Hol va uning o`zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Reja: kirish
HOL VA UNING O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TADQIQI.
REJA:
KIRISH
I BOB. HOL HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT.
1.1. Holning ta’rifi haqida.
2.
. Holning turlari haqida.
II BOB. HOLNING O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TADQIQI
2.1. Tilshunoslikda gap bo’laklari va sintaktik aloqalar masalalari.
2.2. Hozirgi o’zbek tilshunosligi taraqqiyoti.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
KIRISH
Hol (tilshunoslikda) — gapning bo`laklaridan biri boʻlib, ish-harakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻrin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdordaraja kabi xususiyatlarini koʻrsatadi. Hol, ravish, feʼl, ot, sifat, son, olmosh kabi soʻz turkumlari bilan, shuningdek, taklidiy soʻzlar bilan ifodalanadi: Odil uyalganidan qizarib ketdi (Oybek); Sulaymonov tantanali ravishda knopkani bosdi (Abdulla Qahhor); Yetti oʻlchab, bir kes (Maqol). Ravishning barcha turlari hol vazifasida kela oladi. Feʼlning ravishdosh, sifatdosh shakllari hol vazifasida keladi. Masalan, Saida kulib soʻzladi. Anvar jilmaygan holda kirib keldi. Uzbek tilida hol mazmun jihatdan 8 xil boʻladi: Tarz hol — ishharakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda feʼlga bogʻlanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek). Miqdor-daraja holi — ishharakatning bajarilish darajasini, shu bajarilish bilan birga bogʻliq boʻlgan miq-dorni bildiradi: Koʻp oʻyla, oz soʻzla (Maqol). Sabab holi — harakat, holat yoki belgining roʻy berish saba-bini bildiradi. Bunday hollar feʼl bilan ifodalangan boʻlakka ham, ot bilan (keng maʼnoda) ifodalangan boʻlakka ham bogʻlana oladi: Qolaversa, k ye n -jaukamizga jonimiz kuyga-nidan keldik (O.Yoqubov). Usha oqshom men andak sharob ichganim uchun kayfiyatim yaxshi edi (R.Tagor). Maq-sad holi — harakat, holat yoki belgining roʻy berishidagi maqsadni ang-latadi: Sizni deb bu yerga keldim, Yoʻlchi aka (Oybek). Shart holi — harakat, holatning biror shart asosida roʻy berishini bildiradi: I sh -lasa, tishlaydi. Toʻsiqsizlik holi — harakat, holatning roʻy berishiga toʻsiq boʻla olmagan shartni bildira-di: U koʻrsa ham oʻzini koʻrmaslikka soladi. Oʻrin holi — harakat va holatning roʻy berishi, boshlanish, yoʻnalish oʻrnini va bu yoʻnalishdagi soʻnggi nuqtani bildiradi: Stansiyadan temiryoʻlchilar, shahardan hasharchilar yetib keldi (A.Mux-tor). Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-tarozu (Maqol). Payt holi — harakat, holatning roʻy berish vaqtini anglatadi: Ertaindin bu asarlar ham chamandek yashnaydi (SholRashidov).
Soʻnggi yillarda hol boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari holning maʼno (mazmun) turlari keragicha taqlil qilingan boʻlsa-da, uning grammatik tabiati chuqur va atroflicha tavsif etilmaganligini koʻrsatadi. Amalga oshirilgan tadqi-qotlar ham holning faqat nutqiy koʻlamdagi tashqi belgilari, maʼnosi, vazifasi hamda ifodalanish xususiyatlarini talqin qilishga bagʻishlangan.
Avvalo holning ta’rifini aytsak. Hol fo’ilning, maf’ulning yoki ikkalasini birgalikdagi yoki bulardan tashqari jar va majrurning va muzof ilayhining holatini bildiradigan, ikkinchi darajali mansub holdagi, noaniq ismdir. Buni tushuntirish uchun quyidagi misollarni tushuntiramiz:
استقبل الطالب عا مهُ الدراسيَّ مبتسما
Og’uvchi o’zining og’uv yilini tabassum qilgan holda kutib oldi.
Bu misoldagi اسرتقبل - الطالرب fe’lining foilidir. مبتسرما esa o’sha foil طالرب ning holidir.
1. Kitobni ochiq holda og’idim - قرأتُ الكتا ب مفتوحا
Bu misoldagi الكتاب maf’ulun bihi (vositasiz to’ldiruvchi) مفتوحا esa, o’sha maf’ulning holidir.
فحص الطبيب مريضه جالسين .2
Bu misoldagi الطبيرب fe’lning foili, مريضره esa maf’ul. جالسرين esa foil bilan maf’ulning birgalikdagi holidir.
3.
نزول من السيارة ماشية خط ر - Harakatdagi mashinadan tushish hatarlidir.
Bu misoldagi من السيارة kalimasi jar va majrur bo’lib, ماشية esa uning holidir.
3.
ركوبُ القطارِ متحركا ضر ر - Yurib ketayotgan poezdga chiqish zararlidir.
Bundagi القطرار kalimasi muzof ilayhi bo’lib, متحركرا uning holidir. Bundan tashqari hol turli ma’nolarda ishlatiladi:
1.
Payt holi, ish harakatning bajarilgan vaqtini bildiradi:
ذهب سليم نَارا - Salim kunduzi ketdi. عشت هنا شهرين - Bu yerda ikki oy yashadim.
Payt holini izofa birikmasi holida ham berish mumkin.
Masalan:
بعد الظهرِ - Tushdan so’ng وق ت الدرسِ - Dars vaqtida
2.
O’rin holi ish-harakatning bajarilish o’rnini yoki yo’nalishini bildiradi:
جلستُ في الحديقةِ - Boqda o’tirdim. نظر شَالا و يمينا - O’ng va chapga qaradi.
Izofa holatda ham berish mumkin. قر ب المدرسةِ - Maktab yaqinida. وراء الجدا رِ - Devor orqasida.
3.
Miqdor holi ish-harakatning necha marta bajarilganligini, bosib o’tilgan yo’lning uzunligi va vaqtining miqdorini bildiradi.
Masalan: قرأتُ الكتا ب مرتينِ - kitobni ikki marta og’idim. تفكرنا طويلا - biz uzoq o’yladik.
4.
Daraja holi esa, bajarilgan ishning darajasi va sifatini bildiradi.
عملنا أمس كثيرا و تعبنا جدا - Kecha juda ko’p ishladik va juda charchadik
5.
Maqsad va sabab holi, bajarilgan ish-harakatning sababi va maqsadini bildiradi. Bunday hol ko’pincha masdar shaklida bo’ladi. Masalan:
ضرب ابنه تأديبا له - Og’liga tarbiya berish maqsadida urdi.
هو يرتَف غضبا - U qazabdan titradi.
6.
holat holi. Bu hol ish-haraktning bajarilish vaqtidagi foil va maf’ulning holatini bildiradi. Bunday hol odatda noaniq bo’ladi. holatni bildirayotgan ism zul hol deyiladi va u aniq holatda bo’ladi va u hol bilan jinsda va sonda moslashadi. Masalan;
جاء زيد راكبا - Zayd (biror narsaga) minib keldi جاء الحجاج مشاةً - Hojilar piyoda keldilar
Gap tarkibida hol vazifasini ravishlar, old ko‘makchili yoki old ko‘makchisiz otlar, sifatlar, olmoshlar, sifatdoshlar, ravishdoshlar va fe’l infinitivlari bajara oladi.
Ular orasida ravish hol vazifasini eng ko‘p bajaradigan turkum sifatida ajralib turadi. Umuman olganda, mazkur sintaktik vazifa ravishlar uchun asosiy hisoblanadi. Hol vazifasini bajarish, shuningdek, ravishdoshlar uchun ham asosiy xususiyatdir.
Asliy sifatlar ko‘proq xarakat tarzi holi vazifasida ishlatilsa, fe’lning infinitivi aksariyat hollarda jumladagi maqsad va payt hollari sifatida qo‘llanadi.
Otlar (old ko‘makchili va old ko‘makchisiz) faγat ob’ekt munosabatlarini ifodalamagan, shuningdek, aniqlash - holat, makon, payt, sabab, maqsad, miqdor va ba`zi boshqa ma`nolarni ifodalovchi birikmalar tarkibiga kirmagan holatdagina hol vazifasini bajaradi.
Jumla tarkibida hol vazifasini ravish ma`nosiga ega bo‘lgan sintaktik bo‘linmas turg‘un so‘z birikmalari ham bajarishi mumkin: از سیر تا پیاز az sir tā piyāz “hammasi, boshdan oyoq”.
Hollar o‘zi ifodalaydigan ma`no yo‘nalishlariga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘linadi.
1.Ish-harakatning bajarilish tarzi yoki uning sifat jiqatidan xususiyatini ifodalovchi harakat tarzi hollari, masalan:
او بھتر از ھمھ کار میکند U behtar az hame kār mikonad. “U hammadan yaxshiroq ishlaydi”.
2. O‘rin, payt, sabab, maqsad va shart ma`nolarini ifodalovchi hollar ya`ni, o‘rin holi, payt holi, miqdor holi, sabab holi, maqsad-niyat holi, shart yo‘l berish holi.
Harakat tarzi holi
Harakat tarzi hollari ham ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
ish-harakatning sifatini, xususiyatini aniqlovchi hollar:
من او را محکم بغل کرده ام Man u-rā mohkam baγal karde-am.
“Men uni maqkam quchoqlab olgan edim”.
a.
ish-harakat bjarilishining usuli, tarzini ifodalovchi hollar.
Harakat tarzi hollari ravishlar, asliy sifatlar, old ko‘makchili otlar, arab va fors sifatdosh shakllari va ان -ān qo‘shimchasili ravishdoshlar bilan ifodalanadi.Masalan:
خنده کنان xande konān “kulib”, گریھ کنان geryekonān “yig‘lab”.
Harakat tarzi hollari, shuningdek, frazeologik so‘z birikmalari bilan ifodalanishi mumkin:
با کمال میل bā kamāle meyl “bajonidil”, بھ ھر قیمتی شده be har γiymati šode “nima qilib bo‘lsa ham”.
Quyidagi jumla tarkibiga diqqat qiling:
درخت گردویی مثل گل بیابان پاھایش را جلو پنجره تکیھ داده استDeraxt-e gerdui mesle gul-e biyābān pāhāyaš rā jelov-e panjare takiye dāde ast. “Yong‘oq daraxti saqro devi kabi oyoqlarini deraza oldiga tirab olgan edi”.
O‘rin holi
O‘rin hollari ham ma`nosiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.O‘rin-joy ma`nosini ifodalovchi hol.
2.Ish-harakat yo‘nalishini ifodalovchi hol.
Ish-harakat yo‘nalishini ifodalovchi hollar ham o‘z navbatida uch kichik
turga bo‘linadi:
a.
ish-harakatning umumiy yo‘nalishini ifodalovchi hol;
b.
ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalovchi hol;
v) ish harakatning bajarilish yo‘lini, masofasini ifodalovchi hol.
O‘rin- joy hollari joy, fazo, xona, xudud va shu kabi ma`noga ega otlar yordamida ifodalanadi. Bu otlarga old ko‘makchilar qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan bo‘lishi mumkin. O‘rin joy hollari, shuningdek, اینجا injā, آنجا ānjā, کجا kojā, ھمین جاhaminjā, ھمان جا hamānjā kabi olmosh ravishlar bilan ham ifodalanishi mumkin.
Ish-harakatning umumiy yo‘nalishini ifodalovchi hollar ham old ko‘makchilar orttirilgan/orttirilmagan otlar yoki old ko‘makchi qo‘shilgan/qo‘shilmagan olmosh-ravishlar bilan ifodalanadi:
بلاخره کارش بھ اینجا کشیده است Belāxare kār-aš be injā kešide ast. “Oqibat uning ishi shu yergacha cho‘zilib ketdi”.
Ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalovchi hollar ham old ko‘makchi از az yoki izofali old ko‘makchilar qo‘shilgan otlar, از az old ko‘makchisi orttirilgan olmosh ravishlar yordamida ifodalanadi. از az old ko‘makchisi odatda tushirilib holdirilmaydi:
محترم از دالان برگشت Mohtaram az dālān bar gašt. “Muhtaram yo‘lakdan qaytib kirdi”.
Ish-harakatning bajarilish yo‘li, vositasini ifodalovchi hollar asosan asliy, izofali va murakkab ko‘makchilar qo‘shilgan otlar bilan ifodalanadi:
نامھ را توسط بنده ارسال نممودند Nāme-rā tavassot-e bande ersol namudand. “Nomani men orqali jo‘natishdi”.
Payt holi
Payt holi vazifasida:
a.
ravishlar – حالا hālā - hozir, سابقاً sābeγan - ilgari, اکنون aknun -
hozir, ھمیشھ hamiše - doim, ھمواره hamvāre - muntazam, doim .
b.
old ko‘makchi qo‘shilgan va qo‘shilmagan otlar – صبح sobh - tong,
ertalab, طرف شب taraf-e šab “kechga tomon”
v) old ko‘makchi birikkan fe’l infinitivlari - پس از آمدن pas az āmadan,
در وقت خواندن dar vaγt-e xāndan;
g)sanoq va tartib sonlarning otlar bilan birikmasi: پنج سال panj sāl, ده
ھا سالdahhā sāl.
Payt hollari o‘zlari ifodalayotgan payt ma`nosining qirralariga ko‘ra ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
1.Payt chegarasini belgilamaydigan hollar:
ھمیشھ hamiše, ھمواره hamvāre.
2.Paytni aniq ko‘rsatadigan hollar:
تا بھ حال tā be hāl, تا ھنوز tā hanuz.
Miqdor - me’yor holi
Vaqt davomiyligi, makon kengligi, umuman, miqdor, og‘irlik, qiymat va qajmni ifodalovchi hollar miqdor - me’yor hollari guruhiga kiradi. Bunday hollar vazifasini miqdor ma`nosini beruvchi ravishlar, o‘lchov-me’yor ma`nosidagi otlar, miqdor-o‘lchov ma`nosini ifodalovchi ismiy birikmalar bajaradi:
بسیار Besyār-ko‘p, juda, خیلی xeyli-ko‘p, juda, زیاد ziyād-ko‘p,
کمkam-kam, بلند boland - baland, yuqori, آھستھ āheste- sekin, سھ تومن se tuman - uch tuman va holk:
Jumla tarkibiga diqqat qiling:
صحبت کردن خیلی آھستھ Sohbat kardam xeyli āheste. “Juda ohista suhbatlashdim”.
Sabab holi
Sabab holi vazifasida quyidagi old ko‘makchilar bilan birikkan otlar, olmoshlar va fe’l infinitivlari ishlatiladi:
از az, در اثر dar asar-e, در نتیجھ dar natije-ye, بھ علت be ellat-e va holk.
در اثر نوشتن نامھ خیلی طول چشمانش سرخ سرخ شده بودDar asar-e naveštan-e nāme-ye xeyli tul česhmānaš sorx-e sorx šode bud. “Juda uzun xat yozgani sababli ko‘zlari qip- qizarib ketgan edi”.
Demak, sabab holi kesimdan anglashilgan ish-harakatning qaysi sabab va bois tufayli, nimaning natijasida amalga oshishini ifodalaydi, deb xulosa qilish mumkin.
Maqsad - niyat holi
Maqsad - niyat xolining vazifasi esa ish-harakatn qaysi maqsad-niyatni ko‘zlab bajarilishini ifodalashdir. Mazkur vazifada برای barāye, جھت jehat-e, مخضmaxz-e kabi old ko‘makchilar bilan biriktirilgan otlar, olmoshlar va fe’l infinitivlari ishlatiladi:
مصوب جھت انجام معاینھ عمومی برای کشف سل صادر گردیدMosavvebe jehat-e anjām-e moāyene-ye omumi barāye kašf-e sell sāder gardid. “Sil kasalligini aniqlashga haratilgan umumiy ko‘rik o‘tkazish uchun tegishli qaror e’lon qilindi.”
Bu jumlada asosiy maqsad-niyat holidan tashqari ikkilamchi, ya`ni harakat holidan anglanadigan ish-harakatga tegishli maqsad -niyat holi ham ishlatilgan.
Yo‘l berish holi
Yo‘l berish holi otlar, olmoshlar va fe’l infinitivlarining quyidagi old ko‘makchilar bilin birikish orqali ifodalanadi:
با وجود bā vujud-e, با bā, بر خلاف bar xelāf-e va b.
با وجود بیماری شدید موقع قرار سر کار بودم Bā vujud-e bimāri-ye šadid mouγe'-ye γarār sar-e kār budam. “Qattiq kasal bo‘lishimga qaramay, va`dalashgan vaγtda ishda edim”.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, yo‘l berish holi xuddi to‘siqsiz ergash gaplar kabi ish harakatga to‘siq yasashga intiladi, ammo ish-harakat mazkur to‘siqqa haramay bajarilaveradi.
Izohlash
Izohlash ot yoki otlashgan so‘zlar, so‘z birikmalari bilan ifodalanishi mumkin. Izoqlovchi aniqlanayotgan so‘zga bitishuv usuli bilan yoki izofa yordamida birikadi:
...کشور ایران kešvar-e Irān .. “Eron nomli mamklakat..”.
Bundan tashqari, izoqlovchi aniqlanmishga بھ نام benām-e, تخت عنوانtaxt-e onvān-e kabi old ko‘makchili va izofali birikmalar yordamida ham birikishi mumkin.
Izohlash ba`zi hollarda ya`ni izoqlovchi bog‘lovchisi yordamida amalga oshiriladi:
جناب ولی و بانو... مقابل حضرت آقا پیشنمز شھر ما .ایستادند، یعنی در مقابلھ بھ اصطلاح روحانیونJanābe vāli va bānu... moγābel-e hazrat-e Āγā Pishnamoz-e šahr-e mā istādand, ya`ni dar moγābel-e, be esteloh, ruhoniyun. “Janobi xokim va xonim... xazrati oliylari shaqrimiz imomi oldida to‘xtadilar, ya`ni boshqacha qilib aytganda, ruhoniylar oldida”.
Izoqlovchi aniqlanayotgan so‘zni tavsiflaydi va aniqlaydi, shuningdek, u predmet va qodisalarning nomlanishini ham ko‘rsatish mumkin.
Izoqlovchi yordamida kaso‘z birikmasi kor, egallangan mavqe va maqom ifodalanadi:
...خاتمی رییس جمھور اسلامی ایران Xātami ra`isjomhur-e eslomiye Irān...
“Eron Islom Respublikasi prezidenti Xotamiy...”
Predmet va qodisalarning aniqroq ifodasi ham izoqlovchi yordamida amalga oshadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklarning ajratilishi
Fors tilida gapning ikkinchi darajali bo‘laklarini ajratish ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligi va gapning qaysi bo‘lagiga tegishli ekanligiga harab turli grammatik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ajratib ko‘rsatish uchun eng ko‘p qo‘llanadigan usul gap bo‘laklarining odatiy o‘rinlaridan qo‘zg‘atib boshqa joyga olishdir. Masalan, ifodalanayotgan ma`nolarni ta`kidlab ko‘rsatish uchun vositali to‘ldiruvchilar, o‘rin hollari va holning ba`zi boshqa turlari fe’l kesimdan so‘ng qo‘yilishi ham mumkin. Bu uslub “inversiya” atamasi bilan nomlanadi va ko‘proq og‘zaki til xususiyati hisoblansa-da, badiiy adabiyotda ham juda keng qo‘llanadi:
سوال کنید از او Soāl konid az u “Undan so‘rang”.
از کنار ما رد شدند و رفتند توی مقبره آخر Az kenār-e mā rad šodand va raftand tu-ye maγbare-ye āxer.
“Bizning yonimizdan o‘tib ketdilar va oxirgi maqbara ichiga kirdilar”.
Sifat bilan ifodalangan postpozitiv aniqlovchini ajratib ko‘rsatish aniqlanmishdan so‘ng izofa o‘rniga aniqlik artikli (یای وحدت yo-ye vaxdat) qo‘yish bilan amalga oshiriladi:
مردی عاقل mard-i āγel “oqil odam”
Agar bunday postpozitiv aniqlovchi ot-kesimning ot qismiga tegishli bo‘lsa, aniqlovchi bog‘lamadan keyin qo‘yiladi:
ایران کشوریست کشاورزی Irān kešvarist kešāvarzi. “Eron qishloq
xo‘jaligiga ixtisoslashgan mamlakat”.
Dostları ilə paylaş: |