O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
2023-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI
TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 22-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 27-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu
Qonunning
maqsadi
2023-yil
uchun
O‘zbekiston
Respublikasining
konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga
solishdan iborat.
2-modda. Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun O‘zbekiston
Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘laridan foydalanish
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining
respublika budjetidan (bundan buyon matnda respublika budjeti deb yuritiladi) ushbu Qonunga
muvofiq ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2023 moliya yili davomida foydalaniladi va ular
kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar o‘zining joriy xarajatlarini, shu
jumladan davlat rivojlantirish dasturlarini (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb
yuritiladi) amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘larni bir rivojlantirish dasturidan boshqa
rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) qaroriga asosan
respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘larining 10 foizgacha bo‘lgan cheklangan
miqdorlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlaridan moliyalashtiriladigan o‘z tasarrufidagi tashkilotlarga yo‘naltirishga haqli.
Vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining
samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni hisobot
choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim
etadi.
Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni moliyalashtirishni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga chet el manbalaridan
(chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el
hukumatlarining moliya tashkilotlaridan) ajratiladigan grant mablag‘larining (bundan miqdorlari va
tarmoqlarini O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mustaqil ravishda aniqlash shartlari
(imkoniyatlari) bilan ajratiladigan grant mablag‘lari mustasno) belgilangan miqdorlari ushbu
Qonunga o‘zgartish kiritilmasdan ko‘paytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi darajali budjet
mablag‘larini taqsimlovchilarning respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish
to‘g‘risida, shuningdek rivojlantirish dasturi maqsadli indikatorlarining bajarilish holati to‘g‘risidagi
hisobotlarni eshitishni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |