MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI ORQALI TALABALARNING
IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH
M.Djumaboyeva
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkillash orqali
iqtidorni shakllantirish, rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: ijod, tafakkur, qobiliyat, taqlid, bilim, ko‘nikma
DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVITY THROUGH
INDEPENDENT STUDY ACTIVITIES
M.Djumabayeva
Kokand State Pedagogical Institute
Abstract: This article discusses the formation and development of talent through
the organization of independent educational activities.
Keywords: creativity, thinking, ability, imitation, knowledge, skill
Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda bilimga bo‘lgan
ehtiyojni yanada kuchaytirish, mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish
orqali salohiyatli, qo‘yilgan muammoni hal qila olish layoqatiga ega yetuk
mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim tizimini oldida turgan muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Yoshlarning mustaqil bilim olishlari oliy o‘quv yurtlarida o‘quv reja va
dasturda aniq belgilangan. Xuddi shunday tartib umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi tizimida ham amal qilinsa bilim egallashdagi izchillik va uzluksizlik
yanada takomillashdi. Ayrim hollarda umumiy o‘rta ta’limdagi tartib-qoidalar o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limidan farqlanadi. Xuddi, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi bosqichida o‘quvchining bilim olishi oliy o‘quv yurtlaridagidan keskin
farq qiladi. Ushbu tafovutlar talabalarning bilim olishi va kasb egallashlarida
muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bo‘lajak mutaxassisning
kompetentligi shakllanishi uchun ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligi, izchilligi ,
tizimliligi katta ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz kerak.Ma’lumki, keyingi
yillarda talabalarning keng ma’nodagi mustaqil mutaxassis bo‘lib kamol topishlariga
juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ular oldiga har bir fan materiallarini atroflicha, puxta
egallash, egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda o‘rinli qo‘llay olish,
zamon bilan hamnafas bo‘lish, mustaqil qaror qabul qila olish, qo‘yilgan hayotiy yoki
ilmiy masalalarga to‘g‘ri va ijodiy yondashgan holda eng maqbul yechimni topish, o‘z
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
283
http://oac.dsmi-qf.uz
malakasini muntazam oshirib borish, tanlagan sohasi yoki kasbiga oid dunyo
miqiyosidagi yangiliklardan, erishilayotgan yutuqlardan doimo boxabar bo‘lish va
ularni o‘z o‘qish va ish faoliyatiga bevosita tatbiq qilish, innovatsion faoliyat olib
borish, bunda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi jiddiy va
o‘rinli talablar qo‘yildi. Talaba-yoshlarning yangi avlodini yuqoridagi talablarga javob
bera oladigan mutaxassis qilib yetishtirish milliy ta’lim tizimida muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, u ta’lim jarayonini mustaqil bilim olish asosida zamonaviy usullarda,
yangicha ko‘rinishlarda tashkil qilishga undaydi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlaridagi fan, yoshlarga ta’lim berish hamda ularga
jahon andozalariga javob beradigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash
bo‘yicha ko‘rsatmalari, O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
xalqimiz tomonidan tanlangan rivojlanishning o‘ziga hos yo‘liga asoslangan yangi
jamiyat va davlat qurilishining bosh tamoyillari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida
tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy
bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil
faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo
bo‘ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil
qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida
talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish
yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim
muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kundagi asosiy
vazifalardan biri pedagogic texnologiyani milliy modelini ta’lim-tarbiya jarayonida
tatbiq qilish bo‘lib, buning asosi esa o‘quv fanlarining dars loyihalarini tuzishdir.
Loyihalash asosida o‘qitish nazariy jihatdan to‘la asoslangan bo‘lib, bugungi kunda
buni ta’lim jarayoniga tatbiq etish eng dolzarb masaladir.Hozirgi zamon mutaxassislari
davr talabiga mos holda yangi informatsion texnologiyalardan xabardor bo‘lishi,
kommunikativ usullardan foydalana olishi, olgan bilimlarini innovatsion
texnologiyalarga tatbiq qila olishi va yagona jamoa orqali ishlay olishi, o‘z ko‘nikma
malakalarini mustaqil holda foydalana olishi, ba’zi intellektual qobiliyatlarini
yetishmasligini hisobga olish har bir talabani individual-psixologik qobiliyatlarini
shakllantirish zarur. Maqsad hozirgi davr talabiga mos talabalarning o‘quv jarayonini
mustaqil ravishda o‘zlashtira borishida faol ishtirok etishdir.
Mustaqil ish oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qitishda individuallashtirish
uslubi sifatida bo‘lg‘usi mutaxassislarning mustaqil ishlashi, o‘qitishning faol usullari
va shakllariga tayangan holda ularning ijodiy qobiliyatini oshirish uchun ommaviy
umumiy o‘qitishdagi individual yondashish tomon keskin burilish yasashni amalga
oshirish kerak. O‘quv jarayoni o‘qitish shaklidan qat’iy nazar shartli ravishda 2 toifaga
bo‘linadi. Jumladan,
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
284
http://oac.dsmi-qf.uz
- bevosita o‘qituvchi rahbarligidagi o‘quv jarayoni shakllari:
- talabalarning mustaqil ishi kabi toifalarga bo‘linadi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim
samaradorligini oshirishga qaratilgan ijobiy fikrlar, usullar barchani qiziqtirib
bormoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanilgan mashg‘ulotlar talabalar
egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, taxlil
qilishlariga qaratilgan. Talabalarning takomillashib yetuk oliy ma’lumotli kadr
bo‘lishida eng avvalo uning bilim bazasi yaxshi bo‘lishi va zamonaviy bilimlarni
o‘rganib, xotirasini tobora kengaytirib borishi lozim. Shu bilan birga, yozma va og‘zaki
nutq madaniyatini ham rivojlantirib borishi shart. Talaba o‘z imkoniyatlarini to‘liq
ro‘yobga chiqarishi uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi va texnika
sohasidagi so‘ggi yutuqlardan foydalana olishi lozim. Fan, texnika, texnologiyalar,
ishlab chiqarishning, shuningdek ular bilan birga ma’naviy dunyoqarashning tez
sur’atlarda rivojlanib borishi insonni shunday sharoitga qo‘ymoqda. Yangi faoliyat,
yangi mehnat sharoitida talabalar ongini uzluksiz qayta shakllantirishi, yuzaga kelgan
shartlardan voz kechish va ularni tegishli o‘zgargan shartlari bilan birga ijodiy
ishlanmalarga almashtirish talab etilmoqda. Ijodiy mehnat o‘zining yangiligi,
originalligi, ahamiyatliligi va qiymati bilan ajralib turuvchi faoliyat mahsulotini
yaratishga olib keladi. Mustaqil ta’lim talabadan bajarishi lozim bo‘lgan ishni
rejalashtirish, qo‘yilgan vazifani aniq belgilab olish, vazifalar ichidan eng muhimlarini
ajratib olish, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun eng maqbul yo‘lni to‘g‘ri tanlab olish,
ishni bajarish holatini doimo nazoratda tutish, lozim bo‘lganda bajarilishiga tezlik bilan
tegishli o‘zgartirishlar kirita olish, yakuniy xulosa chiqarish, kuzatilgan kamchiliklarni
tahlil qilish hamda keyingi faoliyatda bunday kamchiliklarni bartaraf etish choralarini
belgilash ko‘nikmasini rivojlantirishni taqoza etadi.
Mustaqil ta’lim talabining umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga yo‘naltirilgan
bilim faoliyati turlaridan biridir. Oliy ta’lim muassasasida mutaxassislik fanlari
bo‘yicha o‘quv adabiyotlari va boshqa didaktik vositalar bilan mustaqil ishlash,
muammoli topshiriq va vazifalarni bajarish uchun kichik guruhlarda ishlashga
tayyorlanish va boshqa shu kabi jarayonlarni amalga oshirish katta ahamiyatga
egadir.Mustaqil ta’lim rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi funksiyalarini bajaradi, ya’ni
mashg‘ulot paytida olingan bilimlarni kengaytiradi, chuqurlashtiradi, o‘quv
adabiyotlari bilan ishlash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantiradi, vazifani mustaqil
bajarish, ijodkorlik hamda o‘ziga ishonch ruhida tarbiyalaydi.Talabaning musitaqil
ravishda o‘quv materialini o‘zlashtirishga intilishi, maxsus adabiyotlar, ilmiy manbalar
ustida ishlashi, egallagan bilimlarini amaliyotda tatbiq etishi, o‘zining mutaxassisligi
bo‘yicha kengroq bilimni egallashga bo‘lgan ehtiyoji muhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlar bilan mustaqil ishlash jarayonida talabaning shaxsiy fazilatlari
yanada takomillashadi, shu bilan birga uning irodasi, fikrlash qobiliyati, xotirasi
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
285
http://oac.dsmi-qf.uz
kuchayadi. Mustaqil ta’lim Respublikamiz OTM lari boshlang‘ich bosqichlarda
me’yoriy jihatdan ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda talabalarning mustaqil ta’limi
o‘quv fanlari masalalari va muammolari qatorida ko‘zda tutilmog‘i lozim. Mustaqil
ta’limning bugungi kundagi real holatiga kelsak, uning mexanizmlari (tashkiliy,
psixologik-pedagogik, o‘quv-uslubiy, axborot, moddiy-texnik va boshqalar) endi
ishlab chiqilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda uy vazifalari, referat va kurs ishlari
(loyihalar)ni bajarish, labaratoriya va amaliyot mashg‘ulotlariga tayyorgarlik va
bosshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan an’anaviy talabaning mustaqil ishi amalga
oshirilmoqda. Ushbu ko‘rinishdagi mustaqil ishlar mustaqil ta’limning talablariga
javob bermaydi. Chunki harakatdagi namunaviy o‘quv fanlari hajmining kamida 20
foizi mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirilishi lozim.
Tasdiqlangan namunaviy fan dasturlarida faqat mustaqil ish shakli va mazmuni
berilgan, xolos. Shuning uchun tayanch OTMlar oldida aniq maqsad va vazifalar
qo‘yilmog‘i zarur, shuningdek mustaqil ta’limning barcha mexanizmlarini ishlab
chiqish va amalga oshirish zarur. Biz tajribadan kelib chiqib mustaqil ta’limni bir
nechta shakllardan tashkil topadi, degan ma’noda o‘z takliflarimizni kiritmoqchimiz:
Birinchidan, har bir darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va
mavzularini o‘rganish. Bunday tashkiliy shakl odatga ko‘ra amaliy jihatdan mustaqil
ta’lim tajribasiga ega bo‘lmagan birinchi kurs talabalari uchun taklif qilish maqsadga
muvofiqdir. Bu ishlarning natijalari bajarilgan referatlar, shaxsiy topshiriqlarni
seminar yoki kollokviumlarda tekshiriladi. Ikkinchidan, tarqatma materiallar bo‘yicha
ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish, bu esa professor-o‘qituvchilar uchun asosiy
materialni bayon etishga katta e’tibor ajratishga imkon beradi. Tarqatma materiallar
har bir ma’ruza uchun tayyorlanadi. Mustaqil ta’limning bunday tashkiliy shakli
umumkasbiy va maxsus fanlar uchun odatga ko‘ra yuqori kurs talabalari uchun taklif
qilish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ishlarning natijalari tegishli nazorat bosqichlarida
tekshiriladi. Uchunchidan, avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar
bilan ishlash, bu esa ma’ruza mashg‘ulotlari doirasida ham, labaratoriya ishlariga yoki
amaliyot mashg‘ulotlariga tayyorgarlik doirasida ham olib boriladi. Mustaqil
ta’limning bunday shakli barcha kurs talabalari uchun taklif qilish maqsadga muvofiq
bo‘lib, axborot texnologiyalari mavjud OTMlarida qo‘llaniladi. To‘rtinchidan, maxsus
yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqollar) bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki
mavzulari ustida ishlash: hisoblash-grafik topshiriqlar yoki referatlar, kurs ishlari yoki
loyihalar, bitiruv malakaviy ishlarni bajarishda mustaqil ta’limning ushbu tashkiliy
shakli barcha kurs talabalari uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir. Uning natijalari
tegishli reyting-nazorat bosqichlarida tekshiriladi.
Beshinchidan, talabalarning ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurosi yoki kichik
korxonalardagi ishlari: o‘qituvchi yoki mataxassislar rahbarligida davlat byudjetidagi
ham OTMning xo‘jalik shartnomasi asosidagi mavzulari doirasida mustaqil ta’limning
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
286
http://oac.dsmi-qf.uz
ushbu shakli odatga ko‘ra yuqori kurs talabalari uchun taklif qilish xarakterlidir.
Oltinchidan, talabaning ilmiy tekshirish ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar
bo‘limlari yoki mavzularini chuqur o‘rganish mustaqil ta’limning bu shakli barcha kurs
talabalari uchun taklif qilish maqsadga muvofiqdir.
Yettinchidan, faol o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari (
xizmat o‘yinlari, diskussiyalar, seminarlar, kollokviumlar va b.), talabalar tomonidan
fan, texnika va texnologiyalar , iqtisodiyot va madaniyat dolzarb muammolari chuqur
o‘rganish. Mustaqil ta’limning ushbu shakli odatga ko‘ra yuqori kurs talabalari uchun
taklif qilinadi.Sakkizinchidan, masofaviy ta’lim ham mustaqil ta’limning shakli
sifatida foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil ta’limning yuqoridagi taklif qilinayotgan
shakllaridan oqilona foydalanganda, talabalarning tom ma’nodagi ijodiy faoliyati
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
adabiy, ilmiy va maxsus manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topishning
qulay usullari va vositalarin aniqlashi;
o‘quv adabiyotlari, internet tarmog‘i, axborot resurslari va me’yoriy hujjatlar
bilan ishlashi;
ma’lumotlar bazasidan oqilona foydalanishi va tahlil qilishi;
mustaqil ravishda topshiriq va vazifalarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishi;
insonning faolligi, prinsipialligi, ma’naviy boy ligi, uning hayotga to‘g‘ri
qarashlari va ma’naviy-ma’rifiy yakdilligi bilan belgilanishi ishlab chiqilgan yechim,
loyiha yoki g‘oyani asoslash va jamoada himoya qilish kabi bir qator muhim
vazifalarni bajarishda yordam beradi. Shu ma’noda, mustaqil ta’limda talabaning tom
ma’nodagi ijodiy faoliyati rivojlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Demak, mustaqil
ta’lim talabalar o‘rtasida ijobiy ma’nodagi raqobatni keltirib chiqaradi. Bir-biridan
ibrat olgan holda o‘zlarining aqlini, kuchini, vaqtini foydali faoliyat bilan
shug‘ullanishga yo‘naltiradilar. Turli xil tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish, fan
olimpiadalarida ishtirok etish va g‘olib bo‘lishga intilish, ilmiy-ijodiy ko‘rgazmalarda
qatnashish orqali talaba iste’dodining noma’lum qirralari ochiladi. Talabaning o‘ziga,
aqli va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchi ortadi.
Dostları ilə paylaş: |