Hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 491,71 Kb.
səhifə1/13
tarix25.12.2022
ölçüsü491,71 Kb.
#77853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Safarov33


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


fanidan


Mustaqil ish
Bajardi: 031-19 guruh talabasi

Safarov.Sh


Qabul qildi: Abdullayeva S.M.


Toshkent 2022


Mavzu: Elektr tokidan yoki boshqa jarohatlardan zararlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish.

Reja:
Kirish.

  1. Umumiy qoidalar

  2. Tokdan qutqarish yo‘IIari

  3. Birinchi yordam berish tadbirlari

  4. Jarohatlanganda birinchi yordam berish yo‘llari

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Agar shikastlangan kishi tok o‘tib turgan qismlarga tegib turgan bo‘lsa, dastlab uni elektr toki ta’siridan qutqarish kerak. Ayni vaqtda, tegishli ehtiyot choralarini ko‘rmay turib, tok ta’sirida bo‘lgan kishiga tegish hayot uchun xavflidir. Buni hamisha yodda tutmoq kerak.
Birinchi chora, bu qurilmaning shikastlangan kishi tegib turgan qismini darhol tokdan ajratish. Bunda quyidagilarni nazarda tut­moq lozim:

  • agar shikastlangan kishi balandda bo‘lib, qurilmalarni tokdan ajratish uning yiqilib tushishiga sabab bo‘lsa, uni yiqitmaslik chorasini ko‘rish lozim, aks holda u tokdan ajratish vaqtida yiqilib, yanada og‘ir shikastlanishi mumkin;

  • qurilmani tokdan ajratgan vaqtda elektr chiroqlar o‘chib qoladigan bo‘lsa, avariya chirog‘i, akkumulyatorli fonarlami tayyorlab qo‘yish kerak, lekin bu qurilmani tezlik bilan tokdan ajratishga, shikastlangan kishiga birinchi yordam berishga aslo xalaqit bermasligi lozim.

Agar qurilmani tokdan tez ajratishning iloji bo‘lmasa, shi­kastlangan kishini unga tegib turgan tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish chorasini ko‘rish lozim. Shikastlangan kishida nafas olish, yurak urish, puls singari ha- yot belgilarining ko‘rilmasligi uni o‘lgan deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi, shunga ko‘ra, unga yordam berishdan voz kechish mutlaqo yaramaydi. Elektr tokidan shikastlanganda kishining o‘limi ko‘pincha soxta bo‘ladi. Shikastlangan kishining chindan ham o‘lganligini faqat tibbiyot xodimi aniqlaydi va yordam berish- ning foydasiz ekanligini ayta oladi.
Shu sababli, elektr qurilmada xizmat qiladigan hamma xodim- lar bilan elektr energiyasining xavfliligi va birinchi yordam be­rish choralari to‘g‘risida vaqti-vaqti bilan tadbirlar o‘tkazilib, aniq yo‘riqlar berib turilishi kerak. Bunda xodimlarga tokdan qutqarish va sun’iy nafas oldirish usullarini amalda ko‘rsatib o‘rgatish lozim.


Yüklə 491,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin