Hududlar va mintaqalarda mehnat bozori shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari
Reja
Reja
Mehnat bozori shakllanishi
Mehnat bozorini mintaqaviy tartibga solish
Ishchi kuchiga talabni oshirish usuli
Mehnat bozori shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti boʻlib yollanma xodimlarni oʻz ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur subyektlarni oʻzaro almashuv munosabatiga kirishishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular ham, oʻz navbatida, qayta takror ishlab chiqarishda qishloq aholisi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyoji ifodalanishida namoyon boʻladi.

Ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasida bozor muvozanatiga erishish mehnat bozorining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining oʻnta talab miqdoriga nisbatan tez oʻsishi.
Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq xoʻjaligi tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish, mehnat qoʻllaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar koʻrsatish va shaxsiy mehnat faoliyati koʻlamini kengaytirish, kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar.
Barcha hududlar mehat bozorlaridagi munosabatlarni tartibga solishda ishga yollashda erkin va oʻzaro manfaatli raqobat uslubidan foydalanish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Mehnat bozorida ishchi kuchlarini yollashda erkin va samarali raqobat – yollanuvchilar bilan ish beruvchilar oʻrtasida ishchi kuchlariga boʻlgan erkin talab va taklif tamoyillari asosida mehnat-tovarga oʻzaro manfaatli bahoni oʻrnatish.