Reja: 1.Himoya vositalari holatini nazorat qilish
2.Kollektiv himoya vositalari
3.Shaxsiy himoya vositalari
Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish Raqamlanishi zarur bo‘lmagan gilamchalar, tagliklar hamda xavfsizlik plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolatsiyalovchi himoya vositalari, himoya belbog‘lari ham raqamlangan bo‘lishi zarur. Elektrostansiya, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qo‘yiladi.
Agar himoya vositalari bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lsa (kuchlanish ko‘rsatgichlari, izolatsiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun umumiy bo‘lgan raqam jami bo‘laklarga alohida yozilishi zarur. Himoya vositalarining raqami barcha bo‘laklarda bir xilda bo‘lsa, zavod raqamini ko‘llash mumkin.
Elekrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatilganda bo‘lim va uchastkada), laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi ko‘rsatilgan, vaqti-vaqti bilan sinash va ko‘rikdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi zarur.
Jurnal tavsiya qilingan shaklda to‘ldirilib borilishi va har 6 oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar ma’muriy texnik xodim tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. Shaxsiy foydalanishda bo‘lgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd qilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bo‘lishi zarur.
Himoya vositalari tayyorlangandan so‘ng har bir himoya vositasi namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan o‘tkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy va navbatdan tashqari (ta’mirlashdan keyin o‘tkaziladigan) sinovlardan o‘tkazilishi lozim.
Izolatsiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, ko‘chma yerga ulagichlar, to‘siqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari me’yorlari bo‘yicha sinovdan tekshirilishi shart.
Izolatsiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlaridan tashqari, sinovga bardosh bergan barcha himoya vositalariga quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qo‘yilishi zarur.
Shtamp rezina mahsulotlari chetiga, saqlagich moslamalari va elektr himoya vositalarining izolatsiya qismidagi chegaralovchi halqa yoniga chidamli hamda yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan bosilgan bo‘lishi yoki yelimda yopishtirilishi kerak. Bir necha bo‘lakdan iborat bo‘lgan himoya vositasiga shtamp himoya vositasining faqat bir bo‘lagiga bosilishi lozim. Ishga yaroqsiz deb topilgan himoya vositasining eski shtampi qizil bo‘yoq bilan o‘chirib tashlanishi zarur.
Himoya vositalarini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriya elektr va mexanik sinov natijalarini ixtiyoriy shakldagi jurnalda qayd qiladi.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo‘linadi. Ishning xavfsizligini mashinalarning konstruksiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish yechimlari va jamoa himoya vositalarini qo‘llash bilan ta’minlashning iloji bo‘lmagan taqdirda shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi.
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori, ishlatishda qulay, texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos bo‘lishi kerak. Shu ish uchun mo‘ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bo‘lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati ko‘rsatilgan yo‘riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalari (SHHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
-ihotolovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotolovchi kostyumlar, skafandrlar);
nafas olish a’zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, respiratorlar, havo shlemlari, havo nikoblari);
boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, shlyapalar);
yuzni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);
ko‘zni himoya qilish vositalari (himoya ko‘zoynaklari);
eshitish a’zolarini himoya qilish vositalar;
ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo‘l changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak va yelkani ehtiyot qilish moslamalari);
himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pasta, krem, moylar).
Shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, ularni o‘z vaqtida almashtirish, ta’mirlash va ularni vazifalari bo‘yicha ishlatish yuzasidan korxona ma’muriyatiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo‘yicha nazorat hamda hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to‘g‘ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan hollarda esa ularni qo‘llashni taqiqlashni nazorat qilish.
Shaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan o‘tkazish, uning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan, oyna va boshqa qismlarni o‘z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati to‘g‘risida tamg‘a qo‘yish.
Tozalash, yuvish, ta’mirlash, degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash, zararsizlantirish va changsizlantirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash korxona ma’muriyatiga, nazorat qilish esa kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishda insonda mavjud bo‘lgan tabiiy himoya sistemalarini hisobga olish kerak. Insondagi bu tabiiy himoya sistemalari ishlab chiqarishdagi darajasi uncha yuqori bo‘lmagan xavfli va zararli omillardan ishchilarni ma’lum sharoitlarda yetarlicha himoya qilaoladi. Ammo bu tabiiy himoya sistemalari har bir odamlarda har xil rivojlangan bo‘ladi. Shu sababli, ma’lum ishlab chiqarish uchastkasiga ishchilarni yo‘llayotganda ham, himoya tadbirlarini ishlab chiqishda ham ana shu holatni hisobga olish lozim bo‘ladi.
Evolyusiya jarayonida insonda tashqi muhitning unga ta’sir qiluvchi har xil omillariga nisbatan mukammal himoya sistemalari rivojlangan. Ular organizmga zararli mikroblarni kirishidan, saqlaydi, har xil xavfsizliklar va zararliliklar mavjudligi haqida o‘z vaqtida ogohlantiradi. Bu himoya sistemalari ichida sezgi organlari boshqalarga nisbatan muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘rish esa mavjud xavfni o‘lchami, shakli, rangi, fazodagi joylashishi, harakat yo‘nalishi va xavfliligi darajasi haqida qisqa daqiqada ma’lumot beruvchi muhim tahlil organi hisoblanadi.
Ko‘zning tabiiy himoyasi qovoq va yosh suyuqligi hisoblanadi. Kiprikka tegish shu daqiqada qovoqni yopilishiga sabab bo‘ladi va u ko‘zni kuchli yorug‘likdan va mexanik
jarohatlanishdan himoya qiladi.
Yuqorida qayd qilinganlarga qaramasdan ko‘zning tabiiy himoyasiga har doim ishonish mumkin emas. Ko‘zning shox pardasiga changli havo, har xil zarra va kimyoviy moddalarning o‘tirishi shox pardani xiralashishiga, sezgirligini yo‘qotishga va hatto ko‘zda oq dog‘lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko‘zning tabiiy himoya qobiliyatini himoyalash uchun qo‘shimcha muhandislik-texnik vositalardan foydalanish kerak.
Ko‘rish qobiliyati ham hamma odamlarda bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi odamlar yorug‘likda yaxshi ko‘rsa, ba’zilar qorong‘ulik tushishi bilan hech narsani ko‘rmaydi. Xuddi shuningdek ayrim kishilar ko‘rgan narsalarini rangini, o‘lchamini va shaklini aynan tasavvur eta olmaydi yoki aylanma harakatdagi detallarni aylanish chastotasini noto‘g‘ri baholashadi.
Eshitish ham xavfdan xabar beruvchi muhim va foydali himoya sistemasi hisoblanadi. Insonni har xil tovushlarni eshitish qobiliyati uni har xil muqarrar xavflardan himoya qiladi.
Xavfdan xabardor etish bo‘yicha, insonni navbatdagi himoya sistemasi hid bilish hisoblanadi. Uning natijasida inson har xil zararli va xavfli hidlardan o‘z vaqtida himoyalanadi. Natijada ular har xil zararli gazlarning hidini sezmay qoladi. Ya’ni neft bazada ishlovchilar neft mahsulotlari bug‘ini sezmaydi.
Tam bilish ham xavf haqida xabar beruvchi himoya sistemasi hisoblanadi. Inson tam bilishi orqali suvdagi va ovqatdagi achchik va sho‘rlikni o‘z vaqtida aniqlaydi.
Sezish orqali ham inson turli xil xavfli va zararli omillardan o‘z vaqtida himoyalanadi. Sezish xavfli jism yuzasi, harorati, gadir-bo‘dirligi va elektr zaryadidan insonni xabardor etadi. Sezish insonni teri qoplamasi orqali amalga oshadi.Teri qonga har xil kimyoviy moddalarni kirishini oldini olib organizm zaharlanishini oldini oladi. Teri qisman organizmni issiqlikdan va mexanik jarohatlanishdan himoya qiladi.
Kollektiv himoya vositalari - ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish uskunalari, binolar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonchalari bilan tizimli va funktsional jihatdan bog'liq bo'lgan himoya vositalari. Maqsadga qarab quyidagilar mavjud:
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish, zararli omillarni lokalizatsiya qilish, isitish, ventilyatsiya qilish vositalari; Binolar va ish joylarini yoritishni normallashtirish vositalari (yorug'lik manbalari, yoritish moslamalari va boshqalar); Ionlashtiruvchi nurlanishdan himoya qilish vositalari (himoya, muhrlash moslamalari, xavfsizlik belgilari va boshqalar);
Infraqizil nurlanishdan himoya qilish vositalari (himoya; muhrlash, issiqlik o'tkazmaydigan qurilmalar va boshqalar); ultrabinafsha va elektromagnit nurlanishdan himoya qilish vositalari (himoya, havoni ventilyatsiya qilish, masofadan boshqarish va boshqalar); Lazer nurlanishidan himoya qilish uskunalari (qilichbozlik, xavfsizlik belgilari); Shovqin va ultratovushdan himoya qilish vositalari (qilichbozlar, shovqinlarni o'chirish); Vibratsiyadan himoya qilish uskunalari (vibratsiyani to'xtatish, tebranishlarni to'xtatish, tebranishlarni to'xtatish moslamalari va boshqalar); Elektr toki urishidan himoya qilish vositalari (to'siqlar, signalizatsiya, izolyatsiyalash moslamalari, topraklama, neytrallash va boshqalar);
Yuqori va past haroratlardan himoya vositalari (to'siqlar, issiqlik izolyatsiyalash moslamalari, isitish va sovutish); Mexanik omillardan himoya qilish vositalari (to'siqlar, xavfsizlik va tormoz qurilmalari, xavfsizlik belgilari); Kimyoviy omillar ta'siridan himoya qilish vositalari (muhrlash, shamollatish va havoni tozalash uchun asboblar, masofadan boshqarish va boshqalar). Biologik omillardan himoya qilish vositalari (to'siqlar, shamollatish, xavfsizlik belgilari va boshqalar). Kollektiv davolash usullari quyidagilarga bo'linadi: himoya, xavfsizlik, tormozlash qurilmalari, avtomatik boshqaruv va signalizatsiya qurilmalari, masofadan boshqarish, xavfsizlik belgilari.
Xavfsizlik asboblari normal ishlashdan chetga chiqqanda yoki odam xavfli hududga kirganda mashinalar va jihozlarni avtomatik ravishda o'chirish uchun ishlatiladi. Ushbu qurilmalar blokirovka va cheklovchi bo'lishi mumkin. Ishlash printsipiga ko'ra blokirovkalash qurilmalari quyidagilardir: elektromexanik, fotoelektrik, elektromagnit, radiatsiya, mexanik. Keng qo'llaniladi tormozlash qurilmalari, poyabzal, disk, konus va takozga bo'linishi mumkin. Eng ko'p poyafzal va disk tormozlari ishlatiladi. Tormoz tizimlari qo'lda, oyoqli, yarim avtomatik va avtomatik bo'lishi mumkin. Ta'minlash uchun uskunaning xavfsiz va ishonchli ishlashi juda muhim ma'lumot, ogohlantirish, avtomatik boshqaruv va signalizatsiya uchun favqulodda qurilmalar. Nazorat asboblari - bu mashina va uskunalarning ishlashini tavsiflovchi bosim, harorat, statik va dinamik yuklarni o'lchash uchun asboblar. Signal tizimlari: tovush, yorug'lik, rang, belgi, kombinatsiyalangan. Mag'lubiyatdan himoya qilish uchun elektr toki urishi, turli texnik choralar qo'llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1 Energetika obyektlarida elektr ta’mirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik texnikasi qoidalari. - Т.: Mehnat, 2002.
2 Umumiy elektr ta’minoti uchun moMjallangan tizimlarda elektr energiyaning sifat ko‘rsatkichlarini oMchash Va analiz qilish usullari. - Т.: Mehnat, 2003.
3 . https://www.google.ru. .. http://www.ziyonet.uz
4 . Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari. - Т.: Mehnat, 2002