I bob. Iroda haqida umumiy tushuncha 3



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə1/12
tarix21.12.2023
ölçüsü112,3 Kb.
#188589
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
I bob. Iroda haqida umumiy tushuncha 3

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

MUNDARIJA

KIRISH 1
I BOB. IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA 3
1.1. Iroda haqida umumiy tushuncha 3
1.2. Iroda va o‘zlikni anglash 10
1.3. Irodaning psixologik talqini 17
II. BOB. IRODANING AMALIY JIHATDAN O‘RGANISH 21
2.1. Iroda borasidagi nazariyalar 21
2.2 Irodani o‘rganinshning yangi qirralari 25
2.3. O‘rta osiyo mutaffakirlari shaxsning irodaviy sifatlari haqida 27
Xulosa 32
Foydalanilgan adabiyotlar: 34

KIRISH


O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Asarida “Iroda – bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo‘lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo‘lidan kelganicha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi” deb ta’kidlaganlar. 1
Shuningdek, birinchi Prezidentimiz o‘z fikrlarini yanada rivojlantirib mazkur asarlarida yana shunday yozadilar: “Bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo‘nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Faqat ana shunday asosda yoshlarni o‘z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin”. 1
Psixologiya fanidagi irodaga taalluqli ta’riflarni umumlashtirgan holda uni mana bunday shaklda tavsiflash mumkin: “Iroda – bu shaxsning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvori va muomalasini ongli ravishda tashkil qilishi, o‘zgartirishlar kiritishi hamda o‘zini o‘zi boshqarishi demakdir. Iroda – bu shaxs faoliyati, muomalasining alohida shakli, sub’ekt xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan o‘ziga xos turidir. Iroda tabiat, jamiyat, shaxs kamoloti qonuniyatlarini egallab oladigan va shu tariqa ularni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan shaxsning mehnat, o‘yin, o‘quv faoliyatida, muomala jarayonida, xulq-atvorida paydo bo‘ladi”.
O‘smirlar xarakterning irodaviy xususiyatlarini shakllantirish muammosining dolzarbligi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu muammo mamlakatimizning Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, Oliy Majlis sessiyalarida va psixologiyaning sohasiga oid adabiyotlarda ko‘p marta yoritilgan. 1-Prezidentimiz o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» va «O‘zbekiston yangilanish va taraqqiyot yo‘lida» nomli asarlarida ko‘rsatib o‘tganidek, O‘zbekiston Respublikasi kishilarining ruhiyatini shakllantirishga jiddiy ta’sir qiladigan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda Mazkur nuqtai nazardan har bir o‘quvchida shaxs fazilatlarini shakllantirish jarayoniga, ayniqsa, uning irodaviy sifatlarni tarkib toptirishga jiddiy e’tibor qaratish orqaligina ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligini ta’minlash mumkin

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin