Homiladorlikda(tug'ishdan oldin) suv ketishi



Yüklə 117,54 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü117,54 Kb.
#36159
Homiladorlikda


Homiladorlikda(tug'ishdan oldin) suv ketishi

Ba'zida tug'ish jarayoni suv ketishi bilan boshlanadi. Suv keta boshlagandan so'ng bir necha soat ichida ayolda to'lg'oqlar boshlanishi mumkin. Statistikani ko'rsatishicha, barcha homiladorliklarning 2% muddatidan oldin suv ketishi bilan yakunlanadi.

Homila bachadonda homila oldi suvlari ichida himoyalanib turgan bo'ladi. Bu suvni membrana ushlab turadi. Agar membrana yorilsa, suv chiqa boshlaydi. Agar suv homiladorlikning 37 haftasidan so'ng keta boshlasa, bu tug'ish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi va odatda bundan so'ng 24 soat ichida bola tug'iladi. Homiladrolikning 37 haftasiga qadar suv ketsa, bola muddatidan oldin tug'iladi va qancha erta suv ketsa, bolada va onada  muammolar bo'lishi ehtimoli shuncha yuqori bo'ladi. 

Muddatidan oldin membrana yorilib suv ketishiga nima sabab bo'ladi?

1. Ayol insiy a'zolarida infeksiya;

2. Homila oldi suvining normadan ko'pligi;

3. Bir nechta homilali homiladorlik (egizaklar);

4. Chekish;

5. Bachadon yo'llarida jarrohlik operasiyasi o'tkazilgani;

6. Bundan oldingi homiladorlikda muddatidan oldin suv ketishi yuz berganligi;

7. Bachadon  yo'li sust rivojlanganligi (kaltaligi);

8. Og'ir ish qilish, og'ir ko'tarish, shikkastlanish.

Agar ayol homiladorlikning 1-trimestrida viruslik kasallik bilan kasallangan bo'lsa, muddatidan oldin suv ketib qolishi ehtimoli yuqori bo'ladi.

Suv ketishining alomatlari qanday?

Bachadon suv ketishining alomatlariga qindan to'xtamay yoki oz-ozdan rangsiz suyuq suyuqlik ajralishini aytish mumkin. U lahta-lahta yoki jelesimon bo'lmaydi, aynan suyuq va toza ko'rinishga ega bo'ladi. Homiladorlikda yuz beradigan qin ajralmalari odatda quyuqroq, sut rangli, hidi bor va qo'lda ushlasa bo'ladigan holatda bo'ladi. Homila oldi suvining hidi bo'lmaydi. Agar siydikni siz mushaklaringiz bilan ushlay olsangiz, bachadon suvini ushlay olmaysiz va u siz kutmaganda oqib ketaveradi. Undan tashqari bachadon oldi suvi ona tana holatini o'zgartiganida oqadi. 

Odatda suv ketganligini aniqlash uchun 4 ko'rsatgichga ahamiyat beriladi:

1. Rangi (rangsiz bo'ladi);

2. Hidi (hidsiz bo'ladi);

3. Miqdori (tomchi-tomchi yoki oqib ketayotgan bo'ladi);

4. Vaqti (agar yotgan holatingizda 30 daqiqa davomida ichki kiyimingiz xo'l bo'layotgan bo'lsa, demak suv ketayotgani aniq). 

Suv ketishi boshlansa nima bo'ladi?

Agar homiladorik muddati 37 haftadan oshgan bo'lsa, u holda tug'ruqxonaga boriladi va tez orada bola tug'iladi.

Homiladorlik muddati 34-37 haftalar oralig'ida bo'lsa ham, odatda shifokor bolani tug'dirib olishni tavsiya qiladi. Suv ketganda bolaga infeksiya kirishi oson bo'lgani uchun unga xavf tug'dirmay sal oldinroq bo'lsa-da, tug'dirib olish yaxshiroq. 

Agar homiladorlikning 34 haftasiga qadar suv ketib qolsa, u holda bu jiddiy holat hisoblanadi. Ona infeksiyalanmagan bo'lsa, to'lg'oqlarni to'xtatib turuvchi muolaja bilan homiladorlik bir necha kun saqlanib turiladi. Onaga faqat yotish kerak bo'ladi. Bu davrda steroidlar ukollari yordamida bolani o'pkasini tezroq rivojlanishiga turtki beriladi. muddatidan oldin tug'ilgan bolaning o'pkalari yaxshiroq rivojlangan bo'lsa, yashab ketishi osonroq bo'ladi. Ona va bola jiddiy nazorat ostida bo'lib, onaga infeksiyaga qarshi antibiotiklar ham qilinadi. Bolaning o'pkalari rivojlangach u muddatidan oldin tug'dirib olinadi va uning jismoniy holatiga qarab ma'lum bir muddatda maxsus jiddiy nazorat va muolajalar  ostida bo'ladi.

Suv ketishi boshlanib to'lg'oqlar boshlanmayotgan bo'lsa, nima bo'ladi?

Odatda suv ketishi boshlangandan so'ng 12-24 soat ichida tug'ish jarayoni boshlanadi. Bolani tug'dirib olishga qaror qilingan bo'lib, to'lg'oqlar boshlanmayotgan bo'lsa, bachadonga infeksiya kirmasligi uchun dori-vositalarni qo'llanilgan holda to'lg'oqlar sun'iy ravishda keltiriladi.

Suv ketayotgan payt nima qilish kerak?

1. Shifoxonaga borish

2. Jinsiy aloqa qilmaslik!

3. Toza tagliklardan foydalanish;

4. Xojatga borganda qinni toza saqlanishiga nihoyatda e'tiborlik bo'lish. 

XAVFLI BELGI! Agar bachadon oldi suvlari yashil rangda chiqayotgan bo'lsa, bu bolada stress holati rivojlanayotgani va unga kislorod yetishmayotganligidan dalolat beradi. Bunda bolani tezroq tug'dirib olish zarur.

Juda kam hollarda suv ketishi jarayonida bolaning kindigi ham tushib qolishi kuzatiladi. Bunda bola zudlik bilan kesarcha usulda tug'dirib olinadi.  




Yüklə 117,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin