Ikki komponentli shlak eritmalarining diagrammalari
Reja:
1. Metallurgiyada asos bo‘lgan ikki komponentli sistemalar
2. Diagrammadan ikki komponentli sistemani tarkibini aniqlash usullari.
3. Ikki komponentli diagrammada evtektikalar ahamiyati.
Kalit so‘zlar: shlakli eritmalar, silikatlar, suyuq eritmalar, evtektika, turg‘un kimyoviy
birikmalar, binarli diagrammalar.
Pirometallurgiyada shlakli eritmalarining ko‘pchiligi silikatlar guruhiga kiradi. Fazali
o‘zgarishlar davrida tushunchani, asosan, oddiy silikatlarni erish harorati haqidagi holat binarli
diagrammalaridan olish mumkin.
A va B komponentlarning aralashtirganda qattiq yoki suyuq eritmalar paydo bo‘lishi mumkin.
Qattiq eritmalar har xil elementlarni atom yoki ionlarini aralashtirganda umumiy kristal panjara
tashkil qilganda paydo bo‘ladi. Qattiq holatda ikkita moddaning bir-birida chegarasiz erishi kamdan-
kam uchraydi. Bunga asosiy sabab elementlarni aralashganda har xil elektron tuzilishidir.
Metallurgiyada ko‘proq oksidlar qattiq holatda cheklangan eruvchanligi uchraydi. Bunday
eritmalarga silikatlarni n MeO
m SiO
2
, shpinel fazalarni (Me
1
Me
11
2
O
3
va boshqalar) kiritish
mumkin.
Moddaning suyuq holatiga o‘tish davrida uzluksiz eruvchanlikga ega bo‘lgan eritmalarni
xosil bo‘lish imkoniyati ko‘payadi. Qattiq va suyuq moddalarning tuzilishida ko‘p o‘xshashlik
bo‘lishi bilan, suyuq holatdagi vakansiyani miqdorligi ko‘payishi, cheklashtiruvchi energetik
omilning ta’sirini kamaytiradi.
SHlaklarni asosiy tashkil qiluvchi binarli oksid sistemalari judaxam kam holatlarda uzluksiz
qattiq eritmalar qatorini eritma tashkil qiladi. Misol hisobida quyidagi komponentlardan tuzilgan
shlak sistemalarini keltirish mumkin: Cr
2
O
3
- Al
2
O
3
; MgO-NiO; MgO-FeO; CaO-MnO va
boshqalardir.
Metallurgiyada ko‘pchilik shlak eritmalari silikatlar qatoriga kiradi, fazalar o‘zgarishi
to‘g‘risidagi ma’lumot, oddiy silikatlarni erish harorati va boshqa shu sistemaga mos xususiyatlarni
binarli holat diagrammalaridan olish mumkin.
Binarli silikatlarga mos bo‘lgan umumiy xususiyat - bu diagrammaning o‘rta qismida (40-70%
SiO
2
) bitta, yoki bir nechta evtektikalarni mavjudligidir. Ushbu evtektikalar dastlabki SiO
2
va Me
x
Ou
larga nisbatan pastroq erish haroratiga egadirlar.
Bir qator binarli evtektikalar uchun bitta yoki bir nechta mustahkam kimyoviy birikmalar
bo‘lishi kuzatiladi. Masalan, quyidagi mustahkam kimyoviy birikmalar mavjuddir: 2FeO
SiO
2
MgO
SiO
2
va boshqalardir. Metallurgiyada shlaklarni asoslovchi CaO-SiO
2
va FeO-SiO
2
sistemalarni
batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Sistema CaO - SiO
2
. Qattiq holatda ikkita murakkab kimyoviy birikma borligi bilan ajralib
turadi: CaO
SiO
2
(erish harorati = 1540°C) va 2CaO SiO
2
(erish harorati 2130°C). Erkin kaltsiy va
kremniy oksidlarini erish haroratlari 2570 va 1713 °C tashkil qiladi.
Bu kimyoviy birikmalardan tashqari, sistemada yana ikkita kimyoviy birikma paydo bo‘ladi:
3CaO SiO
2
va 3CaO 2SiO
2
. Bu birikmalar cheklangan harorat masofasida mustahkamdir.
2CaO
.
CuO
2
birikmaning likvidus chizigini o‘tkir formasi CaO SiO
2
birikmaga nisbatan
murakkabligini ko‘rsatadi.
Ikki komponentli diagrammalardagi gorizontal chiziqlar 3 ta kondensatsiyalangan va bitta gaz
fazalarning muvozanat holatini ta’riflaydi. Bunday sharoitlarda sistemaning erkinlik darajasi 0 ga
teng (ion variant sistema). Fazalar sonini o‘zgarmaydigan, haroratni hech qanday o‘zgartirish
mumkin emas (S = Q – F + 2 = 2 – 4 + 2 = 0). Masalan, 1200°C da tarkibida 55 % - SiO
2
bo‘lsa
muvozanatda tridimit (kristallik tuzilishi) - SiO
2
-
CaO
SiO
2
- gaz fazasi bo‘ladi.
CaOSiO
2
holat diagrammasini CaO va kremniy oksidlarini paydo bo‘lish erkin diagrammasi
bilan solishtirish qiziqarlidir.
Ushbu diagrammada ordinata o‘qida eritma paydo bo‘lish erkinlik energiyasini 4,575 T ga
nisbatligi joylashtiriladi (AO/4,575 T). Solishtirish shuni ko‘rsatadiki, sistemada eng kam quvvatga
ega bo‘lgan 2SaO
SiO
2
birikma mustahkamdir. AO/4,575 T ni tarkibga bog‘likligi holat
diagrammasidagi maksimum formasi bilan yaxshi taqqoslanadi. (YUqori haroratlarda eritma
katlamlanish tarkiblarida Raul qonunidan musbat siljish ko‘riladi (N SiO
2
> 0,9)).
Ma’lumki Raul qonunida binoan musbat siljish sistemani mustahkam jihatidan chiqishi va
eritmani mustaqil tarkiblarga qatlamlanishida olib keladi.
Holat diagrammalari sistemadagi eng past erish haroratga ega bo‘lgan tarkiblarni aniqlab
beradi. Bu metallurglarga past erish haroratga ega bo‘lgan tarkiblarni tanlab texnologik maqsadlarni
echishga imkon yaratadi. Temir silikatlari va oksidlari metallurgiyada asosiy shlak tuzuvchi
elementlarga kiradi. Temir oksidlari shlaklarni elektr o‘tkazuvchanligi, yopishqoqligi, metall
isrofgarchiligi va boshqa muhim xususiyatlarni aniqlovchi moddadir. Temir bir nechta kislorod bilan
birikmalar hosil qiladi. Bu xususiyat kislorodni eritmalarda har xil aktivligini hosil qiladi va
eritmalarni termodinamik xususiyatlarini o‘zgartiradi.
FeO-SiO
2
sistemasida fazalar o‘zgarishlarini ko‘rish uchun diagrammani ko‘rib chiqamiz.
Binarli silikatlar erish diagrammalariga xos xususiyati bo‘lib sistemani o‘rta mintaqasida bitta
yoki bir necha evtektika mavjudligi bo‘ladi. Ushbu evtektika SiO
2
va MexO boshlang‘ich oksidlarga
nisbatdan ancha past erish haroratlarga ega.
Binarli silikat sistemalar qatori uchun bitta yoki bir necha turg‘unli kimyoviy birikmalarning
mavjudligi mos keladi. Masalan, quyidagi turg‘unli kimyoviy birikmalar ma’lum: 2 FeO
SiO
2
;
MgO
SiO va boshqalar.