I. Kirish 1 Neftni qayta ishlash jarayonlari va bosqichlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə1/6
tarix24.05.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#59291
  1   2   3   4   5   6
2 5474621664899635003




Mavzu: Neftni qayta ishlash jarayonining sanoatdagi taraqqiyoti
Reja:
I. Kirish
1.1 Neftni qayta ishlash jarayonlari va bosqichlari
1.2 Neft va neft fraksiyalarini sanoatda qayta ishlash kimyoviy jarayonlari
Il. Neftni qayta ishlash jarayonining sanoatdagi taraqqiyoti
2.1 Neftning klasifikatsiyasi
2.2 Neft tarkibidan olinadigan eng muhim neft mahsulotlari

Kirish
Jahondagi ilg’or iqtisodiy tadqiqot markazlarining ma’lum qilishicha, XXI-asrda dunyo bo’yicha resurslar iste’moli sezilarli ravishda o’sishi, bu birinchi navbatda iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilishi mumkinligi haqida bashorat qilinmoqda. Bu holat jahon energetika resusrlari bazasini qo’shimcha ravishda rivojlantirishni talab etmoqda.


Shu bilan bir qatorda mustaqillikka erishganimizdan so’ng prezidentimiz tashabbusi bilan neft mustaqilligiga erishildi. Shundan so’ng bu sohaga alohida, chuqur e’tibor berila boshlandi. Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xo’jaligining asosiy bo’g’ini bo’lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi.
Respublikamiz mustaqil bo’lgandan neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Ilgarigi o’z holicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq – “O’zbekneftgaz” milliy holding korporatsiyasiga birlashtirildi.
Bu korporatsiyaning tarkibida neft va gazni qayta ishlash bo’yicha
uchta yirik korxona ishlab turibdi. Bular : “O’zneftni qayta ishlash” davlat sanoat birlashmasi, Sho’rtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodlari, “O’zneftni qayta ishlash” birlashmasi tarkibiga Farg’ona, Oltiariq va Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodlari kiradi. Bu korxonalar uchun xomashyo neft, gaz kondensati va tabiiy gaz hisoblanadi. Gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga o’xshash bo’lib, faqat qaynash tempuraturasining oxiri bilan farqlanadi. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi.
Neft va gaz kondensatini qayta ishlash ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi. Birinchisi yoqilg’i yo’nalishi. Buna neft va gaz kondensatini atmosfera bosimining 360° C gacha qizdirib, ulardan benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi fraksiyalarini ajratib olinadi. Qolgan og’ir qismi-mazutni katalitik kreking, termik kreking yoki gidrokreking qurilmalariga berilib, qo’shimcha ravishda benzin, kerosin va dizel yoqilg’isi olinadi
Yengil fraksiyalar ajratib olingandan so’ng, og’ir qoldiq mazut vacuum sharoitida ishlaydigan qurilmalarda har xil fraksiyalarga ajratiladi. Har qaysi fraksiya aloxida – aloxida tozalanib, ulardan turli moylar olinadi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin