makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2024-2025-yillar uchun maqsadli mo‘ljallar
2-ilovaga
muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi va xarajatlari
2023-yil uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda O‘zbekiston
Respublikasi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda
ularning xarajatlari
3-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
5-modda. Respublika budjetining daromadlari prognozi va xarajatlari
2023-yil uchun respublika budjetining daromadlari prognozi
4-ilovaga
muvofiq ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
2023-yil uchun birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga
respublika
budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘larining
cheklangan miqdorlari
5-ilovaga
muvofiq
tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud va prokuratura organlarining budjetdan
tashqari jamg‘armalariga soliqlar, davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy
jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning
bir qismi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika
budjetiga o‘tkazilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: