I eng muhim ekologik muammolar, ularni hal etishning dolzarbligi



Yüklə 89,32 Kb.
səhifə1/7
tarix04.02.2022
ölçüsü89,32 Kb.
#52100
  1   2   3   4   5   6   7
I eng muhim ekologik muammolar, ularni hal etishning dolzarbligi


I.2. Eng muhim ekologik muammolar, ularni hal etishning dolzarbligi

Respublikamizdagi eng muhim ekologik muammolarni va ularni oldini olish chora- tadbirlarini Sayyoramiz kelajagi, insoniyatning taqdiri hozirgi davrda ko’p jihatdan ekologik muammolar yechimiga bog’liq bo’lib qoldi. Ekologik muammo keyingi o’n yilliklar davomida yana keskinlashib ketdi. Havoning ifloslanishi, ichimlik suvning o’ta taqchilligi, ona zaminning zaharlanishi, ekish va hosil olish mumkin bo’lgan unumdor yerlarning yer osti va yer usti boyliklarining o’simliklarning va hayvonlar nodir turlarining kamayib borayotganligi hamda atmosfera haroratining sezilarli darajada oshib borayotganligidan insoniyat behad azob chekmoqda. XX asr tugab XXI asrning dastlabki kunlarida, asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch keldi. Hozir sayyoramizda quyidagi global ekologik muammolar o’z yechimini kutmoqda:





Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mosdir. Sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ekologik muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.

O’zbekiston Respublikasi dunyodagi barcha mamlakatlar, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlik va hamjihatlikda tabiatni, atrof muhitni himoya qilish, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalalariga katta e’tibor va ahamiyat berib kelinmoqda. Buning natijasi o’laroq, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari Respublikamizda ko’plab qabul qilingi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida belgilab qo’yilganidek “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburlar”.

Insoniyatning kelajakdagi taqdiri hozirgi davrda mavjud ekologik muammolarni qanday hal qilishga, ekologik muammolardan aholini, tabiatni qanday muhofaza qilishga bog’liq bo’lib qoldi. Bunday deyilishida juda katta ma’no, tarixiy zaruriyat, ob’yektiv ehtiyoj bor. Chunki ekologik muammo zamirida alohida xalqlar millatlar va mintaqlarnigina emas balki butun insoniyatning kelajak taqdiri yotibdi.

Uzoq yillar davomida eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida Markaziy Osiyi mintaqasidagi ekologik muammolarga e’tibor berilmadi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag’ ajratilardi. Bu mablag’ tabiatga yetkazilgan zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit va atmosfera havosining ifloslanishi, toza ichimlik suvi yetishmasligi tashvishli hol ekani haqida bilib, bilmaslikga olindi. Qonunlar rasmiyat uchun qabul qilinadiyu, ammo ular hayotga joriy etilmadi. Sho’ro tuzumi davrida inson tabiatni o’z irodasiga bo’ysundirishi lozim degan soxta aqida uzoq yillar ustuvorlik qildi. Natijada barcha hududlarda ekologik muvozanat qo’pol ravishda buzildi. Mintaqamizda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi.

O’zbekiston Respublikasiga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan aytib o’tganimizdek paxta yakka hokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot og’ir meros bo’lib qoldi. Respublikamizga xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o’lka sifatida qaraldi. Mamlakatimizdan katta miqdorda yetishtirilgan paxta hosilining aksariyat hajmi tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorining o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas edi.

Hududimizda yuz bera boshlagan ekologik inqiroz nihoyatda keskinlashib ketib, ijtimoiy tus ola boshladi. Ekologik tanazzuldan esa keng jamoatchilik tashvishga tushishi tabiiy hol,albatta. Odamlar qanday xavf qarshisida turganliklarini, atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar qanday ko’rgiliklarga olib kelganligini yaqqol his etdilar. Tabiatga qo’pol va takabburlarcha munosabatda bo’lish odamlarning qirilib, genofondning yo’q bo’lib ketishiga muqarrar ravishda olib kelishini tushunib yetgan kishilar, olimlar, shoir va yozuvchilar, mutaxassislar, deputatlar bong ura boshladilar. Dunyoning hamma mamlakatlarida, boshqa mintaqalarda sodir bo’lganidek Markaziy Osiyoda, O’zbekistonda ham ekologik muammolar dolzarb bo’lib qoldi. O’zbekistonda eng xavfi ekologik muammolar toza havo, ichimlik suv, tuproq tarkibining buzilishi va Orol dengizi muammolari hisoblanadi, mazkur “Ekologik muammolaf’ fanini o’rganish davomida bu muammolarning har birini ilmiy asoslangan holda qarab, tahlil qilib, oldini olish chora-tadbirlarini belgilaydi. Hammamiz havoning ifloslanishi, suvning ifloslanishi, shaharlarning qayta cho’llanishini, bog’larning qurib qolishi va shunga o’xshash muammolarni birgalikda oldini olishimiz, bartaraf etishimiz kerak, yo’qsa shoir bashorat qilganidek tog’u- bog’lar biz va bizning kelajak avlodlarimiz uchun bir butun shirin xayol bo’lib qolishi, armonga aylanishi mumkin:

Tayanch so’zlar: Biosfera, atmosferaning dimiqishi, ozon tuynugi, tuproq Eroziyasi, global, regional, lokal, pestisid.

Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan takidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bogAliq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.




Yüklə 89,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin