2023-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


-modda. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/46
tarix22.04.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#101619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
13-modda. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarini 
amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladigan 
qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar 
va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan 
amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar 
va shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan 
to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar uchun xarajatlar rejalashtirilishini nazarda 
tutgan holda shakllantiradi. 
Choraklar yakunlari bo‘yicha ushbu Qonunga 
6-ilovada
 keltirilgan daromadlarning prognoz 
ko‘rsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra 
5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmagan va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish 
ehtimoli bo‘lmagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 


Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha choralar 
ko‘rish bilan birga tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan so‘rov 
bilan murojaat qiladi hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda 
belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tegishli chorakdagi mahalliy ijro hokimiyati organlarining 
faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bajarilmagan va moliya yili oxirigacha ushbu 
mablag‘larning tushish ehtimoli mavjud bo‘lmagan budjet daromadlari turlarining prognoz 
ko‘rsatkichlari aniqlashtiriladi hamda ushbu summa boshqa daromad manbalari yoki respublika 
budjeti hisobidan qoplanadi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xuddi shunday tartibda murojaat 
qiladi. 
2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining umumiy o‘rta 
ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari obyektlarini 
loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlashga, shuningdek 
sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obyektlarni 
loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklash 
ishlariga doir xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning 
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladi. 
Hududlardagi barcha issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan 
issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) O‘zbekiston Respublikasi 
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy organlarining xulosalariga ko‘ra, tegishincha 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar 
Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) yil davomida 
qayta ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar aholiga pasaytirilgan 
tariflar qo‘llanilishi natijasida ko‘rgan zararlarining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larga 
bo‘lgan talab Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining 
va Toshkent shahri shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin