Husnixat darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish metodikasi



Yüklə 20,19 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü20,19 Kb.
#134854
5-MAVZU NAZARIY


Husnixat darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish metodikasi
Inson o’z fikrini boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’’lib ular o’z o’rnida afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga ko’rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatg a o’rgatish extiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixat bilan yozishga o’rgatish met odikasi ularda aniq , chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini o’qitish usullarini yozuviga o’rgatishning gigeyenik shartlarini, o’quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganishi boshlang’ich sinflardan boshlanadi. 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun o’qtuvchining o’zi husnixat bilan yozishi, shu bila n birga o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgata olishi kerak.
Husnixat va uni o’rgatish fani amaliy fan bo’l ib u chiroyli yozishga o’rgatish bilan bir qatorda o’qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan Husnixat va uni o’tilish metodikasi fanining maqsadi:

  1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.

  2. Talabalarni-bo’lg’usi o’qituvchilarni husnixat tal ablari asosida yozishga o’rgatish.

  3. Boshlang’ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’r gatishning metod va usullari bilan qurollantirish.

Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o’qitish metodikasining o’z predmeti bor. Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to’g’ri chiroyli yozishga o’rgatish hisoblanadi.
Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  • talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;

  • o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish;

  • boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga o’rgatish;

  • boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari bilan tanishtirish.

Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini hosil qiladi.
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar , o’z hato kamchiliklarini ham o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtim oiy ahamiyatga ega bo’lib turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kit obxonning ko’p vaqt sarflashiga to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi 30 talab o’quvchlar daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmay digan qilib yozgan bo’lsa o’qituvchining ham unga ko’p vaqti sarf bo’ladi. An iq va ravon qilib yozgan dastxati o’qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi talimiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Husnixat va uni o’qitish metodikasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqada bo’lib ularning natijalariga tayanadi.
Amaliy fan hisoblangan husnixat va uni o’qitish metodikasi til o’rganish jarayoni hamdir. Yozish uchun tanlangan til faktlari ayni vaqtda adabiy tilni o’zlashtirib borishga yordam beradi.
Pedagogika ta’lim tarbiya haqidagi fandir. U ta’lim-tarbiya tamoyillarini belgilab beradi, barkamol shahsni tarbiyalash yo’llarini ko’rsatadi. Husnixat va uni o’qitish metodikasi pedagogikaning ana shu qoidalariga asoslanadi yaniy husnixatga o’rgatishda ta’lim-tarbiya birligiga ama l qiladi.
Husnixat va uni o’qitish metodikasining asoslaridan yana biri psixologiyadir. Psixalogiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak, havas, qobiliyat kabi tushunchalar haqida ma’lumot beradi. Husnixatga o’rgatishda bola psixologiyasidagi yuqoridagi holatlarga tayanib ish ko’riladi, o’quv materiali tanlanadi, sinflar bo’yiicha taqsimlanadi.
Fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarix fanlari ham husnixat va uni o’qitish metodikasi bilan uzviy aloqadadir.
O’quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati qo’l harakatlari, yozganlarini to’g’ri, aniq tallafuz qilishda fiziol ogiyaga tayansa yozuv uchun tanishgan matnni tahlil qilishda adabiyotshunoslik materiallariga, yozuvning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi tutgan o’rnini tushunishda esa tarix fanining yutuqlariga asoslangan holda ish ko’radi.
Yüklə 20,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin