Ijtimoiy sherikchilik



Yüklə 1,15 Mb.
tarix14.06.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#129774
Amonov Hasan-WPS Office


Amonov Hasan
521-guruh,2-kurs, Yuridik fakultet
Mehnat huquqi
Mavzu:Ijtimoiy sherikchilik
Ijtimoiy sherikchilik
Ijtimoiy sherikchilik – xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari), shuningdek davlat ijro organlari o‘rtasida mehnat va u bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga solish yuzasidan taraflarning manfaatlaridagi muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan o‘zaro munosabatlar tizimidir.
Mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik termini quyidagi ikkita ma’noda qo‘llaniladi:
1) Mehnat huquqining prinsipi sifatida (mehnat munosabatlarining barcha jihatlarini qamrab oladi);
2) Mehnat huquqi umumiy qismining instituti sifatida (unda xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa muzokaralarini olib borish, jamoa shartnomalari va kelishuvlariga rioya etilishini nazorat qilish, majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlikka oid huquq normalari jamlangan).
Ijtimoiy sherikchilik turlari
01
02
03
04
Hududlar doirasida
Respublika darajasida
Korxona, muassasas, tashkilotl doirasida
Soha,tarmoqlar miqyosida
Ijtimoiy sherikchilikning turlari.
Ijtimoiy sherikchilikning turlari uni qanday darajalarda amalga oshirilishiga qarab tasniflangan. Ijtimoiy sherikchilik quyidagi darajalarda yo‘lga qo‘yilgan:
Ijtimoiy sherikchilik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- bipartizm (ikki tomonlama, ya’ni xodimlar va ish beruvchilar yoki ularning vakillar tomonidan ijtimoiy sherikchilikni amalga oshirish);
- tripartizm (uch tomonlama, ya’ni uchinchi tomon sifatida davlat organlari ishtirok etadi). 
Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi ijtimoiy sherikchilik hujjati sifatida
Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi xodimlar hamda ish beruvchilar ijtimoiy hamkorligi va sherikchiligining asosiy shakli sanaladi. Zero, ushbu lokal hujjatlarda korxonaning ishlab chiqarish hayoti ham, ijtimoiy hayoti ham to‘la o‘z aksini topadi.
Jamoa shartnomasi va
jamoa kelishuvi
Jamoa shartnomasi
Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi
Jamoa kelishuvi – muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Tartibga solinadigan munosabatlar sohasi, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarning xususiyatlariga qarab,
bosh kelishuv
tarmoq kelishuv
hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari tuzilishi mumkin.
01
02
03
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari o‘rtasida umumiylik bilan birga muayyan farqlar ham mavjud.
Jamoa shartnomalari
-korxona doirasida tuziladi;
-ikki tomonlama tuziladi;
-taraflar belgilagan muddat davomida amal qiladi.
Jamoa kelishuvlari
-tarmoq, hudud va respublikamiqyosida tuziladi
-uch tomonlama tuzilishi mumkin
-3 yilgacha muddatga tuziladi
Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlarini tuzish tartibi.
1.Muzokaralar olib borish tashabbusi bilan chiqish
2.Muzokaralar olib borish
3.Loyihani ishlab chiqish va muhokama qilish
4.Loyihani ma’qullash
5.Lokal normativ hujjatning kuchga kirishi
THANKS
THE PROFESSIONAL TEMPLATE
Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin