Huquq «O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga EGA. O‘zbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat



Yüklə 75,72 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü75,72 Kb.
#163399
  1   2   3   4   5   6
Huquq Ingliz tili



Huquq
1. « O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega. O‘zbekistonning Davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat.» - degan qoidalar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida mustahkamlab qo`yilgan?

  1. 120-moddasida. B) 105-moddasida

C) 122-moddasida D) 119-moddasida
2. “Xususiy ajrim” atamasi(tushunchasi)ga berilgan to’g’ri ta’rifni toping.
A) sud muhokamasi davrida hukm bilan bir vaqtda chiqariladigan qaror
B) sudlanganlarning bir qismini qonun asosida to‘la yoki qisman ozodlikka chiqarish
C) qandaydir organ qarorini to‘xtatib turadigan yoki kuchga kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan hujjat
D) ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi ommaviy yurish
3. “Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha
qolmoqda”- yuqoridagi fikrlar kimga tegishli ekanligini toping.

  1. Abrurauf Fitrat

  2. Najmiddin Kubro

  3. Paulo Koelyo

  4. D) Abu Ali ibn Sino

4. Mehnat erkinligi tamoyili nima?
A) majburiy mehnatni taqiqlash
B) mehnatda diskriminatsiyani taqiqlash
C) ish qidirish vaqtida ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash
D) mamlakatning ishlayotgan fuqarolariga ko‘proq huquqlar berish
5. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332-moddasiga muvofiq, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab necha kundan kechiktirmay to`lanishi belgilangan?

  1. besh kundan B) o`n kundan

  2. o‘n besh kundan D) 60 kundan

6. Ishlarning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishi odil sudlovni amalga oshirishdagi qaysi talab hisoblanadi?
A) qonuniylik B) majburiylik
C) adolat D) obyektivlik
7. Nikohdan ajralishning ma’muriy tartibini toping.
A) bunda nikoh mahalla fuqarolar yig`inida ajratiladi B) bunda nikoh sudda ajratiladi
C) bunda nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ajratiladi
D) bunda nikoh jamoatchilik ishtirokidagi sayyor sudda ajratiladi
8. Biror bir mamlakatdagi siyosiy tartibot haqida gapirilganda, birinchi galda quyidagi qaysi xususiyatlar e’tiborga olinadi?
1) davlat hokimiyati qay yo‘sunda tashkil qilinganligi; 2) davlatning qanday tuzilishga ega ekanligi; 3) davlat hokimiyatining qaysi organ qo`lida to`planganligi; 4) fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishi; 5) siyosiy fikrlar xilma-xilligining holati; 6) aholining ijtimoiy faolligi
A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 5
C) 1, 5, 6 D) 2, 3, 4
9. Quyidagi qaysi hujjat alohida fuqarolarga huquqlari buzilayotganligidan BMT qoshidagi maslahat organi — Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga shikoyat qilish imkonini bergan?
A) Bola huquqlari Konvensiyasi
B) Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt
C) Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt
D) Fakultativ bayonnoma
10. Jinoyat tarkibi nima?
A) taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi
B) jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar yig`indisi
C) jinoyat qonunlari bilan muhofaza qilinuvchi ijtimoiy munosabatlarga tahdid qiluvchi jamiyatga qarshi va inson ahloq qoidalaridan chetga chiquvchi harakatlar
D) jinoyat to‘g‘risidagi qonunlarda aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va yetarli obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisi
11. Yillik ta’til ishlayotgan I va II guruh nogironlariga necha kun beriladi?
A) 15 kalendar kun
B) 20 kalendar kun
C) 25 kalendar kun
D) 30 kalendar kun
12. Faqat kimning sanksiyasi (ruxsatnomasi) qamoqqa olish va hibsda saqlash uchun asos bo‘lishi mumkin?
A) sudyaning B) prokurorning
C) tergovchining D) ichki ishlar vazirining
13. Huquqiy davlatning asosiy belgilari berilgan javobni toping.
1) siyosiy partiyalarning faoliyati cheklanishi; 2) hokimiyatning qonuniyligi; 3) Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi; 4) davlat o`rganlari va mansabdorlarga keng vakolat berilishi; 5) sudning mustaqilligi; 6) hokimiyat bir guruhning manfaatlariga hizmat qilishi
A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 5, 6 D) 2, 3, 4
14. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash jinoyatining subyekti quyidagilardan qaysi biri bo`lishi mumkin?
A) 14 yoshga to`lgan shaxslar
B) 16 yoshga to`lgan shaxslar
C) 18 yoshga to`lgan shaxslar
D) muomalaga layoqatsiz shaxslar
15. O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlari Portali (data.gov.uz) qaysi organ huzurida ochilgan?
A) Oliy Majlis B) Vazirlar Mahkamasi
C) Oliy Sud D) Bosh Prokuratura
16. Nechanchi yilda Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasi bitimlari imzolangan?
A) 1952-yilda
B) 1963-yilda
C) 1971-yilda
D) 1985-yilda
17. Quyidagilardan qaysi biri shaxsiy
Huquq hisoblanmaydi?
A) dam olish huquqi
B) yashash joyini erkin tanlash huquqi
C) sudda himoyalanish huquqi
D) turar joy daxlsizligi
18. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari ijtimoiy-siyosiy sohada quyidagilardan qaysilarida namoyon bo‘ladi?
1) nodavlat notijorat tashkilotlarning mavjudligi; 2) o‘zini-o‘zi boshqarish organlar mavjudligi; 3) ilmiy uyushmalarning mustaqilligi ta’minlanganligi; 4) nodavlat ommaviy axborot vositalari mavjudligi; 5) aholi fikrini ifoda etish uchun shart-sharoitlar yaratilganligi; 6) vijdon erkinligi ta’minlanganligi
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 5, 6 D) 2, 3, 4
19.Quyidagi jadvalning qaysi qatorlaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos ravishda berilgan?



t/r

Atama

Atama ta’rifi

1

Kotrabanda

mollarni davlatga g‘ayriqonuniy yo‘l bilan olib o‘tish

2

Obligatsiya

davlat va boshqa organlar tomonidan bajarilgan muammolar uchun undiriladigan pul yig‘imi

3

Subsidiya

davlat budjeti hisobidan mahalliy hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan yordam

4

Ta’magirlik

moddiy manfaatdorlik, ochko‘zlik, dunyo orttirish yo‘lida qilingan jinoiy harakat

5

Emansipatsiya

muayyan masalalarni ekspertlar tomonidan tekshirib o‘rganilishi

6

Shirkat

korxonalarda asosiy ish bilan birgalikda boshqa pulli lavozimda ishlash

A) 1, 3, 5 B) 2, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 2, 4, 6


20. Huquqiy munosabatlar mazmuni quyidagilardan qaysi birini o`z ichiga oladi?



  1. obyekt va subyekt

  2. subyektiv huquq va yuridik majburiyat

  3. gipoteza va dispozitsiya

  4. ahloq va huquq

21. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o’rniga mantiqan mos keluvchi to’g’ri javoblarni aniqlang.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi:
1) XVII bob- Qoraqalpog`iston Respublikasi; 2) XVIII bob- O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis; 3) XIX bob- …? 4) XX bob- …?
A) Mahalliy davlat hokimiyat organlarining tashkil etilishi, Vazirlar Mahkamasi
B) Mahalliy davlat hokimiyat organlarining tashkil etilishi, O`zbekiston Respublikasi Sud tizimi
C) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Sud tizimi
D) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi
22. “Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.” degan qoidalar Konstitutsiyaning nechanchi moddasida mustahkamlab qo`yilgan?
A) 59-moddasida B) 53-moddasida
C) 67-moddasida D) 62-moddasida
23. Federativ tuzilishga ega davlatlarni belgilang.
1) Shvetsiya; 2) Belgiya; 3) Pokiston; 4) Finlandiya; 5) Portugaliya; 6) Avstriya
A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 6
C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 6
24. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif qancha vaqt o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin?
A) bir yil B) ikki yil C) uch yil D)to’rt yil
25. 1999-yil 17-iyunda qabul qilingan hujjatni toping.
A) “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiya
B) “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi Konvensiya
C) “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”
D) “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”

26. “Agar sen inson bo‘lsang, xalq ehtiyoji to‘g‘risida qayg‘urmaydiganni inson deb atamagin” – yuqoridagi fikrlar mualllifini toping.


A) Alisher Navoiy B) Abu Nasr Farobiy
C) Aristotel D) Abu Ali ibn Sino
27. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni qanday huquqiy munosabatlarga ajratish qabul qilingan?
A) moddiy va protsessual B) moddiy va yozma
C) og‘zaki va protsessual D) moddiy va huquqiy
28. Huquq normasining belgilari berilmagan javobni toping.
A) davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi
B) jamoatchilik fikri orqali qaror topadi
C) jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlayd
D) zarur bo‘lgan hollarda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi
29. 1995-yil 22-dekabrda O`zbekiston Respublikasi quyidagi qaysi tashkilotga qabul qilingan?
A) YXHT B) YUNESKO
C) YUNISEF D) SHHT
30. Qaysi javobda so‘nggi yillarda sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohot berilgan?
A) Konstitutsion sudga Prezident qaror va farmonlarining Konstitutsiyaga mosligini aniqlash vakolati berildi
B) Sudlar mustaqilligini ta’minlash uchun Adliya vazirligi qoshida Sudyalar Oliy Kengashi tashkil etildi
C) Oliy Xo`jalik Sudi va Oliy harbiy Sud birlashtirildi
D) Bosh Prokuratura qoshida Davlat Xizmatlari agentligi tashkil etildi



Yüklə 75,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin