategoriya bO’lib, Etika, Axloqiy ong kabi tushunchalar bilan uzviy bog’liq va bir butunlikni tashkil qiladi, Axloqiy nazariyani amaliyot bilan bog’laydi, kishilardagi Axloqiy qarashlar, g’oyalar, ichki-kechinma va hissiyotlarning qay darajada anglanganlangini bildiradi hamda bu insonning Axloqiy etukligini kO’rsatib, ma’naviy extiyojiga aylanganligini kO’rsatadi. Bevosita anna shundan Axloqiy madaniyatning mohiyati va rivojlanish xususiyati kelib chiqadi. Bu tushunchalarning hammasi Etikaning ijtimoiyligining mohiyatini va xususiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Etika Etikani tarixiy xodisa deb O’rganadi va O’rgatadi. CHunki Etika birdaniga paydo bO’lmagan u qadim (ibtidoiy) davrlardayoq vujudga kelib, bir qancha tarixiy bosqichlarni O’tib, O’zgarib, almashinib, rivojlanib, taraqqiy qilib, xozirgi davrda ham yanada takomillashib bormoqda. Etika tarixiy O’zgarishining ijtimoiy va ma’naviy manbalari bO’lib kishilarning shaxsiy va umumiy manfaatlari, orzu-istaklari, mehnat, sotsial muxit, jamoatchilik fikri, ilm-ma’rifat, din hisoblanadi. Insonlar va jamiyat hayotida Etikaning, uning tamoyillari, tushunchalari va qoidalarining tarixan O’zgarib, almashinib, rivojlanib, taraqqiy etib borish jarayonini Etika (etika) da Axloqiy progress (taraqqiyot) deyiladi. Bu jarayonda Axloqiy tizimlar va ta’limotlar birdaniga O’zgarib, yO’qolib ketmaydi. Insoniyat Xamisha O’tgan avlodlar Etikaidagi ijobiy jixatlarni saqlab, mustahkamlab rivojlantiradi, ya’ni doimo merosdan foydalaniladi. Axloqiy meros deb qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan Axloqiy boyliklar Axloqiy O’gitlar, pant-nasixatlar, g’oyalar, ta’limotlar, oilalar, tamoyillar jamini tushunamiz. Etika ayni vaqtda zamonaviy xodisadir, chunki Etika boshqa ijtimoiy – ma’naviy xodisalar singari jamiyatdagi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy, fan-texnika, san’at madaniyat kasbi sohalardagi yutuqlarni O’zida aks ettiradi. Karimov I.A. ta’kidlaganidek: «Kattalarni hurmatqilish, oila va farzandlar tO’g’risida g’amxO’rlik qilish, ochiq kO’ngillik, millatidan qatiy nazar odamlarga xayrixohlik Bilan munosabatda bO’lish, O’zgalar kulfatiga xamdard bO’lish va O’zaro yordam tuyg’usi kishilar O’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, O’z Vataniga mexr-muhabbat mexnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat ehtirom O’zbekiston axolisiga xos fazilatlardir». (Karimov I.A. O’zbekistonning O’z istiqlol va taraqqiyot yO’li. Toshkent – 1992, O’zbekiston, 11 bet) Ta’kitlanganlarning hammasi Etika ham O’ziga xos ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligini va u alohida, ba’zi kishilarga emas, balki jamiyatdagi barcha kishilarga xos bO’lib ularning ijtimoiy hayotdagi xatti _arakatlari, yurish-turishlari, O’zaro bir-biriga hamda ijtimoiy birlashmalarga bO’lgan munosabatlarni ifodalaydi hamda tartibga solib, insonlar hayotida tarbiyalovchi omil sifatida muhim ahamiyatga ega. Etika fan sifatida O’zining maqsadlari vazifalariga ega. Etikaning asosiy maqsadi yuksak Axloqiy fazilatli, Axloqiy kamolotni O’zida mujassamlashtirgan etuk insonlarni voyaga etkazish va tarbiyalashga xizmat qilishdan iborat. Bunga Etika O’z vazifalari bilan munosib xissa qO’shadi. Etikaning muxim vazifalaridan bilish, bilishlik bO’lib, uning maqsadi Etikaning mohiyati, xususiyatlari jamiyat hayotidagi O’rni va axamiyatini chuqur va xar taraflama asoslab beradi. Bu fan asoslarini bilmagan kishi barkamol bO’la olmaydi.


  1. Axloq inson ma’naviyatining eng qadimiy elementlaridan biridir. Axloq, axloqiy normalarning paydo bO’lishi, asta-sekin shakllanib, taraqqiy qilishi insonda insoniylikning shakllanishi uchun zamin yaratdi. Alohida olingan kishi faoliyatini, jamoa, jamiyat manfaatlarini tan olishga, unga bO’ysundirishga bO’lgan ijtimoiy ehtiyoj tufayli vujudga kelgan axloq ijtimoiy munosabatlarda nisbiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qildi. Hozirda ham mavjud axloqiy normalarning O’zlashtirilishi inson ijtimoiylashuvining muhim belgisi hisoblanadi.

Axloqiy madaniyat ma’naviy madaniyatning boshqa shakllari kabi murakkab tuzilishga ega. U O’z ichiga axloqiy qoidalar, tamoyillar, qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni, ya’ni axloqiy ongni, ularni rO’yobga chiqarish, singdirish, himoya qilish bilan bog’liq faoliyat va munosabatlarni qamrab oladi. Codda qilib aytganda, axloqiy madaniyat deganda, mavjud axloqiy me’yorlarni O’zlashtirish va rioya qilish darajasi tushuniladi.
Axloqiy faoliyat axloqiy bilimlarni egallash, rioya etish, himoya qilish, singdirish kabi jarayonlarni qamrab oladi. Axloqiy faoliyatda axloqiy ong namoyon bO’ladi.
SO’z va xatti-harakatlar birligida axloqiy madaniyat O’zini yorqin namoyon qiladi. Inson sO’zda bir narsani qayd etib, amaliyotda O’zi unga rioya qilmasligi, xushmuomalalik, tavoze ortida g’arazli manfaatlar yotishidek holatlar axloqiy madaniyatda mazmun va shakl birligi, ular O’rtasidagi uyg’unlik alohida ahamiyat kasb etishini kO’rsatadi.
Axloqiy munosabatlar axloqiy faoliyat jarayonida kishilar O’rtasida tarkib topadigan O’zaro bog’liqlik va aloqadorlikni ifodalaydi. Bunda, insonning jamiyatga, boshqa kishilarga va O’z-O’ziga munosabati uning axloqining indikatori sifatida chiqadi.
Axloqiy madaniyat me’yoriylikning kuchliligi bilan ajralib turishini va shu ma’noda huquqqa yaqin turishini alohida qayd etish lozim. SHunday bO’lsa-da, ularning orasida jiddiy farq ham mavjud. Xususan, huquqiy tartibga solishning chegarasi, axloqiy tartibga solish doirasidan torroq ekanini ta’kidlash zarur. CHunki axloq huquqdan farqli ravishda ijtimoiy munosabatlarning O’ziga xos sohalariga ham kirib bora oladi.
Ayni paytda, huquq bO’ysunishga, ma’lum darajada zO’rlikka asoslangani uchun maxsus apparat - davlat kuchiga, axloq esa odatda ichki e’tiqodga, ijtimoiy fikrga tayanadi.
Huquqiy normalar ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turish ehtiyojidan kelib chiqqan holda O’zgarib, takomillashib boradi. SHu ma’noda u O’zgaruvchan bO’lsa, axloq nisbatan konservativ bO’lib, sekin O’zgarishini alohida qayd etish lozim.
Huquqiy normalar maqsadga muvofiq, ongli tarzda yaratilgani isbot talab qilmaydigan haqiqat hisoblanadi. Axloqiy qoidalarni esa dekret bilan joriy qilib ham, yO’q qilib ham bO’lmaydi. Bu axloqiy normalar, qoidalar hayotiy jarayonlarni umumlashtirish asosida, stixiyali tarzda shakllanishini kO’rsatadi.
Huquq bilan axloq O’rtasida qayd etilgan farqli jihatlar bilan bir qatorda muayyan O’xshashliklar ham mavjud. Bu ayrim xatti-harakatlarning ham huquq, ham axloq tomonidan birday qoralanishida ayniqsa yaqqol kO’rinadi.
Jamiyatning axloqiy madaniyati ustuvor axloqiy qarashlar, faoliyat va munosabatlar tizimining yaxlit ifodasi, shaxs axloqiy madaniyati ana shu tizimning individuallashgan shakli sifatida namoyon bO’ladi. Jamiyat axloqiy madaniyatining shaxslar, individlar axloqiy madaniyati orqali mavjudligi ularning O’zaro bir-birini taqozo etishini kO’rsatadi.
SHaxs axloqiy madaniyatining shakllanishida kasb-kori, u yashayotgan milliy-madaniy va diniy muhit, turmush tarzi, tortilgan munosabatlarning xarakteri ham muhim rol O’ynaydi. Ular, ayni paytda, shaxs axloqiy madaniyati namoyon bO’ladigan O’ziga xos maydon ham hisoblanadi.
SHaxs axloqiy madaniyati shakllanishida tizimli va aniq maqsadga yO’naltirilgan tarbiyaning O’rni va ahamiyati beqiyosdir. Bunda har bir insonga individul tarzda yondashish hamda axloqiy madaniyatni kamol toptirishning muhim yO’nalishi hisoblangan O’z-O’zini tarbiyalashga alohida e’tibor talab qilinadi. Zero, O’ziga talabchan bO’lish, qarashlari va faoliyatini tanqidiy kO’z bilan qarash kabi unsurlarni O’z ichiga oladigan O’z-O’zini tarbiyalash mavjud axloqiy normalarni shaxsiy e’tiqodga aylantirishning muhim omili hisoblanadi.
Axloq hamisha konkret-tarixiy mazmunga ega bO’ladi. Bu sohibi –sub’ektiga kO’ra farqlanuvchi shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat axloqiy madaniyatiga ham birdek daxldordir. SHu ma’noda, har bir davrning O’z axloqi bor, deyish mumkin. Zero, O’zgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlar unga mos bO’lgan axloq normalarini talab qiladi. SHuning uchun ham, bir axloqiy qadriyatlar tizimida tabiiy hisoblangan hodisalar boshqa bir axloqiy munosabatlar doirasida noO’rin, g’ayritabiiy hisoblanishi, hattoki, yovvoyilik, deb baholanishi ham mumkin. Ammo bu barcha davrlarda ham axloqsizlik deb baholangan hodisalar, xatti-harakatlar mavjudligini inkor etmaydi. SHaxs sha’niga tajovuz qilish, haqoratomuz munosabatda bO’lish hamma davrlarda ham axloqsizlik sifatida baholangan va ijtimoiy fikr tomonidan qattiq qoralangani ham fikrimizning isboti bO’la oladi. Mohiyatan olganda esa, axloqning har qanday kO’rinishi umuminsoniy axloqning namoyon bO’lish shakllaridir. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlarga mO’ljal olishgina kishilarni birlikka etaklaydi, ularni umuminsoniy taraqqiyot yO’lidan ajralib qolishdan saqlaydi.
Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin