28-BILET
1Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma'lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi.
Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an'analar, ma'lum darajada kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi.
Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlararo bo‘ladigan ma'lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an'analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi.
Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmay-di. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi. Shuning uchun ham vaqt-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924- yilning 31-dekabrida qabul qilingan bo‘lib (¹ 48), “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay'ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay'atlari tuzilish(i) to‘g‘risi-da” deb nomlangan.
Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e'tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma”,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning “O‘zbek tilida ish yuritish (munshaot)”, yana shu mualliflarning “Ish yuritish” amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbek tilida ish yuritishning me'yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.
2 ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi:
1. Rasmiy hujjatlar. 2. Shaxsiy hujjatlar. Rasmiy hujjatlar “xizmat hujjatlari” deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar tushuniladi. “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: “Ma'muriy boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari”.
Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma'lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma'lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e'lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi.