________________________________________________________________
"Экономика и социум" №1(80) 2021 www.iupr.ru
RABG’UZIYNING “QISSASI RABG’UZIY” ASARIDA HIKOYATLAR
POETIKASI
Kadirova Saida Maxsudovna
Qoraqalpoq Davlat Universiteti magistranti
Annotatsiya:
Quyidagi tezis Rabg’uziy ijodiga bag’ishlangan bo’lib, uning
“Qissasi Rabg’uziy” nomli asaridagi hikoyatlarni poetik jihatdan tahlil qiladi.
Tayanch so’zlar:
Qissasi rabg’uziy,
hikoyat, ma’no, komillik, poetik
ifodalar.
Поэтика рассказов в "Киссаси Рабгузи" Рабгузи
Кадырова Саида Максудовна
Магистр Каракалпакского государственного университета
Аннотация:
Следующий тезис посвящен творчеству Рабгузи,
поэтическому анализу рассказов в его произведении «Киссаси Рабгузи».
Ключевые слова:
повествование, смысл, совершенство, поэтические
выражения.
Rabg’uziy hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan.
U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti O‘g‘uz
degan
joyida yashab ijod etgan. “Qissasi Rabg’uziy” asarida u o‘zi haqida
musulmonlarga xos kamtarinlik bilan "...bu
kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan,
ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko‘p yozuqliq Raboti o‘g‘uz qozisi Burhon
o‘g‘li Nosiruddin..." deb yozadi.
Rabg‘uziyning qissalari ma’nosini anglatuvchi "Qissasi Rabg‘uziy" asari
olam
va odamning yaratilishi, insonning yo‘ldan og’ishi va komillik sari
mashaqqatli va uzoq yo‘l bosib borayotganligi haqida g‘oyat mantiqli va qiziqarli
tarzda hikoya qilinadi va qadr jihatdan badiiy asarlar orasida o’zining
yuksak
o’rniga ega.
Ushbu asar musulmon dinini qabul qilgan e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan biri
Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 109 (milodiy 1309 - 1310) yilda
yozilgan. Nosiriddin To‘qbo‘g‘a adibdan
"o‘qimoqg‘a keraklik, o‘granmakka
yarog‘liq"
payg‘ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so‘ragan edi.