HARAKATLI O'YINLAR ORQALI SPORT O'YINLAR ELEMENTLARINI O'RGATISH Reja:
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi.
Harakatli o‘yinlardagi qoidalar
TO‘PNI QO‘LDA USHLAB TURMASDAN UZATISH 3x3 m li to‘rtburchak ichida to‘rtta o‘yinchi turadi. O‘yinchining tayanch oyog‘i to‘rtburchakning burchagida turadi. O‘qituvchining signali bo‘yicha o‘yinchilar to‘pni birbirlariga oshiradilar. O‘qituv- chining signali bo‘yicha to‘p uzatish yo‘nalishini bir necha martada o‘zgartirish mumkin. Agar to‘p noto‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa yoki o‘yinchi uni ilib ololmasa, xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi. Belgilangan vaqt tugashi bilan keyingi to‘rtlik o‘yinni boshlaydi va hokazo. O‘yinda kam xato qilgan jamoa g‘olib bo‘ladi. Variantlar 1. Polga urilib qaytgan to‘pni ushlab uzatish bilan bajarish. 2. To‘pni bir qo‘lda yoki orqa tomonga uzatish bilan bajarish. TO‘RTBURCHAK 3x6 m li to‘g‘ri to‘rtburchak burchaklarida to‘rtta o‘yinchi qo‘lida to‘p bilan turadi. To‘g‘ri to‘rt burchakning o‘rtasida to‘pni ushlab qoluvchi o‘yinboshi turadi. To‘pni ushlab qoluvchi o‘yinchining vazifasi qo‘l tekkiza olishdir. Agar u to‘pga qo‘lini tekkizsa, unda to‘pni uzatgan o‘yinchi bilan joy almashadi va hokazo. 5 martagacha to‘p uzatganda kam xatoga yo‘l qo‘ygan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi. Variantlari 1. Ma’lum yo‘nalishda uzatish usullari belgilanib, o‘yin shu asosda o‘tkaziladi. 2. To‘p uzatuvchi va to‘pni ushlab oluvchi o‘rtasidagi masofa qisqartiriladi. 3. O‘yinchilar to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘ylab harakatlanadilar, ikkita to‘pni ushlovchi o‘yinboshlari to‘rtburchak o‘rtasida turadilar. HIMOYACHI O‘yinda ikkita jamoa ikkitadan o‘yinchi qo‘llarida to‘p bilan qatnashadilar. Jamoa o‘yinchilari to‘pni polga urib olib yurish bilan birga polga o‘rnatilgan bayroqchalar yoki to‘ldirma to‘pni himoya qiladilar. Boshqa jamoa o‘yinchilari ham to‘pni to‘xtatmasdan tinimsiz olib yurib, bo‘sh qo‘llarini bayroqchaga, to‘ldirma to‘pga qo‘l tegizilsa bir ochko beriladi. Belgilangan hisobga ko‘ra jamoalar joylarini almashadilar. Kam vaqt sarflab belgilangan ochkoni to‘plagan jamoada g‘olib bo‘ladi. Varianti Himoyachi polda yotgan chambarak atrofida to‘pni olib yurish bilan birga boshqa jamoa o‘yinchilarining chambarakka to‘p tek- kizishlariga qarshilik ko‘rsatadi. Boshqa jamoa a’zolari o‘z navbatida to‘pni olib yurish bilan birga himoyachilarni aldab o‘tib, to‘pni chambarak ichiga tashlaydilar. Himoyachilarga bo‘sh qo‘llari bilan to‘pni urib qaytarishga ruxsat etiladi. TO‘PNI NOMERLAR BO‘YICHA UZATISH O‘yinda bir necha jamoa qatnashadi, har bir jamoada to‘rttadan o‘yinchi bo‘ladi. Jamoa o‘yinchilar tartib bilan sanaydilar. Birinchi nomerli o‘yinchilar to‘pni ushlab turadilar. O‘qituvchining signaldan so‘ng o‘ynovchilar maydoncha bo‘ylab har xil yo‘nalishda harakat qilib qat’iy holda va tartib nomeri asosida to‘pni uzatadilar. Har bir jamoaning to‘p uzatishi va ilib olishini kuzatib boruvchi rahbar yoki o‘qituvchi ajratiladi. IKKITADAN BO‘SH O‘YINCHI ORQALI BITTA O‘YNASH Uch sekundli zona maydonchasida ikkita jamoa o‘ynaydi. Jamoa tarkibida ikkitadan o‘yinchi bo‘ladi. O‘yinchilarning vazifasi to‘pni halqaga tashlashdan iborat. Sheriklar to‘pni bir-birlariga o‘rtada bo‘sh turgan o‘yinchi orqali oshirganlaridan keyin to‘p halqaga tashlanadi, shitga urilib qaytgan yoki halqaga tushgan to‘pni ilib olgan jamoa o‘yinchisi bo‘sh turgan o‘yinchiga to‘pni berishi kerak. Shitga urilib qaytgan to‘pni ilib olib, halqaga tashlash taqiqlanadi. Bo‘sh turgan o‘yinchi besh sekundli zona maydonchasining tash- qarisida turadi. Belgilangan vaqt ichida ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqqan hisoblanadi. IKKI KISHIDAN BO‘LIB BITTA HALQAGA O‘YNASH O‘yin basketbol qoidasi bo‘yicha bitta halqaga o‘ynaladi. O‘yinchining asosiy vazifasi halqaga to‘p tashlashdan iborat. Himoyalanuvchi jamoa o‘yinchilariga faqatgina uch sekundda zonada qarshilik ko‘rsatish yoki qarshi kurashishga ruxsat etiladi. Hujum qilayotgan jamoa o‘yinchilarga uch sekundli zona va uning tashqarisi- dan hamda ikki qadam tashlangandan so‘ng halqaga to‘p tashlashga ruxsat etiladi. Shitga urilib qaytgan to‘pni ilib olib halqaga tashlash man etiladi. To‘pni egallab olgan o‘yinchi tezda uch sekundli zonadan chiqib ketishi shart. Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi. SHITGA URILIB QAYTGAN TO‘PNI OLIB, HALQAGA TASHLASH Jamoada ikkitadan o‘yinchi bo‘ladi. Birinchi jamoa o‘yinchilari jarima to‘pini tashlash chizig‘ida turadilar. Ularning har biri halqaga 5 tadan to‘p tashlashni bajaradi. Ikkinchi jamoada o‘yinchilari halqa tagida turadilar. Ularning asosiy vazifasi shitga urilib qaytgan yoki halqaga tushgan to‘pni ilib olib, sakrab halqaga tashlashdan iborat. Har bir tushirilgan to‘p uchun bir ochko beriladi. To‘p 10 marta halqaga tashlangandan keyin jamoalar o‘rin almashadilar. Birinchi bo‘lib 21 ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g‘olib chiqadi.Harakatli o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasi Tarbiyachining o‘yin jarayoniga rahbarlik qilishi metodikasini egallagan bo‘lishi o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Harakatli o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunga har bir yosh gruhning ish sharoiti hisobga olinadi, chunonchi bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog‘lig‘ining ahvoli, o‘ziga xos xususiyatlar, yil fasli, kun tartibi, uyini o‘tkazish o‘rni, shuningdek bolalar qiziqishlarini o‘ziga xos xususiyatlari. Harakatli o‘yinlar dastur talablariga muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini o‘sishi, ular to‘plagan harakat tajribasini, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda o‘zgartirib turiladi.