Mavzu: Auditorlik tekshiruvi shakllari Reja: I Kirish II Asosiy qism Auditorlik tekshiruvi, maqsadi
Auditorning mijoz oldidagi xat-majburiyati
Tekshirish o’tkazishda shartnoma
III Xulosa
Auditorlik tekshiruvi, maqsadi Auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi tekshiruv jarayonida aniqlangan xatoliklarni aniqlab, ularni o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha kerakli ko’rsatmalarni berish hisoblanadi. Shu boisdan auditorlik tekshiruvi amaliyotida tekshiruvni amalga oshirishning turli xil shakllarini qo’llashni talba qiladi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shakllari uslubiy xarakterga ega bo’lganligi tufayli ko’pincha uni auditni o’tkazish texnikasi ham deb atashadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish muddati, tekshiruvda foydalaniladigan manbalarning hajmi va turi, uni amalga oshirishning usullariga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvini o’tkazishning turli xil shakllari farqlanadi. Audit o’tkazishning muddatiga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvi quyidagi turlarga bo’linadi: Qayta auditorliktekshiruvi; Joriy auditorliktekshiruvi; Yakuniy auditorliktekshiruvi. Qayta auditorlik tekshiruvi hali boshlanmagan ishlarni nazorat qilishni ko’zda tutadi. Bunday auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan maqsad keyinchalik har xil xatoliklar va qonunbuzarlik holatlarini oldini olishdan iborat. Korxona va tashkilotlarda oldingi auditorlik tekshiruvi asosan mehnat munosabatlari, moddiy va moliyaviy resurslar bo’yicha o’tkaziladi. Oldingi auditorlik tekshiruvi xodimlarning malaka darajasini oshirish, qonunchilikka rioya qilish, xo’jalik reserslarining maqsadli va samarali ishlatilishinita’minlaydi. Oldingi auditorlik tekshiruvi odatda ichki auditorlar hamda korxona mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi. Keyingi vaqtlarda auditorlik tekshiruvining ushbu shakli tashqi auditorlar tomonidan ham o’tkazilmoqda. Oldingi auditorlik tekshiruvi eng ko’p qo’llaniladigan ob’ekt bu investitsiya loyihalari samaradorligini baholashdir. Aynan investitsiya loyihalarining samaradorligi baholanganda ichki auditorlar hali loyiha amalga oshirilmasdan oldin unga yo’naltiriladigan xarajatlarning maqsadli ekanligini hamda ularning oqlanuvchanlik darajasini aniqlaydilar. Joriy auditorlik tekshiruvi xo’jalik muomalasi sodir bo’layotgan vaziyatda o’tkaziladi. Auditorlik tekshiruvining bu shakli xatolar va kamchilik yuz bergan vaqtda ularni tezkor ravishda to’g’rilash hamda bu vaziyatda ilg’or tajribalarni qo’llashni tatbiq etishni ta’minlaydi. Bu shaklning afzalligi shundaki, xatolar yuz bergan vaqtda ularni o’z vaqtida to’g’rilash imkoniyatini beradi. Shuningdek, joriy auditorlik tekshiruvi korxonada «doimiy» xatolarni aniqlash imkoniyatini ham beradi. Joriy auditorlik tekshiruvi ichki auditorlar tomonidan ham, tashqi auditorlar tomonidan ham o’tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tashabbuskorlik hamda majburiy tarzda o’tkaziladi. Majburiy auditda joriy auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchli ekanligini tasdiqlash uchun qo’llaniladi. Yakuniy auditorlik tekshiruvi xo’jalik muomalalari sodir bo’lganidan, ish bajarib, tugallanganidan keyin o’tkaziladi. Bu shakldagi auditorlik tekshiruvi ancha kech, ya’ni muomalalar sodir bo’lgandan keyin o’tkazilsada, uning o’rni muhimdir. Yakuniy auditorlik tekshiruvining muhim vazifalaridan biri – bu korxonada yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolar xususidagi ma’lumotlarni rahbariyatga berishdir. Bu ma’lumotlar asosida korxona keraklicha xulosalar chiqarishi hamda keyingi rejalarda, loyihalarda audit natijalaridan foydalanishi mumkin. Majburiy audit, odatda, yakuniy auditorlik tekshiruvi shaklida bo’ladi. Chunki barcha xo’jalik muomalalari o’tgan hisobot davrida sodir bo’lgan hamda auditor xulosa yozayotganda bevosita o’tgan davr uchun yozadi. Yakuniy auditorlik tekshiruvining eng muhim ustunligi shundaki, u audit qilish jarayonida barcha ob’ektlarni qamrab oladi. Chunki auditorlik firmasi yoki auditor xulosa yozishda korxonaning butun faoliyatini o’rganib chiqishi lozim bo’ladi. Auditorlik tekshiruvlari manbalari nuqtai nazaridan ikkiga bo’linadi: Hujjatli tekshirish; Haqiqiytekshirish. Hujjatli tekshirish xo’jalik muomalalarining to’g’ri bajarilganligini aniqlash maqsadida hujjatlar bo’yicha tekshirishning amalga oshirilishini anglatadi. Hujjatli tekshirishning manbalari bo’lib birlamchi va yig’ma hujjatlar, hisob registrlari, tashkilotning biznes-reja hamda hisobotlari va boshqalar hisoblanadi. Haqiqiy nazorat tekshiriladigan ob’ektning real, amaldagi holatini aniqlash maqsadida inventarizatsiya, laboratoriya analizi va boshqa usullar yordamida o’tkaziladi. Bunday nazorat turi auditorlik amaliyotida korxonadagi mavjud mulkning naqdligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bundan tashqari hujjatli tekshiruv pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, tovar-moddiy zahiralarning haqiqiy holati, asosiy vositalardan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiruvni amalga oshirish usuli nuqtai nazaridan auditorlik tekshiruvlari quyidlagi turlarga bo’linadi: kamomad va xatolarning aybdorlariniqidirish; xo’jaliktortishuvi; iqtisodiytahlil. Kamomad va xatoliklarning aybdorlarini qidirish korxonaga moddiy zarar etkazgan shaxslarni va ularning etkazgan zarar summalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshiruv usulining muhim xususiyati shundaki, u nafaqat moddiy zarar summasini qoplashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki zarar summalari bo’yicha aybdorlar jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin. Xo’jalik tortishuvi – bu korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan bo’layotgan o’zaro hisob-kitoblarining qonuniyligini aniqlash usulidir. Xo’jalik tortishuvi korxonalar bilan mahsulot etkazib berish munosabatlarida ham, soliq organlari bilan munosabatlarda ham yuzaga kelishi mumkin. Ko’pincha xo’jalik tortishuvlari «tinchlik yo’li» bilan hal etiladi, agarda u kengroq ko’lamda bo’lsa, sud organlari orqali hal etiladi. Agar ikki tomon o’rtasida o’zaro bahsli vaziyat vujudga kelsa, bir tomonning tashabbusi bilan auditor xo’jalik tortishuvi usulini qo’llaydi. Bunday tekshiruv natijalari ma’lumotnomalar, tavsiyalar va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Iqtisodiy tahlil korxona moliya-xo’jalik faoliyatining samaradorligiga baho berishda keng qo’llaniladi. Iqtisodiy tahlil natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi, mulkning likvidligi va boshqa moliyaviy koeffitsientlar aniqlanadi. Iqtisodiy tahlil natijalari jadvallar, grafiklar, formulalar, matnli yozuvlar ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Auditorlik tekshiruvidan oldin audit guruhi boshlig’i tomonidan dastur ishlab chiqiladi va unda quyidagilar ko’rsatiladi: auditning maqsadi; tekshirishga qo’yilgan korxonaning asosiy uchastkalari va hisobbo’limlari; guruh a’zolari o’rtasida vazifalarningbiriktirilishi; tekshirish boshlanishi va tugatilishining muddati va davom etishmuddati. Auditning maqsadi auditor korxonaga nima maqsadda kelganligi va tekshirish korxona uchun qanday ahamiyatga ega bo’lishi bilan belgilanadi. Auditor korxona hisob ishlarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun keladi. Audit davomida ish olib boriladigan uchastkalar dasturda ko’rsatiladi. Eng avvalo, korxona moliya-xo’jalik faoliyatida va uning moliyaviy natijalarining shakllanishida eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan uchastkalar tanlab olinadi. Agar tekshiriladigan uchastkalar noto’g’ri tanlansa, bunga auditor javobgar hisoblanadi. Har bir tekshiriladigan uchastkada tekshirish turi – to’liq yoki tanlov yo’li bilan belgilanadi. To’liq tanlash kassa muomalalarida, bank hujjatlari, bo’nak hujjatlari, ta’sischilar bilan hisoblashish haqi, ishlab chiqarish zahiralari, hisoblashishlar bo’yicha olib boriladi. Agar u alohida olib borilsa, tanlab tekshirish bo’ladi. Materiallar hujjatlarning etishmasligi tufayli, odatda, to’liq tekshirish qiyinlashadi. Yangi auditorlarga kassa va bo’nak hujjatlarini, malakali auditorlarga bosh daftar va hisobotni tekshirish yuklatiladi. Auditorlik tekshiruvining davomiyligi har xil bo’ladi, 2 haftalik tekshirish aniqroq va to’liqroq ma’lumotni berishi mumkin. Har xil sabablar tufayli tekshirish cho’zilishi mumkin. Tekshirish dasturini tuzish, mutaxassislarni guruhlarga bo’lish, auditorlik xulosasini yozish uchun mijoz korxona haqida ma’lumot bo’lishi kerak. Unda quyidagilar bayon etiladi: korxonaning tarmoq xususiyati; korxonaning tashkiliytuzilishi; ishlab chiqarish aloqalari (mol etkazib beruvchilar, pudratchilarbilan); moliyaviyaloqalari; yuridik majburiyati (DSI, davlat maqsadli fondlari oldida majburiyat). Korxona haqidagi ma’lumot bo’lib, quyidagilarhisoblanadi: Hisob ishlariga aloqador bo’lmagan xodimlar, o’rta zveno ishchilari, oliy boshqaruv xodimlarining berilgan savollargafikrlari. Asosiy ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlar, omborlarni borib ko’rish va ko’zdankechirish. Ichki va tashqi hisobotlar va nashrlar. Tashqi hisobotilarga – ish bilan bog’liq nashrlar, tarmoq bo’yicha analitik hisobotlar tahlili, asosiy raqobatchi va tarmoqdagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan taqqoslash va hokazolar. Ichki hisobotlar – Ta’sischilar umumiy yig’ilishining bayonnomasi, loyiha-smeta hisobotlari, ichki auditor hisoboti vaboshqalar. Auditor mijozning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni bilishishart. Har bir iqtisodiy sub’ektning individual xususiyatidan kelib chiqib, audit strategiyasi tanlab olinadi. Tekshirish strategiyasida quyidagilar belgilab olinadi: tekshirish dasturini tuzishda axborotlaryig’ish; yig’ilgan axborotlarni o’qish; auditorlik tavakkalchiligini qayta baholash; tekshirishning mohiyatini, davomiyligini, chegaralarini belgilash. Tekshirish strategiyasi audit rejasi ko’rinishidarasmiylashtiriladi.