Ijro etuvchi
hokimiyat
Ijro etuvchi hokimiyat - davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat va sud hokimiyati
kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Joriy qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga asoslanib,
boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshligʻi, hukumat). Qonun chiqaruvchi hokimiyat
hujjatlarini ijro etish maqsadida oʻz qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, odatda, davlat
boshligʻi (prezidenta) ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish koʻradi. I. e. h. mintaqaviy
va mahalliy darajada mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari (hokim, oqsoqol, gubernator,
mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi.
OʻzRda hukumat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xokimiyatining oliy
ijrochi va boshqa-ruvchi organi hisoblanadi. U iqtiso-diyotning , ijtimoiy va maʼnaviy sohaning
samarali faoliyat koʻrsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlikni
taʼminlaydi. Mahalliy I. e. h. organlari OʻzR qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat
hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I. e.
H. ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi (yana q.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasi
,
Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish
organlari
).
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Soʻnggi tahrir 9 yillar avval
CoderSIBot
tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ijro_etuv
chi_hokimiyat&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ijro_etuvchi_hokimiyat&old
id=1383074
" dan olindi