Hessen yoki Gessen



Yüklə 330,5 Kb.
səhifə1/8
tarix23.02.2022
ölçüsü330,5 Kb.
#53004
  1   2   3   4   5   6   7   8
Hessen yoki Gessen


Hessen yoki Gessen — Olmoniya yeri. G.ning katta qismi Oʻrta Olmoniya togʻlarida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligida joylashgan. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 5 971 816 kishi Bosh shahri —Visbaden.

8—9-asrlarda graflik boʻlgan. 13-asr oxiridan Olmoniya knyazligi hududi. 1567 yilda 2 ta: Gessen-Kassel (1866 yildan Prussiya qoʻshib olgan) va Gessendarmshtadt (1866 yildan —Buyuk gersoglik, 1918 yildan —Veymar respublikasi tarkibidagi yer) knyazligiga boʻlingan. 1945 yilda Amerika va Fransiya okkupatsiya zonasida boʻlgan. 1949 yildan Olmoniya yeri.

Iqlimi moʻʼtadil. Yanv. ning oʻrtacha temperaturasi 0-2°, iyulniki 18—20°. Keng bargli oʻrmonlar (hududining 40%) oʻsadi. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. G. Olmoniyada chiqariladigan kaliy tuzlarining 1/3 qismini beradi. Qora metallurgiya va metall buyumlar quyish sanoati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh.larida) bor. Umumiy mashinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Koʻnchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sanoati va zargarlik korxonalari bor.

Bu yerda Wiesbaden, Frankfurt am Main, Darmstadt, Kassel, Offenbach, Wetzlar, Fulda va Gießen (Giessen) kabi taniqli shaharlar bor.

Gessen hududida transport yoʻli va avtomobil yoʻllari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryolarida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmokli oʻrin olgan.[1]

OPEL, MERCK, WELLA, LEICA va shunga oxshash koʻp yirik firmalarning markazi. Meklenburg-Old Pomeraniya (olm. Mecklenburg-Vorpommern) — Olmoniya yeri. Mamlakatning shim.-sharqiy qismida, Boltiq dengizi so-hilida joylashgan. Maydoni 23,2 mingkm². Maʼmuriy markazi — Shverin shahri Aholisi 1,8 mln. kishi (2000). Meklenburg-Old Pomeraniyada aholi nisbatan siyrak. Tabiiy landshafti saqgsanib qolgan. Relyefi sertepa, yaylov va oʻrmonlar bor. Eng katta daryosi — Elba. Koʻl koʻp bulgani uchun "Ming kullar yeri" deb ataladi. Eng yirigi — Myurits koʻli (maydoni 117 km2). Meklenburg-Old Pomeraniyada 250 dan ortiq tabiiy va landshaft qoʻriqxonalari tashkil etilgan, 3 milliy bogʻ bor. Old Pomeraniya uzok, vaqt Shvetsiya hukmronligi ostida boʻlgan, keyinroq Prussiya tarkibiga oʻtgan. Meklenburg Olmoniya imperiyasi tarkibidagi mustaqil hudud edi. Meklenburg-Old Pomeraniya yeri Ikkinchi jahon urushidan soʻng sobiq Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida tashkil etilgan, biroq tez orada 3 okrugga ajratib yuborildi. 1990-yilda yana GFR tarkibidagi yer qilib tiklandi.

Meklenburg-Old Pomeraniya xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq. Dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dengiz va dare suvlaridan baliq ovlanadi. Sohilboʻyida sharqiy r-nlarning kema verfi va kemasozlik korxonalari joylashgan. Turizm rivojlangan. Yil davomida 10 mln.dan ortiq sayyoh kelib-ketadi. Yirik shaharlari — Rostok, Shverin.[1]



Yüklə 330,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin