Ikki taktli o‘zgartirgichlar
Eng sodda tuzilgan ikki taktli o‘zgartirgich sxemasida Tr1 kuch transformatorining ikki birlamchi cho‘lg‘ami VT1 va VT2 tranzistorlarning bazalari bilan ulangan, birlamchi ta’minot manbai esa tranzistorlar emitterlari va Tr2 transformator birlamchi yarim cho‘lg‘amlari o‘rta nuqtasi orasiga qo‘yilgan
Agar kuch tranzistorlarini nolli uzilishsiz to‘g‘ri burchakli kuchlanish impulslari bilan qo‘zg‘atilsa (6.4e-rasm), u holda bazadagi asosiy bo‘lmagan tashuvchilarning zaryad so‘rish vaqtiga teng bo‘lgan vaqtda har ikkala tranzistor ochiq bo‘ladi, bu esa kuch transformatori birlamchi cho‘lg‘amining qisqa vaqtli tutashuviga tengdir. Bunday har bir yarim davr oxiridagi qisqa vaqtli tutashuvlarning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun invertor sxemasiga qo‘shimcha elementlar kiritish lozim bo‘ladi.
Invertor aktiv-induktiv xarakteridagi yuklamada ishlaganida yuklama toki qutblarining o‘zgarishi momentlari chiqish kuchlanish qutblari o‘zgarishi momentlariga, shuningdek, kuch tranzistorlarini qayta ulanish momentlariga nisbatan kechga qoladi. Bu har bir yarim davrning boshlang‘ich qismida kuch tranzistori orqali teskari yo‘nalishda tok o‘tishiga, ya’ni teskari tokni vujudga kelishiga olib keladi.
6.4-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning vaqt
diagrammalari
Tranzistor orqali oqib o‘tadigan teskari tok impulsi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmagan yuklama toki transformatorning boshqa birlamchi cho‘lg‘amiga va kuch tranzistoriga transformatsiyalanadi. Invers rejimda ishlayotgan tranzistorning tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsenti kichik bo‘ladi. Bunday kollektor tokida tranzistor to‘yinish rejimidan chiqib ketishi kuch zanjiridagi qo‘shimcha quvvat isroflariga va tranzistorning kuyishiga olib kelishi mumkin.
Kuch tranzistori orqali oqib o‘tadigan teskari tokni kamaytirish uchun invertor sxemasida kuch tranzistorlariga parallel ravishda shuntlovchi VD1 va VD2 diodlar ulanadi. Bunday diodlar agar invertor salt ishlaganida ishlay olsa ham, yuklama ravishda qo‘yilishi mumkin. Bunda induktiv tok hisoblangan Tr1 transformatorning magnitlash toki yarim davrining bir qismi davomida teskari yo‘nalishda oqib o‘tadi. Ba’zida shuntlovchi diodlarning yo‘qligida bunday magnitlovchi tok kuch tranzistorlarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Tranzistorlarning kommutatsiyalanishini osonlashtirish maqsadida
to‘g‘rilagich tarkibiga qo‘shimcha zaryadsizlash diodi kiritiladi (6.3-rasm). Avval ochiq bo‘lgan diodning yopilishidan so‘ng chiqishdagi kuchlanish sakrash orqali o‘z kutbini o‘zgartiradi va bu qutb o‘zgarishiga so‘nuvchi yuqori chastotali tebranishlar sabab bo‘ladi (6.5-rasm).
Bu tebranishlar transformator induktiv tarqalishining qayta zaryadlanishi, o‘ramlararo sig‘im va montaj sig‘imlari oqibatida vujudga keladi. Katta quvvatli o‘zgartirgichlarda ular radiohalaqitlarning intensiv manbai hisoblanadi. SHuning uchun ba’zida yuklamasi induktiv elementdan boshlanuvchi o‘zgartirgichlardan foydalanmaslikka majbur qiladi.
Mustaqil qo‘zg‘atishli invertorlar tranzistorlarining kollektor toklarining keskin ortib ketishi ham yuqori chastotali halaqitlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ular tranzistorlarning ortiqcha yuklanishiga sabab bo‘ladi. Bunday kamchiliklardan qutulishning faqat yagona usuli, birinchi tranzistor ochilishini ikkinchi tranzistorning yopilishigacha kechiktirish usulidir. Bu shart invertor tranzistorlarini nosimmetrik impulslar yoki nolli uzilish impulslar bilan boshqarilganda bajariladi. Bu har ikkala usul qo‘zg‘atkich sxemasini qurishda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga ega va to‘g‘rilagich yuklamasi o‘zgaruvchan bo‘lganda yaxshi natijalarni bermaydi. Tranzistorning uzilish vaqti kollektor tokiga bog‘liq, shuning uchun ulanishni kechiktirish invertor yuklamasining o‘zgarishiga mos almashishi kerak.
6.5-rasm. So‘nuvchi yuqori chastotali tebranishlarning paydo bo‘lishi
Dostları ilə paylaş: |