2023-yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti to‘G‘risida


-modda. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi barqarorligini



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix22.04.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#101619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
9-modda. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi barqarorligini 
ta’minlash 
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha 
daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi 
uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda: 
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni 
qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
tomonidan; 
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizidan kam miqdordagi xarajatlarni 
qisqartirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining 
qarori asosida amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va 
Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlarini qisqartirish 
bo‘yicha qarorlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari 
viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi. 
Budjetlar xarajatlarini qisqartirishda budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘larini 
oluvchilarning budjet mablag‘larini o‘zlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy 
majburiyatlari hisobga olinadi. Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni kamaytirish 
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 
120-moddasiga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining 
kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmini belgilash 
O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb 
qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 
60 foizdan oshmasligi kerak. 
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va 
O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik 
imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun — 2,0 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirish uchun — 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilansin. 
2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli 
qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 17,0 trln so‘m miqdorida belgilansin. Bunda moliya yili 
davomida chiqariladigan hamda joriy yilda qoplanadigan O‘zbekiston Respublikasining davlat 
qimmatli qog‘ozlari cheklangan sof hajmga kiritilmaydi. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin