Aim.uz
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining tashkiliy asoslari.
2-mavzu.
|
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tashkiliy asoslari.
|
2.1. Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 30-60 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
vizual ma’ruzasi
|
O‘qitish texnologiyasi
|
Fan to‘g‘risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo‘nalishlar bYeradi.
|
Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi
|
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari.
2. Korxonalarda mehnat muhofaza qilish ishlarini tashkil etish.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Hayot faoliyati xavfsizligi fanining assosiy vazifalari talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar-fiziologik faoliyatining nazariy asoslarini o‘rgangan holda insonning yashash muhiti va ishlab chiqarish faoliyatini sog‘lom va xavfsiz ish sharoiti bilan ta’minlay olishi, texnik vositalardagi xavfli va zararli omillarni bartaraf etaolish va sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish usullarini ishlab chiqa olishdan iborat.
|
Pedagogik vazifalar:
- O‘quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o‘rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini bYerish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo‘nalishini belgilash, tavsiya qilingan o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini bYerish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash;
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (IX-bobi).
2. O‘zbekiston Respublikasining “Hayot faoliyati xavfsizligi” qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat qonunlari kodeksi”.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” (XIII-bobi).
yuqorida qayd etilgan qonunlarning dolzarbligi to‘g‘risida tushuntiradi.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- O‘quv fanining maqsadi va vazifalarini aytib bYeradi,
- Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablarni tavsiflaydi.
- Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligini tavsiflaydi.
- Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rnini aytib bYeradi va izohlaydi,
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (IX-bobi).
2. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat qonunlari kodeksi”.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi” (XIII-bobi).
Ushbu qonunlarning dolzarbligi to‘g‘risida so‘zlab bYeradi.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Vizual ma’ruza, blits-so‘rov, bayon qilish, klastYer, texnikasi
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma matYeriallar, grafik organayzYerlar.
|
O‘qitish shakli
|
Jamoa va guruhda ishlash.
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Proektor, kompyutYer bilan jihozlangan auditoriya.
|
Mavzularning tayanch iboralari nomi:
1. O‘zbekiston Res-publikasining Konstitutsiyasi.
2. “Mehnatni muho-faza qilish” qonuni.
3. “Mehnat qonun-lari kodeksi”.
4. “Mehnat kodeksi”
|
Tayanch iboralarning o‘quv maqsadlari:
Ma’sul shaxsga mehnatni muhofazasi bo‘yicha:
- Konstitutsiya (IX-bobi) va uning 37; 38; 39 va 40; moddalarini o‘rganish;
- “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonunining 5 ta bobi va 29 ta moddalarini o‘rganish;
- “Mehnat qonunlari kodeksi” ning XI va XII boblarini o‘rgan
- “Mehnat kodeksi” ning XII va XIII boblarini o‘rganish.
|
O‘quv-ilmiy adabiyotlar
|
1. N.H. Avliyoqulov Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari Toshkent- 2001y.
2. N.H. Avliyoqulov O‘qitishning modul tizimi va pedogogik texnologiyasi amaliy asoslari Boxoro 2002y.
3. N.H. Avliyoqulov, N.N.Musaeva Pedagogik texnologiyalar. Fan va texnologiya nashriyoti, 2008y.
4. A.T. Murodov, S.N. SHodiev Mehnatni muhofaza qilish. Ma’ruzalar matni. B, 2003 y.
5. G‘. YOrmatov, YO. Isomuhamedov Mehnatni muhofaza qilish. T., «O‘zbekiston», 2002 y.
6. X. Azimov. Qurilishda mehnat havfsizligi Fan 1997y
7. O‘. Yo‘ldoshev, U. Usmonov, O. Qudratov Mehnatni muhofaza qilish mehnat 2001y.
8. P.V.Soluyanov Praktikum po Oxrane truda.
9. IntYernet ma’lumotlari:
|
Mustaqil ish:
-darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mav-zularini o‘rganish;
|
Talaba:
- Texnika xavfsizligiga oid me’yoriy hujjatlarni o‘rganish.
- Mavzuga oid gazeta jurnallardan yangi matYeriallarni olib kelish.
- Mavzuga oid intYernet yangiliklari olib kelish.
|
B.Blum taksonomiyasi asosida o‘quv maqsadlarining toifalarini belgilash
|
Tayanch iboralar
|
O‘quv maqsadlari toifalari
|
Bilish
|
Tushunish
|
Qo‘llash
|
Analiz
|
Sintez
|
Baholash
|
1. “Mehnat muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun
|
+
|
+
|
|
|
|
|
2. Texnika xavf-sizligi
|
+
|
+
|
|
|
|
|
3. Sanitariya gi-giena
|
+
|
+
|
|
|
|
|
4. Texnika xavfsiz-ligining umummu-handislik asoslari
|
+
|
+
|
|
|
|
|
5. Mehnat kodeksi
|
+
|
+
|
+
|
+
|
|
|
6. Mehnat qonunlar kodeksi
|
+
|
+
|
+
|
+
|
|
|
7. O‘zbekiston Res-publikasi Konsti-tutsiyasi.
|
+
|
+
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ma’ruza mashg‘ulotini texnologik kartasi (2-mashg‘ulot)
Bosqichlar vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich Kirish (10min)
|
3. Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
|
2-bosqich Asosiy
(60 min)
|
2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o‘tkazadi.
- Fanga doir qanday atamalarni bilasiz?
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining huquqiy asoslari haqida nimalarni bilasiz?
2.2. O‘qituvchi vizual matYeriallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi.
2.3. Quyidagi savollardan foydalangan holda mavzu yoritiladi:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining huquqiy asoslarini sharhlaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi IX-bobining 37; 38; 39 va 40 moddalarida nimalar haqida yozilgan deb o‘ylaysiz.
3. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunining asosiy mohiyati nimada?
4. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat qonunlari kodeksi” haqida nimalarni bilasiz?
5. “Mehnat kodeksi” ning XII va XIII boblari nimalarni o‘rgatadi.
- O‘qitish texnologiyasi qanday asosiy elementlardan iborat?
-Tayanch ibora nima?
-O‘quv maqsadlarini toifalarini qanday belgilanadi?
-Har qaysi mavzu, bo‘lim, modulning maqsadlarni belgilash usullari qanday?
-Reyting nazorati nima?
-Reyting nazoratida qanday baholash usullari mavjud?
-Tayanch iboralarni o‘quv maqsadlari deganda nimani tushunasiz?
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining huquqiy asoslari qaysi qonunlardan tashkil topgan?
2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining huquqiy asoslari nimadan iborat?
3. Qabul qilingan qonunlarning dolzarbligi nimada?
2.4. Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qilishni va yozib olishlarini ta’kidlaydi.
|
2.1. Eshitadi, navbat bilan javob bYeradi.
2.2. Eshitadi, yozib oladi.
2.3. Eslab qoladi, yozadi.
Har bir savolga javob bYerishga harakat qiladi.
Ta’riflarni yozib oladi, misollar keltiradi.
|
3-bosqich
YAkuniy
(10min)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
Faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.
Mustaqil ish uchun vazifa, tayanch iboralarni izohli ta’riflarini o‘rganish vazifa qilib bYeradi, baholaydi.
|
3.1. Eshitadi, aniq-lashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari.
Inson to‘g‘ilgan kundan boshlab baxtli yashashga intiladi. U mehnat qilish, dam olish, toza muhit sharoitida yashash huquqiga ega, buni esa O‘zbekiston Resbuplikasi Konstitutsiyasi kafolatlaydi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani asosan quydagi qismlardan tashkil topgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi umumiy masalalari to‘g‘risida ekologik va mehnat qilish qonuniyatlari.
Sanoat sanitariyasi va gigienasi.
Xavfsizlik texnikasi.
Yong‘in va portlashga qarshi chora-tadbirlar.
Fuqaro muhofazasini sanoat korxonalarida tashkil etish.
Ishlab chiqarishda ish sharoitini yaratishda asosan mehnat hamda ekologik qonunchiliklariga rioya qilish maqsadga muofiqdir. Mehnat muhofazasi qonunchiligi mehnat qilish va dam olishning huquqiy normalarini o‘z ichiga oladi hamda uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Ekologik qonunchilik esa ishlab chiqarishda atrof muhitning inson hayot faoliyati uchun ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Sanoat sanitariyasi va gigienasi ishlab chiqarishda ishlovchilarga zararli faktorlarning ta’sir etishining oldini oluvchi tashkiliy gigiena va sanitariya texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
Xavfsizlik texnikasi ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta’sir etishining oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
Yong‘in profilaktikasi- ishchilarni olovdan (Yong‘in va portlashdan) himoya qilishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar kompleksidir.
Fuqaro muhofazasi ishlab chiqarishda favqulotda holat yuzaga kelganda ishlab chiqarishdagi ishchi xizmatlarni hamda asbob-uskunalarni ko‘chirish (evakuatsiya) chora-tadbirlarini ishlab chiqish sistemasidir.
2. Korxonalarda mehnat muhofaza qilish ishlarini tashkil etish.
Hayot faoliyat xavfsizligi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga qamrab olgan. «Hayot faoliyati xavfsizligi» ijtimoiy – huquqiy masalarni o‘z ichiga olgan muhandislik fani bo‘lib, klassik fanlar bo‘lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, yong‘in texnikasi, Yergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir.
Bu fannig metodologik asosi mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zaharli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo‘ladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularning oldini olish va bartaraf etish choralari ishlab chiqiladi. Bu masalarning barchasi o‘zaro bog‘langan, kelajak rejalarni hisobiga olgan holda ko‘riladi.
Tashkilotlarda hayot faoliyat xavfsizligiga doir barcha qaror va xujjatlarni tahlil qilish, kelgusida hayot faoliyat xavfsizligi darajasini ko‘tarish, ish yuritishda texnika xavfizligi mashg‘ulotlarini o‘tkazish, hayot faoliyat xavfsizligi ishlarini tashkil etish, o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o‘rtasida shikastlanishning oldini olish hamda davlat standarti masalari talalariga rioya etish maqsadidi «Mehnatni muhofaza qilish tug‘risida» qonun qabul qilindi. Bu qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng qamrovli bo‘lib, o‘z tarkibida jamoa shartnomasi, mehnat sharnomasi, kadrlar tayorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan.
“Mehnatni muhofaza qilish to‘grisida»gi qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog‘ligi uchun zararli bo‘lgan omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining sanitariya-gigienik jihatidan qoniqarli holatda bo‘lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish ma’suliyati ma’muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kasbiy zararliklar mavjud bo‘lgan xududlarda mehnat qiladigan ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo‘shimcha dam olish kunlari joriy qilishi, zararli ish joylirida ishlaganlarga, ya’ni juda issiq haroratli, sovuq, zah va sog‘liq uchun zararli sharoitdam mehnat qilayotganlar uchun maxsus ustama haq hamda himoya kiymlari bYerilishi ko‘zda tutiladi. Kasbiy kasalliklarning oldini olish, ishchilarning sog‘ligini mustahkamlash maqsadida ularni o‘rnatilgan tartib asosida sut, parhez taomlar bilan ta’minlash tartibi joriy etilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida «Mehnat kodeksi» va «Mehnatni muhofaza qilish» to‘g‘risidagi me’yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar ma’muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy javobgarlik-xodimga hayfsan bYerish, ishdan chetlantirish, o‘rtacha oylik ish haqining yigirma foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish va mehnat sharnomasini bekor qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik ega «Mehnatni muhofaza qilish tug‘risida»gi Qonunni buzgan shaxslarni nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to‘lashga yoki keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. «Mehnatni muhofaza qilish tug‘risida»gi Qonunni buzish baxtsizlik yoki o‘limga sabab bulsa, aybdor shaxslar belgilanga tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo‘lib , ular davlat, ho‘jalik, madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat kodeksiga xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og‘ir va organizm uchun zararli ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Xomilador ayollarga davlat tomonidan ish haqi to‘lanadigan ta’til beriladi.
Mehnat Kodeksiga o‘smirlar mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 18 yoshga to‘lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning hohishiga qarab, yilnang istalgan vaqtida bir oylik mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O‘smirlar fabrika, zavod kasaba qumitalari ruxsatisiz qo‘shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Agar o‘smirlarni bajarayotgan yumushlari ularning sog‘ligiga ta’sir qilayotganligi sezilsa, u holda shifokor maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o‘tkaziladi.
Sanoat korxonalarining ish jarayonida shikastlanish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish davlat miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, mehnat muhofazasi bo‘limi rahbariyat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda chora-tadbir belgilaydi. Sanoat korxonalarida Qonun asosida mehnatni muhofaza etish masalarini hal qilish maqsadida, har yili kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan xamkorlikda mehnat muhofazasi chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Mehnat sharoitining yaxshilanishga olib keladigan jami tadbirlar mazmuni bo‘ycha quydagilarga bo‘linadi:
-baxtsiz hodislarning oldini olish chora-tadbirlari. Bularga zaharli va engil alanganuvchi suyuqliklarni saqlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, himoya moslamalari, to‘siqlar, avtomatik himoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish asboblarini qo‘shimcha o‘rnatish va boshqalar kiradi;
-mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora-tadbirlari. Bunga mehnatni muhofaza qilish masalarini yoritivchi ko‘rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ish joylarini unumli yoritish, shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar, maxsus echinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalarini tashkil etish kiradi;
-ishlab chiqarishda kasb kasalliklari oldini olish chora-tadbirlari. Unga ishchilarni har xil kasbiy zararlar ta’siridan himoyalovchi moslama, jihozlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, xonalarni shamollatib turish moslamalarini o‘rnatish hamda ishlab turgan moslamarni o‘z vaqtida ta’mirlash, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o‘rnatish uchun asbob-uskunalar olish, o‘rnatish va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar tatbiq etish va umumiy rekonstruksiya qilish ham mehnat sharoitini yaxshilash chora-tartiblariga kiradi. Bundan tashqari, korxona jamoasi, rahbarlari tarmoq vazirliklari hamkorligida mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitini yaxshilash va sanitariya-gigiena chora-tartiblarini ishlab chiqib, tarmoq markaziy kasaba qo‘mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Aim.uz
Dostları ilə paylaş: |