Hajmiy nasoslar, ularning klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 295,97 Kb.
səhifə1/4
tarix23.09.2022
ölçüsü295,97 Kb.
#64020
  1   2   3   4
19. Hajmiy nasoslar, ularning klassifikatsiyasi


Hajmiy nasoslar, ularning klassifikatsiyasi

Reja:


  1. Hajmiy nasoslar, turlari va ishlash printsiplari

  2. Xajmiy gidromashinalar to`g`risida umumiy ma`lumot

  3. Gidromashinalarning turlari va ishlash printsiplari

  4. Dinamik nasoslar, turlari va ishlash printsiplari


1.Hajmiy nasoslar, turlari va ishlash printsiplari
P orshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi 1-rasmda keltirilgan. bu nasoslarda suyuqlikning surilishi va haydalishi porshenning tsilindrda ilgarilanma qaytma xarakat qilishiga assolangan. Bunda porshen 3 (2-rasm) tarkibidagi shtok 2 bulgan krivoship-shatunli mexanizmi 1 yordamida xarakatga keladi. Porshen tsilindrichida qaytma orqaga) xarakat qilganida uning oldidagi ish bushlig’ining hajmi ortib siyraklanish hosil buladi. Bu siyraklanish ma‘lum bir chegaraga yetganida ish bushlig’idagi bosim рс bilan tovonli klapan 7 ostidagi xrapovikda bulgan bosim orasidagi farq surish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik surish trubasi 6 orkali ish bushlig’iga kiradi. Nassolarda suyuqlik qaysi tipdagi kuchlardan (dinamik kuchlar yoki statik kuchlar) foydalanib surilishiga qarab ular dinamik yoki hajmiy nasoslarga bulinadi. Bunda yuqoridagi klassifikatsiyaga kirgan nasolarning porshenli va rotoli turlari hajmi nassolarga qolganlari esa dinamik nasoslarga kiradi.Surili protsessi porshen uzining eng chekka surilishi chegarasiga yetguncha davom etadi. Bunda surilish trubasidagi siyraklanishni surish klapani oldiga joylashtirilgan vakuummetr yordamida ulchash mumkin. Ta‘minlovchi idishdagi suyuqlik sathidan nasos tsilindrining eng yuqori sathigacha bulgan balandlikka surish balandligi Нс deyiladi.
1-rasm Porshenli nasos
Surish balandligi chegaraviy surish balandligi Ηс ≤ Нчс dan katta bulmasligi kerak.
Porshen (plunjer) ilgarilanma (oldinga) xarakat qilganda esa ish bushlig’idagi bosim ortib surish klapani yopiladi. Bushlikdagi bosim ortishda davom etib uning miqdori suyuklikni haydash bosimi Рх ga yotganda haydash klapani ochilib suyuqlik xaydash trubasi 9 ga uta boshlaydi.
Suyuqlikning haydash porshenning eng chekka haydash chegarasiga yotguncha davom etadi. Nasosni ishga tushurganimizda u avval suri trubasidagi havoni tortadi va suyuqlik hosil bulgan bosimda farqi ta‘sirida surish trubasiga kutariladi. Nasos bir oz vaqt ishlagandan sung surish trubasi va tsilindrdagi havo haydab chiqarilib, suyuqlik tsilindrni tuldiradi. Shundan keyin nasos moslangan tartibda ishlay boshlaydi. Natijada ta‘minlovchi idishdagi suyuqlik qabul qiluvchi idish ga utadi. Tsilindrdagi yukori sath bilan suyuqlik kutarilgan eng yuqori sathning farkiga xaydash balandligi Нх deyiladi. Surish balandligi bilan haydash balandligining yigindisi Нс Х nasosining tortish balandligi yoki tuliq statik bosimni beradi. Porshenli nasoslarning turli loyixalari bilan kurilgan turlari ishlab chiqarishning kup sohalarida qullaniladi.



Yüklə 295,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin