Amaliyotda hujjatlarga rasmlar bilan bir qatorda jadvallar ham
joylashtirishga to'g'ri keladi. Jadvallar turli-tuman bo'lishi mumkin.
Masalan,
maktabingizdagi dars jadvali, kundalik daftaringiz yoki sinf
jurnali
sahifasi, biror futbol turniri jadvali va hokazo. Bu jadvallar-
ning ko'rinishi ham, mazmuni ham turlicha bo'lgani
bilan ularning hammasi ma'lum miqdordagi ustun va satrlardan tashkil topgan.
Kalit so'zlar. jadval tushunchasi, jadval joylashtirish, jadvallar us- tida amallar.
JADVAL HAQIDA TUSHUNCHA
Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'ladi. Ular, o'z navbatida, kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi - bu katak. Wordda katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka
matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar joylashtirish ham mumkin.
Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4
ta satrli,
kataklar soni 12 ta (3
4=12) bo'lgan jadvalni keltiramiz: