Ichki taqriz



Yüklə 34 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü34 Kb.
#132310
01 ichki taqriz SOJIDA (2)


Namangan davlat universiteti 70310901- Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi O’rolova Sojida Xayitboy qizining “Pedagogning kasbiy faoliyatdan qoniqishida ijtimoiy perseptsiya fenomenlarining shakllanishi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga


ICHKI TAQRIZ

Bugun Yangi Renessans davrining o’ziga xos tаrаqqiyoti yo’lidаn bоrаyotgаn O’zbеkistоndа yangichа fikrlаydigаn, bo’lаyotgаn vоqеа-hоdisаlаrgа erkin munоsаbаt bildirаdigаn, ijоdiy vа tаnqidiy mushоhаdа yuritаdigаn mulоqоt fenomenlarini o’rgаngаn insоnlаrni tаrbiyalаsh uchun kеng imkоniyatlаr yarаtib bеrilmоqdа. Ijtimoiy persepsiya fenomenlarining namоyon bo`lishi, ularni diagnоstika qilish, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi ijtimoiy pertseptsiya fenomenlarini o’zaro baholashni to`g’ri bоshqarish va rivоjlantirish hozirgi vaqtda muhim hisoblanadi.


Ushbu dissertatsiya ishi 3 ta bob, xulosa va adabiyotlardan iborat hamda pedagogning kasbiy faoliatdan qoniqishida ijtimoiy pertseptsiya fenomenlarining shakllanishi, refleksivlik va empativlik xususiyatlarini o’rganish tajribasi natijalari tahlili keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobida ijtimoiy pertseptsiya fenomenlarining shakllanish jarayoni muammosining ilmiy adabiyotlarda o’rganilganligi, ijtimoiy pertseptsiya fenomenlarining umumiy qonuniyatlari bayon qilinib o’tilgan. Dissertatsiyaning ikkinchi bobida Pedagog kasbiy faoliyatida ijtimoiy-perseptiv fenomenlar ifodalanishining umumiy asoslari bayon etilgan. Dissertatsiyaning uchinchi bobida pedagogik faoliyatda ijtimoiy pertseptsiya fenomenlari shakllanishi jarayoni tajriba-sinovlar asosida tahlil qilinib o’rganilib chiqilgan. Magistrant O’rolova Sojida Xayitboy qizining “Pedagogning kasbiy faoliyatdan qoniqishida ijtimoiy pertseptsiya fenomenlarining shakllanishi” mavzusidagi Magistrlik dissertatsiyasi “Magistratura to’g’risida”gi Nizomda ko’rsatilgan barcha talablarga mos keladi va bu ishni rasmiy himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi NamDU Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi,
Psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) M. Badritdinova
Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin